Mavzu: O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi, uning mazmuni, tarkibi, byudjet munosabatlarini tartibga solishdagi ahamiyati


-jadval MDH davlatlarida Byudjet kodeksining mavjudligi to’g’risida ma’lumot


Download 95.45 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi95.45 Kb.
#1323622
1   2   3   4
Bog'liq
23m

4.1-jadval MDH davlatlarida Byudjet kodeksining mavjudligi to’g’risida ma’lumot




MDHdavlatlari

Byudjet kodeksining mavjudlik holati

1.

Armaniston

mavjud emas

2.

Belorussiya

mavjud, 16.07.2008 yilda qabul qilingan

3.

Moldaviya

mavjud emas

4.

Ozarbayjon

mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda

5.

Rossiya

mavjud, 31.07.1998 yilda qabul qilingan

6.

Tojikiston

mavjud emas

7.

Turkmaniston

mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda

8.

Ukraina

mavjud, 21.06.2001 yilda qabul qilingan

9.

Qozog‗iston

mavjud, 04.12.2008 yilda qabul qilingan

10.

Qirg‗iziston

mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda

11.

O’zbekiston

mavjud, 26.12.2013 yilda qabul qilingan

Yuqorida sanab o’tilgan barcha o’zgartirishlar va yangiliklar ilg’or xalqaro tajribani o’rganish asosida joriy etilgan bo’lib, ularda mamlakatimiz byudjet tizimining samaradorligi hamda ochiq-oydinligini yanada oshirish ko’zda tutilgan.


Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar pirovardida iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash, barqaror o’sish sur‘atlarini ta‘minlash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, bu o’z navbatida mamlakat hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga bevosita bog’liq-dir. Dunyoning rivojlangan davlatlarida hududlar taraqqiyoti orqali yuqori ko’rsatkichlarga erishilganligini xorijiy tajribalarni o’rganish jarayonida ko’rishimiz mumkin.
Ma‘lumki, mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari hajmi, mahalliy byudjetlarning barqarorlik ko’rsatkichlari ko’p jihatdan shu hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bevosita bog’liq bo’ladi. Barcha darajadagi byudjetlarning mustaqilligi byudjet tizimining asosiy tamoyili sifatida belgilangan bo’lib, ushbu tamoyil turli darajadagi vakolatli hokimiyat organlarining o’z vakolatlari doirasida byudjet jarayonini mustaqil ravishda amalga oshirish huquqlarini anglatadi. Har bir darajadagi byudjet daromadlarining o’z manbalari, shuningdek, hududlardagi vakolatli hokimiyat organlarining soliq qonunchiligida belgilangan mahalliy soliqlar va yig’imlar stavkalarini o’zgartirish huquqi qonun asosida mustahkamlab qo’yilgan. Daromadlar manbalarining belgilanishi va ular qonun asosida mahalliy byudjetlarga biriktirib qo’yilishi mahalliy hokimiyat organlarining mustaqilligi va byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlashdan manfaatdorligini oshiradi. Bunda mahalliy byudjetlarga kelib tushadigan mablag’larning tartibga soluvchi manbalari belgilangan bo’lib, ularning jumlasiga belgilangan me‘yorlar bo’yicha umumdavlat soliqlaridan ajratiladigan mablag’lar kiradi. Barcha darajalardagi byudjetlar xarajatlarining yo’nalishlari aniq belgilab qo’yilganligi, shuningdek qo’shimcha daromadlarni taqsimlashda mustaqillikka ega ekanliklari mahalliy hokimiyat organlarining byudjet mablag’larini mintaqaviy rivojlanish dasturlariga muvofiq samarali sarflab borish imkoniyatini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga muvofiq mahalliy byudjetlar daromadlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari-dan ajratmalar;

  1. mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar;

  2. yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

  3. bozorlardan tushadigan daromadlar;

  4. boshqa daromadlar.

Xorijiy mamlakatlar byudjet amaliyoti tajribalaridan ma‘lumki, mamlakatlarda ularning geografik joylashuvi, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanish darajadasining turlicha ekanligi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab chiqarish, daromad va ijtimoiy salohiyatining boshlang’ich imkoniyatlari bir xilda emas. Biroq davlatning eng muhim vazifalaridan biri o’z fuqarolari farovonligining barqaror o’sishini ta‘minlash va barcha mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil sharoitlar yaratishdan iborat. Bunga esa davlatning moliyaviy resurslarini byudjetlararo munosabatlar orqali qayta taqsimlash bilan erishiladi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining ―Byudjetlararo munosabatlar‖ deb nomlangan alohida bobida byudjetlararo munosabatlarning huquqiy asoslari o’z aksini topgan.



Download 95.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling