Mavzu: O’zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirish muammolari. Kirish


Milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida loyihaviy moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlari


Download 123.03 Kb.
bet3/7
Sana24.12.2022
Hajmi123.03 Kb.
#1056372
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI 3

2. Milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida loyihaviy moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlari
O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishda bank kreditining moliyalashtirish manbalari ishtirokini belgilaydigan omillar orasida raqobat muhitining bo‘lishi va umuman Markaziy bank olib borayotgan pul-kredit, foiz siyosati hamda bank institutlari strategiyasi asosiy o‘rinda turadi.
Bugungi kunda investitsion faoliyat samaradorligini oshirishning o‘zak yo‘nalishi - bu risklar bilan hisoblashish va ularni minimallashtirish yo‘llarini izlashga yo‘l beradigan loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirishdir. Oldindan belgilab qo‘yiladigan muddatlarda ssudalarni qaytarish majburiyligi va kreditning to‘lovliligi asosiy kapitalga bog‘lanadigan investitsiyalardan oqilona foydalanishga olib keladi va ishlab chiqarish quvvatlarini o‘z vaqgida ishga tushirish va o‘zlashtirish uchun mas’uliyatni oshiradi3.
Investitsiyalarni kreditlashni iqgisodiy asoslangan holda tashkil qilish kapital xarajatlarni faoliyatning pirovard natijalari bilan uzviy bog‘lashni ta’minlashga yordam beradi, samaradorlikni oshirishda eng tejamkor variantlarni tanlashda manfaatdorlikni oshiradi va foydani o‘stirish imkoniyatlarini faol izlashga turtki beradi, foyda esa qarzning asosiy summasini va uning foizini kaytarishning manbai bo‘ladi.
Banklarning kredit siyosati mablag‘larni eng zarur loyihalarga samarali qo‘yishga yo‘naltirilishi kerak, bu esa resurslar tarzida uzoq muddatli depozitlarni jalb qilishni talab etadi. Bizning nazarimizda, markazlashtirilgan kredit resurslarini boshqarishning taqsimot tizimidan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Ularni yanada yaxshiroq boshqarish uchun kredit resurslaridan foydalanishni banklarning pul-kredit siyosati ustuvorliklariga rioya qilishi bilan bog‘lash lozim.
Pul jamg‘armalarini safarbar etish va ularning qayta taqsimlanish samaradorligini oshirish, shuningdek bank tizimiga ishonchni ko‘tarish va moliyaviy vositachilik darajasini o‘stirish uchun turli mulkchilik shakllariga asoslangan yangi mintaqaviy universal tijorat banklarini tashkil qilish zarur. Yangi universal tijorat banklarini tashkil qilish bank tizimidagi markazlashuvni pasaytiradi, undagi raqobatni kuchaytiradi, kreditlarni samarali joylashtirish imkoniyatlarini yaratadi va banklar portfellari diversifikatsiyasini kengaytiradi, oxir-oqibat risklarni, bank ishidagi zaifliklarni kamaytirishga olib keladi.
Turli tijorat banklarining iqgisodiy erkinliklarini kengaytirish, vaqtinchalik bo‘sh turgan pul resurslarini qayta taqsimlashda ularning rolini mustahkamlash maqsadlarida depozit, kredit siyosatini olib borishda, ssudalar bo‘yicha foizlarni tabaqalashtirishda ularga mustaqillik berish lozim. Passivlar va aktivlarni diversifikaiiyalash, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish masalalari bank tizimining ikkinchi darajasida hal qilinishi kerak. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda banklarningishtirokini kengaytirish uchun iqtisodiyotning real sektoridagi zaruriy loyihalarga loyihaviy moliyalashtirish asosida bir necha banklar yoki kredit muassasalari tomonidan sinditsirlashtirilgan kreditlar berish mexanizmini ishlab chiqish lozim. Kredit uyushmalari tashkil etishni tezlashtirish va bu uyushmalar a’zolarining mablag‘larini birlashtirib, o‘zini tez oqlaydigan loyihalarga imtiyozli foiz bilan o‘z a’zolariga ssuda tarzida berishni tashkil qilish maqsadga muvofikdir. Kredit uchun foiz stavkasini operatsion xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydigan darajada belgilash mumkin.
Davlat moliya institutlari g‘oyat riskli, lekin ustuvor tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan, etarli darajada kreditga qobillikka ega bo‘lmagan va qarz mablag‘larga muhtoj korxonalarning asosiy va aylanma kapitalini kengaytirishga uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratishlari lozim. Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik korxonalarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda kreditning rolini kuchaytirish uchun zaruriy tadbirlar: eksport hajmini oshiradigan, mahalliy mineral xom ashyo resurslaridan foydalanishni yaxshilaydigan loyihalarni tanlab olish; davlatning qo‘llab-quvvatlash mablagg‘lari, xususiy kapitalni jalb etish va korxonalarning o‘z jamg‘armalari qo‘shilishini optimallashtirish; xalqaro marketing markazini va mahsulotni sotish bozorlari bo‘yicha marketing-axborot tizimlarini tashkil qilish, lizingdan foydalanishni kengaytirish va minitexnika lizingini faol joriy qilish; kredit uyushmalari tarmoqlarini tashkil etishni tezlashtirish; uchinchi shaxslarning kafilligi hisobiga kreditlarni qaytarish kafolatlarini ta’minlash mexanizmini joriy etish zarur.
Hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda loyihalar ishonchli axborot negizini ta’minlab, loyihalar resurs bazasi sifati hamda ularni jalb etish qiymatini baholagan holda kreditlashni sinditsiyalashtirilgan usulini qo‘llash talab qilinadi. Moliyalashtirishning aytilgan usullari qarzga xizmat ko‘rsatish uchun moddiy kafolatlar etarli bo‘lmagan takdirda risklarni taqsimlashga yordam beradi.
Investitsiya loyihalari bo‘yicha ekspertiza, tanlab olish va qarorlar qabul qilishni to‘liq, ishonchli va zamonaviy axborotlar asosida o‘tkazish kerak. Bunda loyihalarni baholash ko‘rsatkichlari tizimidan foydalanish tavsiya etiladi.


Download 123.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling