Mavzu: O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning iqtidodiy siyosiy va ijtimoiy – huquqiy mexanizmlari. Terrorizm tushunchasi, shakllari sabablari va unga qarshi kurashishn mexanizmlari. Reja


Download 35.62 Kb.
bet2/7
Sana05.02.2023
Hajmi35.62 Kb.
#1166954
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
falsafa 2-mavzu,

Yirik korrupsiya deganda, amaldagi davlat siyosatini yo‘qqa chiqaradigan, hukumat darajasida amalga oshiriladigan siyosiy va hukumat rahbarlariga xalq hisobidan manfaat ko‘rishga imkon beradigan harakatlar tushuniladi.
Mayda korrupsiya deganda, odatda kasalxonalar, maktablar, militsiya bo‘limlari va boshqa joylarda asosiy xizmatlardan foydalanishga uringan oddiy fuqarolar bilan aloqa qilishda hokimiyatning quyi va o‘rta bo‘g‘inlari mansabdor shaxslarining kundalik ishonchli vakolatlarini suiiste’mol qilishlari tushuniladi.
Qonunchilikda manfaatlar to’qnashuvi degan tushuncha mavjud. Bu – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko’rsatayotgan yoxud ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyatdir.
2. Korrupsiyaning bir qancha turlari mavjud. Ular quyidagilar:
1. Maishiy korrupsiya
2. Ishbilarmonlik korrupsiyasi
3. Oliy hokimiyat organlari korrupsiyasi
Maishiy korrupsiya - asosan mansabdor shaxslar va davlat xizmatchilarining kundalik ish faoliyatida fuqarolar bilan munosabatlarida keng tarqalgan. Bu fuqarolarga davlat va uning organlari, muassasalari yoki davlat nomidan ish yuritadigan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tibbiy, ma’rifiy va boshqa xizmatlarni ko’rsatishda namoyon bo’ladi. Ishbilarmonlik korrupsiyasi hokimiyat vakillarining tadbirkorlik sub’ektlari bilan munosabatlarida uchraydi. Oliy hokimiyat organlari korrupsiyasi (elitar korrupsiya ham deyiladi) siyosiy hukmron doiralar hamda odil sudlov tizimi faoliyatida uchraydi. Hokimiyat (ijroiya, vakillik va sud) organlaridagi korrupsiya hozirgi vaqtda jahonning deyarli barcha mamlakatlari, shu jumladan, O’zbekistondagi muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bu turdagi korrupsiya jinoyatlarining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularni o’zlari qonunga rioya etiishlari va uni muhofaza qilishlari lozim bo’lgan kishilar sodir etadi.

Download 35.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling