Mavzu: O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning iqtidodiy siyosiy va ijtimoiy – huquqiy mexanizmlari. Terrorizm tushunchasi, shakllari sabablari va unga qarshi kurashishn mexanizmlari. Reja


Download 35.62 Kb.
bet4/7
Sana05.02.2023
Hajmi35.62 Kb.
#1166954
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
falsafa 2-mavzu,

- talabalik safiga qabul qilish;
- o‘qish jarayonida topshiriladigan turli sinovlar, talabalarning bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish;
- magistraturaga qabul, shuningdek, talabalarning o‘qish joyini ko‘chirish, o‘qish yo‘nalishini o‘zgartirish hamda o‘qishga qayta tiklashda korrupsiya holatlari kuzatilayapti.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunda belgilanganidek, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiyani kuchaytirish masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. To‘g‘ri ishlab, to‘g‘ri yashash saodatini bolalikdan, yoshlikdan o‘rgangan odam mard va halol bo‘ladi. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat qilib bo‘lmasligini o‘qib-uqqan, poraxo‘rlik va korrupsiyaga, suiiste’molchilikka qarshi o‘zida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jur’atli, vijdonli inson bo‘lib etishadi. Qonunga, tartib-qoidalarga hurmat saqlab, el-yurtga sadoqat bilan xizmat qiladi. Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli bo‘lmasligini, hech kimga buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi.
Bir yosh kadr mas’uliyatli vazifaga kelsa, amalga ega bo‘lsa, bundan ota-ona, qarindosh-urug‘ qanchalik quvonadi?.. Bu tabiiy va ezgu tuyg‘u, albatta. Lekin ba’zi noto‘g‘ri, zararli illatlar, bilib-bilmay, tushunib-tushunmay yo‘l qo‘yib beriladigan odatlar ham borki, ularni aslo esdan chiqarmasligimiz kerak. Gohida shunday bo‘ladiki, yaqinlar, og‘a-inilarning «o‘g‘lim yoki og‘ayni, mana, ishlayapsanku, opangni uzatilayotgan qiziga durustroq sovg‘a bergin, amakingning yetmay turgan mashina puliga yordam qilib yuborgin, qiynalib yuribdi...» qabilidagi istak va xohishlar yosh kadr­larni buzadi, boshini aylantirib qo‘yadi. Yaqinlariga hurmat yuzasidan bechora o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urishga, noqonuniy ish qilishga, oson pul topishga harakat qiladi. Istab-istamay, boshi berk ko‘chaga kirib qoladi, korrupsiya tuzog‘iga ilinadi.
Qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchilikdan davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetmasligi, qonunlarga, insonning qadr-qimmatiga raxna solinmasligi kerak. Qandaydir manfaat ortidan bog‘langan rishta, do‘stlik, aka-ukachilik uzoqqa cho‘zilmaydi, hech kimga hurmat olib bermaydi. Bunga hayotdan ko‘plab misollar topish mumkin. Demak, yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki kadrlar, ta’lim va fan sohasidagi korrupsiya bu mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to’siq bo’ladi, xalq ishonchining yo’qolishiga olib keladi. Bu esa davlat va jamiyatning tanazzul tomon borishiga yo’l ochadi.
4. Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud:
Ichki nazorat —bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan.
Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. YA’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k.

Download 35.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling