Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji
Download 0.51 Mb.
|
6 sinf ona tili to\'garak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsni yakunlash
Darsning rejasi:
1.Sonlarning arab va rim raqamlari bilan yozilishi. 2.Sonlarga qo'shimchalar qo'shilganda ularning yozilishi. O'qituvchi mavzu ostida berilgan 1-va 2-topshiriqlarni bajartirish orqali sonlarning yozilishi haqida dastlabki tushunchalarni beradi. So'ngra sonlarning yozilishidagi tubandagi o'rinlarga diqqatni qa-ratadi. 1.Harf bilan yoziladi: ikkovi, beshta, yuzinchi. 2. Arab raqami bilan yoziladi: 2003-yil, 21-iyun, 26-uy. 3. Rim raqami bilan yoziladi: XXI asr, X bob, V bosqich. Sonlarning yozilishida e'tiborga molik bo'lgan o'rinlardan biri shundaki, ikki, olti, yetti sonlariga jamlovchi sonni hosil qiluvchi qo'shimchalar qo'shilganda, ularning o'zagida tovush tushishi hodisasi ro'y beradi. Ikki-ovi - ikkovi, yetti-ovlon - yettovlon, olti-alasi - oltalasi kabi. O'qituvchi bu holatga alohida urg'u berishi lozim. 257-, 259-mashqlarni bajarishda yuqoridagi fikr-mulohazalarga asoslanib ish ko'riladi. Mashqlarni bajarish jarayonida sonlarning sintaktik vazifasiga ham e'tibor qaratiladi. 258-mashq asosida esa o'quvchilarning og'zaki nutqi rivojlantiriladi. Darsni yakunlash:a)baholarni e`lon qilish. b)Uyga vazifa259 -mashq.Sonlarni qavs ichidagi qo`shimchalarni qo`shib ko`chiring. OLMOSH Darsning maqsadi: a) ta'limiy maqsad - olmosh haqida ma'lumot berish; b) tarbiyaviy maqsad- o'quvchilarda ijobiy fazilatlarni shakllantirish; d) rivojlantiruvchi maqsad - mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish, yozma nutqni o'stirish. Darsning jihozi: mavjud texnika vositalari, olmosh turlari bo'yicha jadval. Darsning rejasi: 1.Olmosh haqida ma'lumot. 2. Olmoshning ma'no turlari. Dars 1-topshiriqni bajarish bilan boshlanadi. Sinf doskasiga qu-yidagi gaplar yoziladi: Ahmad sinfimizda eng a'lochi o'quvchi, shuning uchun u katta obro'-e'tiborga ega. Gaplarni bir-biriga qiyoslab o'qish so'raladi. Ikkinchi gapdagi u so'zi birinchi gapdagi qaysi so'z o'rnida almashib kelganiga o'quvchilarning diqqati tortiladi. Shundan so'ng sinf doskasiga quyida-gi so'zlar ham yoziladi: . . keldim, . . o'qidi, . . yozdik. O'quvchilardan nuqtalar o'rniga kesimlarning mazmuniga mos egalar qo'yish so'raladi. Og'zaki bajartiriladi. 260-mashqni bajartirish orqali olmoshlarning qaysi so'z turkumi o'rnida qo'llanishiga o'quvchilar e'tibori tortiladi. Olmoshlar o'rniga tcgishli so'z turkumidagi so'zni almashtirish topshirig'ini beriladi. Masalan: U o'ymakor eshikni qiya ochib ichkari kirdi - Nodirbek o'ymakor eshikni qiya ochib ichkari kirdi. 261-mashq yuqoridagi mashqlarga nisbatan biroz murakkabroq. (O`quvchilardan fikrlash talab etiladi. Namuna: Uning beshta kitobi bor. Yana . . . bo'lsa o'nta bo'ladi. Daftarga shunday yozilishi kerak: Uning beshta kitobi bor, yana shuncha bo'lsa o'nta bo'ladi. Nuqtalar o'rniga qo'yilgan so'zga so'roq beriladi. Qaysi so'z turkumi o'rnida qo'llangani i/ohlab o'tiladi. Qaysi gap bo'lagi vazifasini bajargani belgilanadi. Mashqlar bajartirilgach, olmoshning ma'no turlari bo'yicha tayyorIangan jadval ko`rsatiladi: Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling