Mavzu: O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning iqtidodiy siyosiy va ijtimoiy – huquqiy mexanizmlari. Terrorizm tushunchasi, shakllari sabablari va unga qarshi kurashishn mexanizmlari. Reja
Download 35.62 Kb.
|
falsafa 2-mavzu,
Saylov tizimi orqali kurashish —demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib bo‘lmaydi (XXR da juda ko‘p miqdorda pora olganlik uchun o‘lim jazosi mavjud). Bu illatni engish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi. Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan SHvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi. Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan. Biz quyida Singapur davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘llanilgan usullar haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Singapur davlati 1965 yil mustaqillikka erishgach korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar qatorida turar edi. Lekin bu illatga qarshi o‘tkazilgan bir qator tadbirlar bu davlatda korrupsiyaning minimal darajaga tushishiga olib keldi. Birinchi navbatda bu erda byurokratik jarayonlar engillashtirilib sud tizimining mustaqilligi oshirildi (sudyalarning daromadlari va imtiyozlarini oshirish evaziga). SHu bilan birga korrupsiya jinoyatlari uchun sanksiyalar og‘irlashtirilib, fuqarolarga korrupsiyaga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishda bosh tortganligi uchun juda katta moliyaviy sanksiyalar belgilandi. Bir qator davlat idoralarida ommaviy “tozalashlar” o‘tkazilib bu jarayonlar telekanallar orqali butun mamlakatga namoyish qilindi. Yuqorida sanab o‘tilgan omillarning hammasi Singapurni qisqa muddatlarda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar ro‘yxatida ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqdi. SHuningdek, davlat xizmatchisining ahloq standartlariga rioya etishini qattiq nazorat ostiga olish ham Singapur davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri bo‘lib xizmat qiladi. O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimov “jinoyatchilik, korrupsiya bizning o‘z xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. SHuning uchun ham biz jinoyatchilik haqida butun jahon hamjamiyati qayg‘urmog‘i lozim, deb hisoblaymiz. Suveren O‘zbekiston xalqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga tayyor va buni dunyoni poklash, uning xavfsizligini ta’minlash ishiga qo‘shilgan hissa, deb biladi” deb fikr bildirgan edi. Jinoyatchi unsurlarning xo‘jalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va xufyona ishtirok etishi jamiyatda axloqsizlik vaziyatini tug‘dirishi, bu esa o‘z navbatida, mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib kelishini keyinchalik BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda Meksikaning Merida shahrida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davom etgan konferensiya tashkil etildi. Bu konferensiya davomida 100 dan ortiq davlat tomonidan Korrupsiyaga qarshi haqaro konvensiya imzolandi. Konferensiyaning birinchi ish kuni (9 dekabr) BMT tomonidan butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan. Ushbu konvensiyaning qabul qilinishi va kuchga kirish (2003 yil 31 oktyabr) dunyo mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi hamkorligini yangi pog‘onaga ko‘tardi. Konvensiyada korrupsiyaning rivojlanishi uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa jamiyat uchun xavfli bo‘lgan salbiy omillarga qarshi kurashga ulkan to‘siq bo‘lishi mumkinligiga alohida urg‘u berilgan. Ushbu Konvensiyaning maqsadi quyidagilardan iborat: - korrupsiyaga qarshi qaratilgan yuqori samarali chora tadbirlarni qabul qilish va ularni mustahkamlash; - korrupsiyaga qarshi kurashda halqaro hamkorlikni kengaytirish, engillashtirish va qo‘llab quvvatlash. O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi O‘RQ-158-sonli Qonuni bilan qo‘shilgan bo‘lib, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilab qo‘yilgan. Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan va korrupsiya sifatida e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan qilmishlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoiy qilmish sifatida ta’qib qilinadi. 1995 yildan beri Transparensy International xalqaro tashkiloti tomonidan tuziladigan Korrupsiyani qabul qilish indeksi e’lon qilib boriladi. Korrupsiyani qabul qilish indeksi – turli mamlakatlarning davlat sektorida korrupsiyani qabul qilish darajasini baholovchi tarkibiy indeksidir. Mazkur indeks natijalari mansabdor shaxslar faoliyatini jamoatchilik tomonidan nazorat qilish, davlat xizmatini kengaytirish, mansabdor shaxslarni vazifaga qo’yishda saylov tizimini joriy etish, mansabdor shaxslarga korrupsiya bilan bog’liq qilmishlar uchun javobgarlikni kuchaytirish, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatini baholash mexanizmlariga har tomonlama bog’liq. Zero, davlatning kuchi mazkur sohadagi jinoyatlarga murosasiz bo’lish, ya’ni, doimiy ravishda milliy qonunchilikni takomillashtirib borishda ko’rinadi. Korrupsiyani o‘lchash rasmiy muomaladan resurslarni chiqib ketishi va davlat boshqaruvidagi muammoli sohalarni aniqlashga yordam beradi. Davlat xazinasidan yo‘qotilgan pul miqdorini hisoblash bilan bir qatorda, korrupsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat va jamoat institutlarining alohida e’tiborini talab qiladigan qonunchilik tizimining sifati, qonunlarga muayyan sohalarda amal qilinishi, davlat siyosatining samaradorligi kabi davlat boshqaruvining muammoli sohalari haqida xabar beradi. Bugungi kunda dunyoda korrupsiya darajasini o‘lchashning beshta asosiy usuli qo‘llaniladi. Ularning barchasining afzalliklari ham, kamchiliklari ham mavjud. Zero, korrupsiya to‘g‘risida aniq ma’lumot olish juda qiyin, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi barcha shaxslar ko‘p hollarda kimligi ochiqlanishini xohlamaydilar. O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashda uzoq muddatli ijobiy dinamikani namoyish etuvchi 16 ta davlat qatoriga kiradi. Transparency International xalqaro tashkilotining korrupsiyani idrok etish indeksi bo‘yicha, 2010 yildan beri O‘zbekiston har yili o‘z mavqeyini yaxshilab kelmoqda. 2019 yilda O‘zbekiston 25 ball bilan 180 davlat ichida 153-o‘rinni egallagan, 2010 yilda esa u 16 ball bilan 172-o‘rinda turgan edi. Transparency International xalqaro korrupsiyaga qarshi barometrining 2016 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi respondentlarning atigi 18 foizi pora bergani haqida xabar bergan va ularning atigi 23 foizi korrupsiyani mamlakatdagi uchta eng jiddiy muammolardan biri sifatida qayd etgan. Aholi so‘rovlariga ko‘ra, eng korrupsiyalashgan soha vakillari – yo‘l-patrul xodimlari (respondentlarning 17 foizi ularga pora berganligini tan olgan), ta’lim va tibbiyot xodimlari (respondentlarning 16 foizi buni tan olgan). Respondentlarning korrupsiya to‘g‘risida xabar berishiga nima to‘sqinlik qiladi degan savolga, 39% ular bu savolga javobni bilmasliklarini aytishgan va ikkinchi eng keng tarqalgan javob “Salbiy oqibatlardan qo‘rqish tufayli” bo‘lgan (17%). Jahon banki korxonalar o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovida firmalarga oltita turli bitimlar, jumladan soliqlarni to‘lash, ruxsatnomalar yoki litsenziyalar olish va davlat xizmatlariga ulanish bo‘yicha pora berish taklif qilingan vaziyatni baholashga urinadi. Ushbu tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistondagi vaziyat dunyo va Yevropa hamda Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga qaraganda yaxshiroq. Masalan, O‘zbekistonda so‘rovda qatnashgan barcha firmalarning atigi 6 foizi o‘z amaliyotida pora talab qilinishi bilan duch kelganligini ta’kidlagan, dunyoda bu ko‘rsatkich 17 foizni, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida esa 11 foizni tashkil etadi. Jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalariga ko‘ra, “Ijtimoiy fikr” markazi ba’zi joylarda korrupsiya va poraxo‘rlik darajasi yuqori darajada ekanligini aniqlagan. Masalan, fuqarolar fikriga ko‘ra, 2018 yilda sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasi korrupsiya va poraxo‘rlikka eng ko‘p moyil bo‘lgan – buni respondentlarning 43,7 foizi qayd etgan. Keyingi yo‘nalishlar ta’lim (39,4%) va soliq sohasi (12,2%). Xuddi shu markaz tomonidan o‘tkazilgan “Jamoatchilik fikri ko‘zgusida korrupsiyaga qarshi kurashish” so‘rov natijalariga ko‘ra, 2018 yilda sog‘liqni saqlash tizimi, ishga qabul qilish jarayoni, oliy va xalq ta’limi tizimi O‘zbekistondagi eng korrupsiyalashgan sohalar qatoriga kiritildi. So‘ng quyidagi sohalar: sudlar, prokuratura organlari, Ichki ishlar vazirligi, soliq organlari va sanitariya-epidemiologiya nazorati. O‘zbekistonda aniqlangan korrupsion huquqbuzarliklar davlat korxonalari va muassasalari, ichki ishlar organlari va banklar eng korrupsiyalashgan sohalar ekanligidan dalolat beradi. Ushbu joylarning aksariyati aholi tomonidan so‘rov davomida aniqlangan joylarga to‘g‘ri keladi. SHu bilan birga, mansabdor shaxslar tomonidan 2013 yildan 2017 yilgacha sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar 43 foizga kamaygan, aynan prokuratura organlari tomonidan 2015 yildan 2017 yilgacha turli korrupsion jinoyatlar uchun 14 171 shaxsga (2015 yil – 6853, 2016 yil – 4524, 2017 yil – 2794) qarshi 8572 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (2015 yil – 3778, 2016 yil – 2860, 2017 – 1934). O‘zbekistondagi korrupsiya xavfi bo‘lgan sohalarga quyidagilar kiradi: Download 35.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling