Mavzu: O’zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirish muammolari. Kirish


O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirishda moliya-kredit muassasalarining rolini oshirish


Download 123.03 Kb.
bet4/7
Sana24.12.2022
Hajmi123.03 Kb.
#1056372
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI 3

3. O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirishda moliya-kredit muassasalarining rolini oshirish
Banklar va kredit institutlari o‘zlarining kredit siyosatlarini amalga oshirishda, o‘z faoliyatini zamonaviy talablar darajasiga olib chiqish maqsadlarida aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish, xizmat sifatini oshirish, sheriklar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalarni amalga oshirishlari zarurdir. Banklarning kredit siyosati esa mablag‘lardan hayotiy loyihalarni amalga oshirishda samarali foydalanishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bunday loyihalarni kreditlash uchun banklar uzoq muddatli depozitlardan iborat resurslarga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Hozirgi davrda o‘rta muddatli va uzoq muddatli ssudalarning asosiy qismi markazlashtirilgan kredit resurslari hisobiga berilgan. Markazlashtirilgan kredit resurslarini boshqarishning taqsimot tizimidan voz kechish kerak. Bu resurslarni yanada yaxshiroq boshqarish uchun ulardan foydalanishni tijorat banklari tomonidan pul-kredit siyosati ustuvorliklariga rioya qilishlari bilan uzviy qo‘shib olib borish talab etiladi. Bizning nazarimizda, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarini inflyasiya darajasini hisobga olgan holda qayta moliyalashtirish stavkalarida beriladigan kreditlar bilan uzviy bog‘lash qarz mablag‘larining real qiymatini ma’lum darajada aniqlash imkoniyatini beradi4.
Bank faoliyatini erkinlashtirish maqsadlarida soliqqa tortish tizimini ham takomillashtirish zarur. Bank muassasalarini soliqqa tortishda banklarning ishlab chiqarish xarajatlarini, yangi tadbirkorlik shakllarini, iqtisodiyotnint real sektoridagi investitsiya loyihalarini kreditlashiga qarab tabaqalashgan holda yondashuv maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Banklararo raqobat muhitini ta’minlash uchun ularning faoliyati quyidagi asosiy parametrlar bo‘yicha muntazam baholab borilishi talab qilinadi: moliyaviy faoliyati miqyosi (bankning moliyaviy salmog‘i-kapitali, aktivlari va daromadlari bilan belgilanadi); kapitalining etarliligi (moliyaviy operatsiyalarni o‘z mablag‘lari bilan ta’minlash darajasi); likvidligi (bankning o‘z mijozlari oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish imkoniyati); foydalilik (jalb qilingan mablag‘larni yanada ko‘paytirish qobiliyati).
Bugungi kunda tijorat va boshqa banklarning faolligi investitsiya kapitali bozorida emas, balki O‘zbekistonning pul bozorida namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekistonda banklarga qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazishga ruxsat berilganini hisobga olib ulardan investitsiya bozorida faollik ko‘rsatishni talab qilish maqsadga muvofiqdir. Yirik banklar o‘zlarining qimmatli qog‘ozlarini chiqargan bo‘lishlariga qaramay, o‘z aktivlarini o‘rta va uzoq muddatlarga ehtiyotkorlik bilan joylashtiradi. Har bir bank o‘z stratsgiyasi va o‘rta hamda uzoq muddatli kreditlash bo‘yicha tutgan siyosatiga qarab Markaziy bankda turlicha zahira saqlashi mumkin bo‘lar edi. Shu munosabat bilan, bizning nazarimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari uchun zahiralar stavkalarini belgilashga tabaqalashgan holda yondashsa maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Zahira stavkasini bankning ssuda portfelidagi o‘rta va uzoq muddatli kreditlar hissasiga qarab tuzatish koeffitsientiga ko‘paytirib, o‘zgartirish kiritish mumkin.
Yangi ilg‘or texnologiyalar asosida davlat korxonalarini texnika bilan qayta qurollantirish markazlashtirilgan davlat investitsiyalari doirasida amalga oshiriladi. Iqtisodiyotdagi nodavlat sub’ektlari uchun muayyan tartibga soluvchi qarorlari talab qilinadi. Jiddiy texnologik o‘zgartirishlar yangi texnologiyalarni iste’mol qiluvchilarning katta sarf-xarajatlari bilan bog‘liqligini hisobga oladigan bo‘lsak, bizning nazarimizda, bank kreditining rolini kuchaytirishga to‘g‘ri keladi. Beriladigan kreditlarning muddatlari, hajmlari va foizlari bo‘yicha tegishli imtiyozlar bilan innovatsiya va investitsiya kreditlariga bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Pasaytirilgan foiz stavkalari bilan kreditlash tijorat banklari daromadlariga tegishli soliq stavkalarini, juda bo‘lmaganda ularning oddiy kreditlarga nisbatan teng daromadligi darajasigacha pasaytirishni taqozo qiladi.
Investitsiya faoliyatini real sektorda faollashtirish maqsadlarida nobank kredit muassasalari (fond birjasi, milliy depozitariy, ikkilamchi fond bozori, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya fondlari) va kapital bozorini rivojlantirishga sharoitlar yaratiladi. Investitsiya faoliyatining faolligi kapital bozorining rivojlanganligi va uning ochiq-oydinligidarajasi, nobank kredit muassasalari va uzoq muddatli moliya vositalari bozorlarining rivojlanganlik darajasi bilan bevosita bog‘liqdir.
Eng zamonaviy yangi texnologiyalar, “nou-xau”ni joriy etishni jadallashtirish, eskirgan uskuna-jihozlarni almashtirish, mamlakatning eksport bazasini kengaytirish loyihaviy moliyalashtirish amaliyotini tatbiq etishni talab qiladi. Bank tizimi faoliyatini takomillashtirish, kichik biznes rivojini tezlatish uchun davlat ixtisoslashtirilgan taraqqiyot bankini tashkil qilish va unga hayotiy zarur investitsiya loyihalarini kreditlashni yuklash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Banklar faoliyatida erkin raqobat muhitini shakllantirish uchun tijorat banklarining amaldagi tizimini universallashtirish bo‘yicha aniq, maqsadli ishlarni amalga oshirish va ayni paytda ularni soliq majburiyatlari bajarilishini, turli soliqlar va yig‘imlarning davlat va mahalliy byudjetlari tushumi kassa ijrosini ta’minlashdan ozod qilish kerak.
Pul jamg‘armalarini safarbar etish va ularni qayta taqsimlash samaradorligini oshirish, shuningdek bank tizimiga ishonch darajasini oshirish hamda moliyaviy vositachilik darajasini o‘stirish uchun turli mulkchilik shakllariga asoslangan mintaqaviy yangi universal tijorat banklarini tashkil etishni kengaytirish zarur. Yangi universal, tijorat banklarini tashkil etilishi bank tizimida to‘planishni pasaytiradi, undagi raqobatni kuchaytiradi, kreditlarni samarali joylashtirishga yordam beradi, bank portfsllari diversifikatsiyasini kengaytiradi, bularning hammasi esa banklar oldidagi risklar va qaltisliklarni kamaytirishga olib keladi.
Bank tizimining rivojlanishi samaradorligini oshirish va raqobatni kuchaytirish uchun xususiy tijorat banklari tashkil etishni har tomonlama rag‘batlantirish va bank bozorida ularning faoliyatini jonlantirish talab etiladi. Bulardan tashqari raqobatni rivojlantirish va bank sektori rnvojini rag‘batlantirishning majburiy sharti - bu sektorga xorijiy banklarning kirishidir. Mamlakatning moliyaviy sektorida chet el banklar rolining kengayishi raqobatni rivojlantirishga, ilg‘or bank amaliyotini joriy etishga, moliya bozorlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Tijorat banklarida lizing, faktoring, loyihaviy moliyalashtirish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘limlarini tashkil qilish va ularni takomillashtirish ishlarini kuchaytirishga, qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozorini rivojlantirish yo‘li bilan respublikada fond bozorini kengaytirishga to‘g‘ri keladi.
Turli tijorat banklarining iqtisodiy erkinliklarini kengaytirish, vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini qayta taqsimlashda ularning o‘rnini mustahkamlash maqsadlarida depozit, kredit siyosatini olib borish, ssudalar bo‘yicha foizlarni tabaqalashtirishda erkinlik berilishi lozim.
Nobank kredit muassasalari to‘g‘risida qonunning qabul qilinishi turli investitsiya institutlari orqali moliyaviy vositachilikni kengaytirishga va to‘plangan mablag‘lardan iivestitsiya faoliyatida samarali foydalanish imkoniyatlarini beradi. Banklarning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda ishtirok etishini kengaytirish uchun bir necha banklar yoki kredit muassasalari tomonidan iqtisodiyotning real sektorlaridagi istiqbolli loyihalarni loyihaviy moliyalashtirish yo‘li bilan sinditsiyalashgan kreditlar berilishini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Bu esa iqtisodiyotning real sektorida hayotchan loyihalarni loyihaviy moliyalashtirish uslubiyoti asosida ta’minlashi mumkin.
Kredit uyushmalari o‘z a’zolarini tezda oqlanadigan loyiha asosida arzon ssudalar berishi iqtisod quyi subektlarini investitsiya tashabbusiga yo‘l ochadi. Bunga erishish uchun foiz stavkalari kredit uyushmaning operatsion xarajatlarini qoplashni ta’minlaydigan darajada belgilanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bularning barchasi investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarida kreditnging rolini kuchaytirish imkoniyatlarini yaratadi.
O‘zbekiston sharoitlarida investitsiya resurslari qiymatini baholashda bank foiz stavkalari, qayta moliyalashtirish stavkalari, valyuta kurslari, soliq imtiyozlari o‘zgarishlari va jadallashtiriltan amortizatsiyani qo‘llash masalalari alohida e’tibor talab etadi.
Loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslardan samarali foydalanish uchun investitsiya loyihalarini tanlash ustuvorliklari va mezonlarini belgilash jarayonlarini takomillashtirish talab qilinadi. Loyihani tanlash to‘g‘risidagi qaror moliyalashtirishning har bir manbai qiymatini baholashga asoslanmog‘i lozim. Shu bilan birga loyihaviy moliyalashtirishning o‘ziga xos afzalliklarini, shuningdek, loyihaviy moliyalashtirishning me’yoriy-huquiy asoslari sustligini inobatga olib, loyihaviy moliyalashtirishni yanada takomillashtirish maqsadida “Loyihaviy moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik Nizom ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish foyda keltirishdan holi emas. Shu bilan birga loyihaviy moliyalashtirishning Germaniya tajribasining ijobiy jihatlarini respublikamizning milliy xususiyatlarini inobatga olib, qo‘llash maqsadga muvofiqdir5.
Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish yuqoridagi o‘rinlarda ko‘rib o‘tganimizdek, qarz yoki ulush sifatida mablag‘ kiritgan holda yangi loyiha kompaniyaisni barpo etish orqali loyihani amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Biz jadvalda ko‘rsatilgan manbalardan loyihaga tijorat banklari kreditlarini, hozirda o‘z ishini boshlab olgan turli kredit uyushmalari kreditlarini, loyihaviy qimmatli qog‘ozlar (loyihaviy obligatsiyalar, aksiyalar), lizing vositalaridan foydalanish yo‘li bilan iqtisodiyotning turli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarini loyihaviy moliyalashtirishda birlishtirishimiz mumkin. Shuningdek, xorijiy kredit va investitsiyalarni, agar davlat ahamiyatidagi investitsiya loyihasini amalga oshirayotgan bo‘lsak, byudjet va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘larini ham loyihaga jalb qilishimiz mumkin bo‘ladi.shubhasiz bu jarayonda loyiha ta’sischisi, homiysi etakchi rollardan birini o‘ynaydi. Ular bevosita loyihaningdastlabki harakatlanishini ta’minlab beradi. Ta’sischilar loyihaning moliyalashtirilishida turli ishtirokchilar bilan kelishuv bitimlarini, shartnomalarni tuzishda ishtirok etadi va mablag‘lar oqimini loyihalarni amalga oshirish uchun etarli bo‘lishini ta’minlashdakatta rol o‘ynaydi. Loyiha amalga oshishi uchun etarli mablag‘lar va shart-sharoitlar yaratilgandan so‘ng, loyiha kompaniyasining boshqaruvchilari belgilangan maqsatga asosan mablag‘lar ishlitilishi yo‘nalishlari bo‘yicha loyihaning amalga oshirilishini boshqarib boradi. Dastlab ular loyihalashtirishni amalga oshiruvchi konsultativ firmalar bilan texnik iqtisodiy asosnoma tuzishda, keyinchalik pudrat tashkilotlari bilan qurilish-montaj ishlarini amalaga oshirishda, xom ashyo, material, uskunalar etkazib beruvchilar, byurtmachi va xaridorlar bilan opsion, fyuchers xususiyatiga ega shartnomalar tuzish orqali ularni loyihaga jalb qilishi mumkin bo‘ladi. Bunda xom ashyo va matariallar etkazib beriuchilarning loyihaga kiritgan karz majburiyatlarini ifodalovchi mablag‘lari loyiha ishga tushib uning faolityatidan daromad kela boshlaganidan so‘ng, o‘sha daromad hisobiga qarz mablag‘larini to‘laligicha yoki o‘z qiymatidan yuqoriroq qiymatda qoplanishi mumkin. Shu tariqa uskunalar etkazib beruvchilar, bo‘lajak xaridorlar bilan aloqalar o‘rnatish, shartnomaviy munosabatlar o‘rnatish mumkin.
Eng asosiy maqsadlardan biri loyihaviy moliyalashtirishda uning ishtirokchilarida ishga tushgan yangi ob’ektdan, korxonadan o‘zlari kiritgan mablag‘larni undan yuqoriroq qiymatda olish imkoniyatidan voz kechgan holda korxona ta’sischisiga aylanish orqali korxonaning butun hayotiylik faoliyati davomida undan muntazam daromad olish imkoniyatining yaratilishi mumkinligini ular o‘rtasida tuziladigan o‘zaro shartnomada belgilanishi mumkin.
Investitsiya loyihalarni moliyalashtirish manbalarining har tomonlama tahlilidan so‘ng, mamlakatimizda mavjud shartg‘sharoitlardan kelib chiqqan holda investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda eng qulay imkoniyatlarga ega bo‘lgan tijorat banklari kreditlari, loyihaviy aksiya va obligatsiyalar, lizing kabi vositalardan foydalanishni atroflicha o‘rganish uchun ularning harakat mexanizmini batafsil ko‘rib chiqishga qaror qildik. O‘ylaymizki, bu albatta ishning sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Biz bilamizki, tijorat banklari har qanday kredit oluvchi mijozga foizlilik, to‘lovlilik, kaytarishlilik, ta’minlanganlik, maqsadlilik tamoyillariga asoslangan holda kredit beradi. Loyihaviy moliyalashtirishda aynan ta’minlanganlik tamoyili bankda loyihaga nisbatan biroz xavotir tug‘dirishi mumkin. Chunki bunda yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, loyihaga kiritilgan mablag‘lar qaytarilishi ta’minoti bo‘lib, loyiha ishga tushgandan so‘ng undan keladigan daromad hisoblanadi. Bu esa albatta ko‘pchilik mahalliy banklarning kredit siyosatiga to‘g‘ri kelmaslilini yuzaga chiqarishi mumkin. Bunday vaziyatda bir qator muqobil yo‘llardan birini tanlash mumkin bo‘ladi. Birinchidan, bank ham loyihaga kredit ko‘rinishida kiritgan mablag‘larini ta’minoti o‘rniga bankning o‘zi loyihada ta’sischi sifatida qatnashishi (yoki qolishi) taklifi bilan chiqish va loyihaning keyingi faoliyati samarasidan ta’sischi sifatida o‘z xissasiga mutanosib ravishda foydalanishi mumkin. Ikkinchidan, bank loyihaga kiritgan mablag‘lari qaytishining ta’minoti sifatida loyiha ta’sischilari va (yoki) homiylari kafilligidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Uchinchidan, hozirgi kunda banklar amaliyotida, jumladan mahalliy banklar amaliyotida faktoring, forfeyning kabi xizmat turlari rivojlanib borayotganligini inobatga olib, banklarning investitsiya loyihalariga kiritgan qarz mablag‘larini uchunchi tomonga o‘tkazish orqali kreditorlikni boshqa tuzilmaga topshirish mumkinligi, ularning loyihaviy moliyalashtirishda ishtirok etishga undaydigan qarorlar qabul qilish uchun turtki bo‘ladigan omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz tijorat banklarida investitsiya loyihasini kreditlash, yoki loyihada ta’sischi sifatida qatnashish etarlicha qonuniy-me’yoriy asoslar va amaliy tajribalar mavjud. Garchi banklar biror-bir loyihada. Faoliyatda ta’sischi sifatida kamdan-kam hollarda ishtirok etsada, keyingi yillarda tijorat banklarimizning xizmatlar turlarining rivojlaninb borish tendensiyasini inobatga olib, banklarning bunday faoliyatlari yanada kengayib borishi tabiiy jarayondir.
Jahon amaliyoti tajribasidan ma’lumki, yirik investitsiya loyihasini moliyalashtirishda odatda bitta iqtisodiy birlik, tuzilma ishtirok etmaydi, bunda ishtirokchilar konsorsium, sindikatga birlashadilar. Loyiha kompaniyasini boshqarish, moliyalashtirish ishtirokchilari ko‘pligi uchun murakkablashishiga qaramasdan, mamlakat miqyosida ko‘pgina makrodarajadagi ham mikro darajadagi muammolar o‘z echimini topishi bunday loyihalarni amalga oshirishga undaydi.
Hozirgi kunda tijorat banklarimiz amaliyotida investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish turi sifatida qaraluvchi sindikatlashtirilgan kreditlash usuli qo‘llanilib kelinmoqda. Bu borada yuqorida atroflicha bayon qilib o‘tdik.
Jaxon tajribasida investitsiyalarni moliyalashtirishda turli qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishidagi dastaklardan foydalanish yuqori darajadaligini e’tiborga olib, bunday dastaklarni milliy iqtisodiyotimizda ham rivojlantirish orqali investitsiya loyihalariga mablag‘larni yanada kengroq jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda qimmatli qog‘ozlar bozori deyarli barcha faoliyat sohalarining asosiy moliyaviy tahminotchisi vositasida namoyon bo‘layotganligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
So‘nggi yillarda bizda ham mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanib borayotganligi, ayniqsa aksiyalar va obligatsiyalar bozorining kengayib borayotganligini inobatga olib, qimmatli qog‘ozlarning bu tur vositalaridan investitsiya loyihalariga mablag‘ jalb qilish orqali loyihaviy moliyalashtirishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan manba va ishtirokchilar tarkibini oshirish bilan loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy elementi bo‘lgan aksiya bozorini tahlil qilishda asosiy masala aksiyalarni chiqarish orqali loyihani, ayniqsa loyihaviy moliyalashtirishda qanday yo‘llar bilan amalga oshirish, moliyalashtirish mumkinligini o‘rganishdir. Agarda amalga oshirilayotgan loyihada kapital qurilish talab etilmasa, u yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish va kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lsa, bevosita loyihaviy moliyalashtirishdagi aloxida loyiha ob’ektining nomidan aksiyalar chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Agar amalga oshirilayotgan loyiha yangi ob’ekt qurilishini ham nazardja tutgan bo‘lsa, bevosita loyiha kompaniyasi nomidan aksiya chiqarish imkoniyati yo‘qoladi desak xato bo‘lmaydi. Sababi qurilish jarayoni uzoq davom etadigan jarayon bo‘lganligi uchun loyiha ob’ekti tezda ishga tushmasligi, uni moliyalashtirish uchun chiqarilgan aksiyalar bozorda sotilmay qolishi tufayli loyiha to‘xtab qolishi va keyinchalik mablag‘larning o‘z vaqtida etib kelmasligi sababli loyiha o‘z jozibadorligini yo‘qotib samarasiz bo‘lib qolishi, boshqacha qilib aytganda xali ishga tushmasdan turib bankrot bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda loyihaning ta’sischisi aksiyalarni chiqaruvchi sifatida maydonga chiqishi mumkin. Alohida loyiha birligini (ob’ektini, kompaniyasini) unchalik ko‘p doira iqtisodiy sub’ektlarga ma’lum bo‘lamaganligi sababli u “bankrotlik”ka uchrasa, loyiha ta’sischisi yirik kompaniya bo‘lganligi sababli, uning moliyaviy mustahkamligi va imkoniyatlari yuqoriligini inobatga olib, u tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bozorda tezda sotilib ketadi va loyihaviy moliyalashtirish tarkibidagi ishtirokchilar, risklarni o‘z zimmasiga olishi mumkin bo‘lgan sub’ektlarni ko‘paytiradi. SHunday ekan, aksiyalarni joylashtirish vasitasida yirik investitsiya loyihalariga mablag‘lar jalb qilish imkoniyatlarni o‘rganish maqsadida O‘zbekistonda aksiyalarni chiqarilish bosqichlariga to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish Davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining 2002 yil 7 iyundagi 1-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Aksiyadorlik jammiyatlari aksiyalarini chiqarish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va chiqarilgan aksiyalarni bekor qilish tartibi to‘g‘risida” nizomga asosan aksiyalarni chiqarish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • vakolatli organ tomonidan aksiyalar chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilinishi;

  • vakolatli organ tomonidan emissiya prospektini yoki aksiyalar chiqarish anketasini tayyorlash va tasdiqlash;

  • aksiyalar chiqarilishini davlat tomonidan ruyxatga olinishi;

  • ro‘yxatga olish organi tomonidan hisobga qo‘yish maqsadida aksiyalar chiqarilishini tasdiqlochi hujjatlarning asl nusxalarini Markaziy depozitariyga yuborish;

  • aksiyalar sertifikatlarini tayyorlash, agar naqd aksiyalar chiqariladigan bo‘lsa;

  • aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risida ma’lmotlarni chop etish yo‘li orqali axborotlarni ochish;

  • ro‘yxatga oladigan organga aksiyalar chiqarish yakunlari to‘g‘risida hisobotni taqdim qilish;

  • aksiyalar chiqarish chiqarish yakunlari to‘g‘risida axborotlarni ochish.

Aksiyalar chiqarilishini davlat tomonidan ro‘yxatga olish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • ro‘yxatga oluvchi organning markaziy apparatida:

  • agar emitent birlamchi chiqargan aksiyalar emissiyasining hajmi davlat tomonidan ro‘yxatga olish uchun hujjatlar taqdim qilingan davrdagi eng kam oylik ish haqining 50 ming barobariga teng yoki undan ko‘p bo‘lsa;

  • agar emissiya sug‘urta tashkilotlari, suo‘urta tashkilotlari, fond birjalari, investitsiya institutlari, xorijiy investitsiyalarga korxonalar tomonidan amalga oshirilsa;

  • ro‘yxatga oluvchi organning xududiy bo‘limlarida, agar emitanning birlamchi chiqargan aksiyalarining emissiyami hajmi, davlat tomonidan ro‘yxatga olish uchun xujjatlar taqdim qilingan davrdagi eng kam oylik ish haqi miqdori 50 barobaridan kam bo‘lsa.

Aksiyalar chiqarishni davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirish uchun, emitent tomonidan tegishli ro‘yxatga oluvchi organga quydagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  • chiqarilgan aksiyalarni davlat ro‘yxatiga olish uchun ariza;

  • emitentning vakolatli organi tomonidan aksiyalar chiqarish to‘g‘risida qabul qilgan qarorni tasdiqlovchi hujjatning (majlis bayoni, bayonnomadan ko‘chirma) emitent tomonidan tasdiqlangan nusxasi, shuningdek ko‘rsatilgan masala bo‘yicha kvorom va saylash natijalari va kuzatuv kengashi tomonidan chiqarish to‘g‘rida qaror qabul qilingan hollarda, ikki nusxada saylovda qatnashgan kuzatuv kengashining a’zolarining ismi, familiyasi va otasining ismi ko‘rsatiladi;

  • ta’sis hujjatlarining notarial tarzida tasdiqlangan nusxasi;

  • uch nusxada chiqarilayotgan aksiyalar namunalari;

  • uch nusxada emissiya prospekti;

  • emitentning ro‘yxatga olish kartasi;

  • aksiyalarni chiqarilishining ro‘yxatga olish uchun belgilangan yig‘imning to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nuxasi;

  • aksiyalarni chiqarilishining ro‘yxatga olish bo‘yicha taqdim qilingan xujjatlarni ko‘rib chiqish uchun belgilangan yig‘imning to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nuxasi;

  • emitentning vakolatli organi tomonidan aksiyalarni emissiya prospektini majlis bayonnomalarini, tasdiqlovchi hujjatning emitent tomonidan tasdiqlangan nusxasi, shuningdek ko‘rsatilgan masala bo‘yicha kvorom va saylash natijalari va kuzatuv kengashi tomonidan chiqarish to‘g‘rida qaror qabul qilingan hollarda, ikki nusxada saylovda qatnashgan kuzatuv kengashining a’zolarining ismi, familiyasi va otasining ismi ko‘rsatiladi;

  • ikki nusxada taqdim qilingan hujjatlar nusxasi.

Obligatsiyalar aksiyalarga nisbatan qisqaroq davr mobaynida muomalada bo‘ladi. Ya’ni obligatsyalar belgilangan muddatgacha amal qiladi va uni so‘ndirish muddati etib kelganidan so‘ng butunlay muomaladan chiqariladi. U ham kredit xususiyatini namoyon etgan holda vaqtincha mablag‘larni qarzga to‘lovlilik, qaytarishlilik, muddatiylik tamoyillariga asoslanib jalb qilishn anglatadi. Jahon amaliyotida loyilarga mablag‘ jalb qilishda loyihaviy obligatsiyalar vositasidan keng foydalanilishini ko‘rishimiz mumkin6.
Qonunchiligimizga ko‘ra korporativ obligatsiyalar korxona ustav fondining 20 foizi miqdorida chiqariladi. Demak, investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda loyiha kompaniyasining ta’sischilari tomonidan shakllantirilgan nizom jamg‘armasining 20 foizi miqdorida mablag‘larni qarz sifatida obligatsiyalar ko‘rinishida loyihaga zaruriy mablag‘larni uzluksizligini rejalashtirilgan holda ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘linadi.
Hozirgi kunda loyihalarni moliyalashtirishning muhim usuli sifatida lizing vositasidan ham foydalanish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Iqtisodiyotning, ayniqsa, qishloq xo‘jaligining texnik bazasini modernizatsiyalash va kengaytirishda lizingning ahamiyati yuqoridir.
Lizing vositasi orqali asosiy vositalar ko‘rinishidagi mulkiy mablag‘larni loyihaga jalb qilish imkoniyatlari ochiladi. U kreditdan farqli o‘laroq loyihada ishtirok etishda ta’sischi, homiydan garov ta’minoti talab etmaydi, balki lizing ob’ektining o‘zi garov ta’minoti sifatida baholanadi. Bu lizingning loyihaviy moliyalashtirishda uning xususiyatlarini o‘zida namoyon etadigan haqiqiy moliyalashtirish vositasi ekanligini ko‘rsatadi. Chunki lizing orqali moliyalashtirishda qatnashuvchi loyihaga kiritgan mablag‘ini loyihaviy riskka tikadi va loyihaga kiritgan mablag‘larini ta’sischidan emas, loyihadan keladigan daromadlardan yoki loyiha ob’ekti mulkiga aylangan mablag‘lardan foydalanish orqali qoplash mumkin bo‘ladi.
Qoida tariqasida, loyihani muvoffaqiyatli amalga oshirish maqsadida, qarz va ulush, tashqi va ichki manbalar hisobiga moliyalashtirish, kafolatlar va tashkiliy tuzilmalar shakllarining turli xil kombinatsiyalaridan, shuningdek yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning turli xil standart shakllari va sxemalaridan foydalaniladi. Misol qilib, yirik infratuzilmaviy loyihalarni (yirik elektrostansiyalar, avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar va boshqa shu kabilar qurilishi loyihalari) moliyalashtirish mexanizm va sxemalarini olishimiz mumkin:

  • “Qurilish-egalik qilish-ekspluatatsiya” (BOO = Build, Own and Operate);

  • “Qurilish-ekspluatatsiya-mulkchilik huquqini o‘tkazish” (BOT = Build, Operate and Transfer);

  • “Qurilish-egalik qilish-mulkchilik huquqini o‘tkazish” (BOT = Build, Own and Transfer);

  • Qurilish-egalik qilish-ekspluatatsiya-mulkchilik huquqini o‘tkazish” (BOOT = Build, Own, Operate and Transfer).

Mazkur loyihalarni amalga oshirish jarayonida, ko‘pincha, cheklangan regress bilan va davlat kafolati ostida moliyalashtirish shakllari aralashishi yuz beradi.
Barcha turdagi infratuzilmalarni (ijtimoiy, sanoat, informatsion va boshqa) tashkil etishdan tashqari loyihaviy moliyalashtirishning bunday mexanizm va sxemalari keng loyihalar doirasida, neft va gaz manbalari yoki boshq tabiiy resurslarni qayta ishllashdan boshlanib, yirik mehmonxonalar qurish va boshqarish bilan yakunlanuvchi loyihalarda tez-tez qo‘llanila boshlandi.
Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishni O‘zbekistonda rivojlantirish uchun quyidagilar talab qilinadi:

  • siyosiy barqarorlik va davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatidagi aniqlilik;

  • loyihaviy moliyalashtirishning qonuniy asosini shakllantirish;

  • loyihaviy moliyalashtirishning mexanizmlariga davlatning ko‘maklashuv tizimini yaratish (jumladan, moliyaviy);

  • menejer kadrlarni tayyorlash va ularning amaliy tajriba to‘plashlarini ta’minlash;

kapital va hosilaviy moliya instrumentlari bozorining keyingi rivojlanishiga erishib borish7.

Download 123.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling