Mavzu: O`zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati shakllanishining amalga oshirilgan siyosiy islohatlar reja


Fuqarolik jamiyatidagi o‘zini o‘zi boshqarishning asosiy mexanizm (murvat) lari:–erkin bozor


Download 34.9 Kb.
bet3/5
Sana21.02.2023
Hajmi34.9 Kb.
#1217763
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dilish referat

Fuqarolik jamiyatidagi o‘zini o‘zi boshqarishning asosiy mexanizm (murvat) lari:–erkin bozor (iqtisodiy mexanizm); siyosiy erkinlik va demokratiya (siyosiy mexanizm); ma’naviy-axloqiy soha (ma’naviy-ruhiy mexanizmjamiyatdagi nizolarni odil sudlov vositasida hal etish (sud-huquqiy mexanizm)dan iborat bo‘lib, ularda jamiyat a’zolarining rasman tengligi prinsipi namoyon bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyatidagi o‘zini o‘zi boshqarishning asosiy mexanizm (murvat) lari:–erkin bozor (iqtisodiy mexanizm); siyosiy erkinlik va demokratiya (siyosiy mexanizm); ma’naviy-axloqiy soha (ma’naviy-ruhiy mexanizmjamiyatdagi nizolarni odil sudlov vositasida hal etish (sud-huquqiy mexanizm)dan iborat bo‘lib, ularda jamiyat a’zolarining rasman tengligi prinsipi namoyon bo‘ladi.

Yuqoridagi tahlillar asosida «fuqarolik jamiyati» tushunchasini yana­da aniqlashtirishga urinib ko‘rish mumkin. Ya’ni: fuqarolik jamiyati – insonlarning shunday birligidirki, u jamiyat hayotining iqtisodiy, siyo­siy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarida asosiy (birlamchi) nodavlat tuzilmalarni ixtiyoriy vujudga keltiradigan, shuningdek nodavlat munosabatlarning majmui va erkin insonlar, tashkilotlar va fuqarolar uyushmalari faoliyat yuritib, namoyon bo‘ladigan sohadir. Maxsus adabiyotlardan birida quyidagi ta’rifni ham uchratish mumkin: «Fuqarolik ja­miyati– o‘z faoliyatida davlatdan, uning idora va muassasalaridan xoli bo‘lgan xususiy shaxslar, guruhlar va institutlarning tizimi... Fuqarolik jamiyatini mam­lakatdagi davlat-hokimiyat tuzilmalari doirasiga kirmaydigan nosiyosiy ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi sifatida ta’riflash mumkin»


Fuqarolik jamiyatining qaror topishi va zohir bo‘lishining quyidagi umumiy g‘oya va prinsiplarini ta’kidlash joiz:
1) iqtisodiy erkinlik, turli mulk shakllari va bozor munosabatlarining mavjudligi;
2) inson va fuqarolarning tabiiy huquqlarini so‘zsiz tan olish va muhofaza etish;
3) davlat hokimiyatining legitimligi va demokratikligi, ya’ni huquqiy davlatning mavjudligi;
4) barchaning qonun va odil sudlov oldida tengligi, shaxsning yuridik jihatdan muhofazalanganligi;
5) siyosiy va mafkuraviy plyuralizmlegal muxolifatning mavjudligi;
6) so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi;
7) davlatning fuqarolar xususiy hayotiga aralashmasligi, davlat bilan fuqarolarning o‘zaro burch va mas’uliyat (javobgarlik) orqali bog‘liqligi;
8) ijtimoiy hamkorlik va milliy totuvlikning ta’minlanganligi;
9) insonlarning munosib hayot kechirishini ta’minlovchi samarali ijtimoiy siyosat amalga oshirilishi


Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko‘zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yilgan. 
Download 34.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling