Mavzu: O’zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirish muammolari. Kirish


Download 123.03 Kb.
bet1/7
Sana24.12.2022
Hajmi123.03 Kb.
#1056372
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI 3


Mavzu: O’zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirish muammolari.

Kirish………………………………………………………………………………2
1. O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirish muammolari va tashkiliy-huquqiy asoslari. …………………………………………………………………………….4
2. Milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida loyihaviy moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlari…………………………………………………………18
3. O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirishda moliya-kredit muassasalarining rolini oshirish…………………………………………………..21
4. Loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirish yuzasidan harakatdagi me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari……………………..34
Xulosa………………………………………………………………………….....39
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………...41

Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi- O‘zbekistonda investitsiyalarni moliyalashtirishning samarali usullarini milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda joriy etish, investitsion faoliyatda loyihaviy risklarni imkon darajasida pasaytirish, investitsion risklarni samarali boshqarish, resurslar taqchilligi sharoitida yirik investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirishni tashkil etish bugungi kun moliya-bank sohasining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir.
O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish va samarali o‘zlashtirish ishlarini amalga oshirmasdan turib iqtisodiyotni barqaror o‘stirish, asosiy kapitalni yangilanishiga va butun investitsion-moliyaviy sohada tarkibiy o‘zgarishlarga erishib bo‘lmaydi. Binobarin, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga faol integratsiyalashuvi mamlakatning iqtisodiy-siyosiy sohalaridagi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni talab qilishi tabiiydir. Bu borada bank tizimini rivojlantirish, ularning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishdagi rolini kuchaytirish, moliyalashtirishning zamonaviy usullaridan foydalanish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Bozor mexanizmi va tamoyillarining joriy etilishi munosabati bilan iqtisodiyot nazariyasida “investitsiyalar”, “xorijiy investitsiyalar”, “investitsion faoliyat”, “investitsion muhit”, “loyihaviy moliyalashtirish”, “sindikatli kreditlash” kabi ko‘plab atamalarning mazmuni-mohiyati va ahamiyatini asoslash hamda mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy izlanishlar olib borish hozirgi davrning eng muhim va dolzarb bo‘lgan tadqiqot yo‘nalishlaridan biriga aylanganligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir. Shu sababdan ham mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakl va usullari o‘zgarayotgan va rivojlanayotgan hozirgi murakkab jarayonda milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda loyihaviy moliyalashtirishning ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish muhim vazifalardandir. Bir qarz oluvchining qarz olishga bo‘lgan talabi juda katta hajmni tashkil etishi mumkin bo‘lsada, ammo nazorat qiluvchi organlar tomonidan bir qarzdorga kredit berish miqdori va riski belgilab qo‘yilgan. Odatda, gazni yoki neftni qayta ishlovchi korxonalarga bir bank kredit bera olmasligining sababi, bu bank mablag‘larining etishmasligi hamda aktivlarni diversifikatsiya qilish maqsadida katta mablag‘ni bir mijozga bermasligidadir1. Shu sabablarga ko‘ra, kredit oluvchining moliyaviy ehtiyojini qondirish, shu bilan birga, o‘zining aktivlarini sifatli boshqarish uchun bir necha banklar bank sindikatini hosil qilib “sindikatli kreditlash”ni amalga oshiradilar. Loyihaviy moliyalashtirishning asosiy ko‘rinishi sindikatli kreditlash bo‘lib, bunda bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish tushuniladi.

Download 123.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling