Mavzu: O`zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati shakllanishining amalga oshirilgan siyosiy islohatlar reja

Download 34.9 Kb.
bet2/5
Sana21.02.2023
Hajmi34.9 Kb.
#1217763
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dilish referat

Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning ta’minlanishi, hamma fuqarolarning ijodiy salohiyati va iste’dodining bevosita ro‘yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat mezonlari bilan o‘lchanadi. Jamiyatning «fuqarolik» sifati bilan tavsiflanishida boy mazmun va teran ma’no bor. «Fuqarolik» (erkin inson) degan sifat belgisida yuqori taraqqiy topgan, komillikning cho‘qqisiga erishgan jamiyatning mohiyati aks etadi. Muayyan davlatga mansub bo‘lgan fuqarolar yashaydigan mamlakat hali fuqarolik jamiyati, erkin va komil insonlar jamoasi mavjudligini anglatmaydi. Xuddi shuningdek, ma’lum huquqiy tizim mavjud bo‘lgan, huquqiy hujjatlar majmui amal qilayotgan har qanday davlat «huquqiy davlat» deb e’tirof etilavermaydi.

Insoniyatning keyingi asrlardagi taraqqiyoti zamirida to‘plangan ilmiy nazariy talqinlar asosida fuqarolik jamiyati deganda, birinchi navbatda, davlatdan xoli bo‘lgan mulkiy, bozor tartiblari, oilaviy, axloqiy-ma’naviy munosabatlar sohasi tushuniladigan bo‘ldi.
Shu ma’noda, ma’rifiy, xususiy, g‘ayrirasmiy, nosiyosiy hayot sohasi majmui tarzida talqin etiladigan fuqarolik jamiyati tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning davlat nazorat qilmaydigan manfaatlarini amalga oshirish olami sifatida ta’riflanadi. Masalan, Gegelning ta’biriga ko‘ra, fuqarolik jamiyati–bu eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan manfaat (ehtiyoj) lar tizimi, shuningdek din, oila, tabaqalar, davlat tuzumi, huquq, axloq, burch, madaniyat, ta’lim, qonunlar va sub’ekt (inson) larning ulardan kelib chiquvchi o‘zaro uzviy yuridik aloqalari majmuidir. Insonlar tabiiy, «nomadaniy» holatdan «fuqarolik jamiyatiga o‘tishlari lozim, zero aynan shu jamiyatda huquqiy munosabatlar asl voqelikka aylanadi». Gegel bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish munosabatlari majmui sifatida tushungan, shu bilan birga, uning ikki asosiy prinsipini alohida ajratib ko‘rsatgan:
Fuqarolik jamiyatining davlatdan mustaqilligi, avtonomligi uning o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyatiga egaligi bilan izohlanadi. Bu jamiyatda o‘zini o‘zi boshqarish jabhasi bilan davlat boshqaruvi jabhasi mavjud bo‘lib, ular biri-biriga zid emasaksincha, bir-birini to‘ldiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish ustun mavqega ega bo‘lib, jamiyatning o‘zi davlat boshqaruvini joriy etadi, davlat apparatini shakllantiradi va, nihoyat, ijtimoiy hayotga davlat aralashuvining ko‘lami va chegarasini belgilaydi (V. A. Chetvernin

Download 34.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling