Mavzu: O’zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirish muammolari. Kirish


Download 123.03 Kb.
bet2/7
Sana24.12.2022
Hajmi123.03 Kb.
#1056372
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI 3

Kurs ishining predmeti- O’zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirish va unga ta’sir etuvchi omillarga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
-O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirish tashkiliy-huquqiy asoslari o’rganish;
-Milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida loyihaviy moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilish;
-O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirishda moliya-kredit muassasalarining rolini oshirish o’rganish;
-Loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirish yuzasidan harakatdagi me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalarini ko’rib chiqish;
Kurs ishi obyekti bo’lib, O’zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirish hisoblanadi.
Kurs ishi predmenti bo’lib, O’zbekistonda loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirish bilan bog‘liq moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Kurs ishining qisqacha tavsifi. Kurs ishi tarkibi, to’rtta savollar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1.O‘zbekistonda loyihaviy moliyalashtirish muammolari va tashkiliy-huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasida loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirishdagi muammolar qatorida investitsion loyihalarning investitsiya oldi fazasida bajariladigan texnik-iqtisodiy asosnomasini talab darajasida va loyihaga ta’sir etuvchi barcha omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqish va tayyorlash bosh masaladir.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda investitsion loyihalarni sifatli tayyorlash, ya’ni ularning texnik-iqtisodiy asoslari pishiq-puxta ishlab chiqish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2017 yil 18 dekabrdagi PQ-3437-sonli xamda “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish to‘g‘risida” 2018 yil 8 yanvardagi PQ-3464-sonli qarorlariga muvofiq investitsiya loyihalaritexnik-iqtisodiy asoslash sifatini ko‘tarish borasida ishlar olib borilmoqda2. Shunday bo‘lsa ham hozirgi qadar investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashda ko‘pgina muammolar mavjud. Investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni takomillashtirish masalalari ham, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni samarali hal etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Loyihaviy moliyalashtirishning 5-6 yillik amaliyoti mobaynida loyihalarni hayotga tatbiq etish jarayonida texnik-iqtisodiy asosni tahlil etuvchi banklar to‘qnash kelayotgan qator muammolar mavjud. Ularni umumiy tarzda quyidagicha guruhlash mumkin:

  • investitsion loyihani ekspertiza qilish bosqichida yuzaga keluvchi muammolar;

  • investitsion loyiha bo‘yicha moliyalashtirishni ochish bosqichida yuzaga keluvchi muammolar;

  • amalda ishlayotgan investitsion loyihalar bo‘yicha muammolar (kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish va boshqalar).

1. Birinchi guruh muammolari:
a) Loyiha ekspertiza bosqichida tadbirkorlar, investorlar hali ham loyiha bo‘yicha sifatsiz va ishonchli bo‘lmagan axborotlarni taqdim etishmoqda. Ular bilan birga texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiquvchilar (loyihachi tashkilotlar, moliya institutlari) kuzatilishi mumkin bo‘lgan risklar va ularni pasaytirish, mahsulot eksporti, ishlatilishi ko‘zda tutilgan xom ashyo bo‘yicha ma’lumotlarni, marketing tadqiqotlarini puxta ishlab chiqmagan. Bu hol loyihani ko‘rib chiqish muddatini uzayishiga olib keladi. Bu muammoni hal etishda aniq tadbirlarning amalga oshirilishi muhim o‘rin tutadi, ya’ni Savdo-sanoat palatasi ko‘magi, “O‘znvestloyiha”, moliyalashtiruvchi banklar yordami hamda hokimiyat bilan birgalikda amaliyotga quyidagilarni o‘zida ifodalovchi hududlar bo‘yicha aborot-tahliliy ma’lumotlar bazasi tizimini ishlab chiqqan holda tatbiq etish maqsadga muvofiqdir:

  • hududning (rayon, shahar) umumiqtisodiy ko‘rsatkichlari;

  • mehnat, moddiy xom ashyo, ishlab chiqarish resurslari mavjudligi;

  • hudud bo‘yicha kichik biznes va tadbirkorlik rivojining salohiyati;

  • turli xildagi mahsulotlar va xizmatlarning ichki bozor marketingi;

  • hududning eksport imkoniyatlari.

Yuqoridagi ma’lumotlarning to‘la hajmda bo‘lishi salohiyatli investorlar va banklarga loyiha bo‘yicha qaror qabul qilishni tezlashishiga olib keladi. Bundan tashqari, tashqi bozorni o‘rganish maqsadida amaliy yordam sifatida maxsus ixtisoslashgan marketing kompaniyalarini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bu kompaniyalar faqat maslahat-ko‘mak vazifasini bajarib, tadbirkorlarga o‘z amaliy tavsiyalarini berishi lozim bo‘ladi. Investitsiya loyihalarida marketing xarajatlarini hisobga olishning alohida ahamiyatli tomoni shundaki, unga qilingan xarajatlar tarkibi va miqdorini tahlil etish xarajatlarning to‘g‘ri tashkil etilganligini va o‘tkazilgan tadqiqotlarning samaradorligini aniqlashga imkon beradi. Zero, ijobiy natijalarni aniqlash uchun keragicha qilingan har qanday marketing xarajatlari kelgusida qo‘shimcha xarajatlarning amalga oshirilishining oldini olish bilan birga qo‘shimcha foyda keltirishi bilan ham o‘z samarasini ko‘rsatadi.
b) Qishloq xo‘jaligi sektorida loyihalarni amalga oshirishdagi muammolar, ya’ni ekin mydonlari o‘zgarishi hisobiga xom ashyo ta’minoti tanqisligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari borasidagi narx siyosati va h.k. Mazkur muammoni hal etishda qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik tadbirlarini amalga oshirishni tezlashtirish o‘z samarasini beradi.
v) Tadbirkorning kredit olishi uchun ko‘plab keraksiz hujjatlar va ruxsatnomalar ketidan oylab yurib vaqt va pul ketkazishlariga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Buning hal etilishi uchun talab qilinuvchi hujjatlar sonini keskin qisqartirish va faqat zarur hujjatlar ro‘yxatini tuzish lozim. Shuningdek, kredit olishda foiz stavkalarini bo‘yicha imtiyozlarni kengaytirish va shu kabi tadbirlarni amalda qo‘llash foydadan holi emas.
2. Ikkinchi guruh muammolari:
a) Bankdan naqd pul olish masalasi, valyutanng joriy konvertatsiyai, import asbob-uskuna xorijiy hamkor bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi, import xom-ashyoni keltirish, mahsulotni eksport qilish va h.k. Hozirda banklarning kreditning maqsadiga qarab umumiy kreditning 50 foizini naqd pulda berishni amalga oshirmoqda. Shunday bo‘lsa ham uni olish juda ko‘p vaqt talab etishi, “tanish-bilish”lik asosida berilish hollari mavjud. Bunday holda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qiluvchi tuzilmalarning ish faoliyatini kengaytirish, faollashtirish maqsadga muvofiqdir.
b) Kredit ta’minoti masalasi. Ayni paytda Milliy bank va “Madad” sug‘urta agentligi bilan ta’minlanmagan kredit qismini qaytib kelmasligi javobgarligini sug‘urtalash tizimi ishlab chiqilgan. Umuman, kredit ta’minoti masalalsida sug‘urta tizimini faollashtirish zarur bo‘ladi. Ana shu tizim loyihalarni moliyalashtirish jarayonida tadbirkorlarga ancha qo‘l kelishi tabiiydir. Shuningdek, bank mutaxassislari va tadbirkorlar, investorlar bilan birgalikda turli seminarlarning o‘tkazilishi ham o‘zining ijobiy natijasini bera oladi.
3. Uchinchi guruh muammolari:
a) Investitsiya loyihasi bo‘yicha ob’ektlarni ishga tushirish grafigining buzilish hollari. Ko‘pincha mablag‘ yo‘qligi tufayli mijozning qurilish ishlari bo‘yicha majburiyatlarini bajara olmasligi hamda loyihani amalga oshirish ustidan nazoratning puxta o‘rnatilmaganligi bois ushbu muammo yuzaga keladi. Shuning uchun loyihani moliyalashtirishga qabul qilish (shartnoma shartlariga asosan) ob’ektni ma’lum darajada tayyorligi sharti asosida bo‘lishi, bank boshqarmalari va bo‘limlari mijoz majburiyatlarini bajarishi ustidan qat’i nazorat monitoring o‘rnatishi, grafikdan chetlashgan hollarda jazo choralarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Texnik-iqtisodiy asosda katta va murakkab ob’ektlarning muqobil variantlarini va investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini alohida nazarda tutish kerak hamda soliq amortizatsiyasi va kredit siyosatini hisobga olish, iqtisodiy hisob-kitoblar (qurilish davri, loyiha quvvati va ekspluatatsiya ob’ektini o‘zlashtirish) bajarilishi uchun aniq davrni belgilash lozim.
b) Xom ashyo etishmasligi yoki umuman yo‘qligi tufayli hamda import xom ashyoga qaram bo‘lib qolishi, sifati pastligi sababli loyiha to‘la quvvat bilan ishlamasligi. Bundan tashqari, mijozning nafaqat xom ashyo importi, balki asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha ham erkin konvertrlanadigan valyutada mablag‘larning etishmasligi. Ushbu masalalarni xal etishda mijozlarga xom ashyo resurslarini olish imkoniyatlarini ko‘rsatishda ko‘mak berish, xom ashyo etkazish bo‘yicha majburiyatlarni bajarilmasligi uchun jazo choralarini qo‘llash hamda shartnomalar bajarilishi qattiq nazorat ostiga olinishi kerak.
Ishlab chiqarishning birinchi yillarida mahsulot sifati xalqaro standartlarga javob bermasligi sababli uning eksporti qiyinlashadi. Almashuv kursini hisobga olib mahsulotni ichki bozorda sotish eksportga ko‘ra afzal bo‘lib qoladi. Bu esa kredit qaytarilishi uchun xorijiy valyutada mablag‘ etishmasligini keltirib chiqaradi. Shu bois eng avvalo, import asbob-uskuna yoki texnika-texnologiyaning sifatiga, ishlash quvvatiga e’tibor berish zarur bo‘ladi.
Umuman olganda, texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqishni takomillashtirish uchun, eng avvalo, tadbirkorlarni texnik-iqtisodiy asosni sifatli ishlab chiqish borasida o‘qitish ishlarini faollashtirish zarur. Chunki shunday hollar ham kuzatilishi mumkinki, qarz oluvchilarning loyiha texnik-iqtisodiy asosini tayyorlashdagi bilim va tajribalarining etishmasligi, maxsus investitsion-konsalting va injiniring kompaniyalari xizmati doirasining torligi sababli texnik-iqtisodiy asoslarning sifatsiz tayyorlanish hollari kuzatilishi mumkin. Undan tashqari, ayrim hollarda texnik-iqtisodiy asos bo‘yicha hisob-kitoblarning bir tomonlama ishlab chiqilishi loyihaning amalga oshirilish imkoniyatlarini chegaralaydi. Shu sababdan investitsiya loyihalari bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashda kredit muassasalari, loyiha tashabbuskorlari, konsalting va injiniring firmalarining o‘zaro hamkorlik qilish tizimini takomilashtirish, texnik-iqtisodiy asosda loyiha ishtirokchilarining o‘zaro kelishilgan manfaatlarini ta’minlashga erishish va uning hayotiyligini yuzaga chiqarish masalalarini hal etish, nafaqat, texnik-iqtisodiy asoslarning sifatida, shuningdek investitsion loyihaning yuqori samaradorlikka erishishida muhim ahamiyatga egadir.
Mamlakatimizda loyihaviy moliyalashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiya loyihalarining ekspertizasini amalga oshirishda davlat va yakka tartibda yondashuvni ta’minlash, byurokratizm, rasmiyatchilik va sansalorlik faktlariga qat’iyan chek qo‘yish va oldini olish, ekspertiza natijalari uchun mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-554-sonli “Investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Bu esa investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqishni takomillashtirishda muhim amaliy qadam bo‘ldi.
Investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asossi ishlab chiqarish omillariga, shart-sharoitlariga mahalliy bozor sharoitiga bog‘langan bo‘lishi, tahlil natijalari esa xarajatlar, daromadlar va sof foyda qismini yaqqol ko‘rsatib berishi lozim.
Loyihani investitsiyalash bo‘yicha qaror texnik-iqtisodiy asosdan so‘ng qabul qilinishi bois loyiha g‘oyasini baholash uchun bunday tadqiqotga mablag‘ ajratishdan oldin dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash chuqur va atroflicha olib borilishi kerak.
Muqobillarni loyihalarni puxta tahlil etish dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash bosqichida alohida o‘rin egallashi lozim. Xususan, tahlil tadqiqotning quyidagi sohalarida aniqlanuvchi turli xil muqobillarni qamrab olishi lozim: loyiha strategiyasi; bozor taxlili va marketing konsepsiyasi; xom ashyo, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish materiallari; loyihaning joylashish maydoni va atrof-muhit; doimiy xarajatlar; mehnat resurslari, xususan, boshqaruv xodimlari, ishchilar uchun ish xaqi sarflari, shuningdek professional o‘qitishga talablar va unga doir xarajatlar; loyihani amalga oshirish ro‘yxati va byudjetini tuzib chiqish.
Yuqorida keltirilgan omillar ta’siri moliyaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan baholangan bo‘lishi lozim.
Ishlab chiqarish xarajatlarini yakuniy baholash, shuningdek moliyaviy va iqtisodiy foydaliligini alohida hisoblash loyiha o‘lchami bo‘yicha barcha muhim jihatlarni va ular bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda to‘g‘ri aniqlangandagina maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tavsiyasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, tadbirkorlar, barcha investorlar mazkur tavsiya asosida texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqishi foyda keltirishdan holi emas, chunki ushbu tavsiya xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Shuningdek, investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini “YUNIDO” uslubiyoti asosida ishlab chiqish uning sifatini yanada oshiradi. “YUNIDO” tomonidan taklif qilingan texnik-iqtisodiy asosni tayerlashga bo‘lgan yondashuvlar investitsiyalarga ko‘maklashuvchi tashkilotlar, banklar, davlat vazirliklari va boshqa oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, maslahat firmalari va investorlar tomonidan qabul qilingan.
“YUNIDO” uslubiyoti bozor sharoitlariga o‘tish davri iqtisodiyoti uchun juda foydali bo‘lib, mazkur uslubiyot nafaqat yangi investitsiyalar uchun, balki korxonalarni modernizatsiyalash, kengaytirish va sog‘lomlashtirish loyihalari uchun ham juda qo‘l keladi. “YUNIDO” uslubiyotini joriy etish (qo‘llash) investorlar, qo‘shma korxonalar bo‘yicha hamkorlar, maslahat firmalari, uskuna etkazib beruvchilar uchun xam foydali bo‘lib, hamkorlarning bir-biri bilan o‘zaro aloqalarini engillashtiradi va investitsion takliflar sifatini yaxshilashga ko‘maklashadi. Aytish mumkinki, “YUNIDO” uslubiyotining keng tarqalishi investitsion takliflar hamda texnik-iqtisodiy asoslash sifatini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Hozirda texnik-iqtisodiy asosdagi ko‘rsatkichlarni baholashda “YUNIDO”ning dasturli vositalaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ular orasida COMFAR (Computer Model for Feasibility Analysis and Reporting) va PROPSPIN (PROject Profile Screening and Preappraisal Information system)lar loyiha tahlili uchun zarur bo‘lgan turli xil iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni aniqlashda, shuningdek, moliyaviy va iqtisodiy tahlil uchun (personal kompyuterlarga kiritligan maxsus dastarlar asosida) qo‘lllaniladigan standartlashtirilgan imitatsion modeldir.
“YUNIDO” uslubiyotiga muvofiq investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda pul oqimlari tarkibidagi pul tushumlari va chiqimlari barcha faoliyat turlari (operatsion, investitsion va moliyaviy) bo‘yicha hisobga olish lozim. Bu loyihaning hayotiyligini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Mamlakatimizda ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishda hududning iqtisodiy holati va imkoniyatlari, shuningdek, investitsion jozibadorligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish zarur.
O‘zbekistondagi ichki va tashqi investorlar uchun investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqishi uchun zarur ma’lumotlarni erkin olish imkoniyatlarini ta’minlash mexanizmini samarali samarali yo‘lga qo‘yish kerak. Buning uchun har bir vazirlik va tashkilotlarda ma’lumotlar olishning erkinligini va ular bilan tanishish imkoniyatini ta’minlash hamda texnik-iqtisodiy asosnomalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan konsalting-reyting agentliklari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishni davlat tomonidan iqtisodiy rag‘batlantirish, xususan, xorijiy va xalqaro investitsion reyting, konsalting agentliklari bilan hamkorlikda qo‘shma muassasalarni yoki ularning filiallarini tashkil etish tavsiya etiladi.
Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish borasidagi muammolarlarning echimini topish maqsadida amaliy tadqiqotlar natijasida aniqlangan quyidagi muammolarni ko‘rib chiqamiz va ularni xal qilish yo‘llarini keltirib o‘tamiz.
Investitsionloyiha tashabbuskorlarining texnik-iqtisodiy asoslash masalalari haqida habardor emasligi:

  • texnik-iqtisodiy asoslashning o‘rnatilgan standartlarga mos kelmasligi;

  • amalga oshirilishi ko‘zlanayotgan loyihalarda marketing tadqiqotlarining mavjud emasligi;

  • chet bilan aloqalar o‘rnatishni ko‘zlagan tashabbuskorlarning bojxona jarayonini bilmasligi.

Loyiha tashabbuskorlari sifatida namoyon bo‘luvchi tadbirkorlarda, aynan, loyihalashtirish va marketing tadqiqotlari o‘tkazish borasida etarli borasida etarli bilimga ega emasliklari ko‘pgina istiqbolli loyihalarni amalga oshirilishida to‘siq bo‘lmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri potensial loyiha tashabbuskorlarining investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga ko‘mak va maslaxatlar beruvchi maslahat xizmatlari infratuzilmasi etarlicha rivojlanmaganligidadir.
Kuchsiz tayyorlangan texnik-iqtisodiy asosnoma yoki biznes-reja mahalliy tadbirkorlarga loyihaning boshlang‘ich bosqichlaridayoq xarib qilinayotgan uskuna va texnologiya tanlovida qiyinchiliklar tug‘diradi. Kamdan-kam hollarda tadbirkorlar taklif qilinayotgan uskunaning narx va sifat mezonlari bo‘yicha raqobatbardoshliligini baholay oladi.
Shu bilan bir vaqtda tadbirkorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilar bilan emas, balki vositachilar bilan shartnomalar imzolashidi. Bu narsa investitsion loyihaning qiymatini oshishiga sabab bo‘ladi. Albatta bu masala ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
Eng kuchsiz tomonlardan yana biri bu texniq-iqtisodiy asosnomadagi marketing tadqiqotlari hisoblanadi. Albatta mahalliy bozorlar tadbirkorlarimiz tomonidan o‘rganib chiqilishi mumkin, ammo xorijiy bozorlarni o‘rganishda ularda etarli imkoniyatlar hozircha bor deb aytib bo‘lmaydi. Bu masalalarda xorijiy sheriklarning ishtiroki as qotishi mumkin.
Shuningdek, yana bir muammo tadbirkorlarimizning loyihani amalga oshirish uchun kerakli miqdordagi mablag‘larni (o‘zlik, qarz, jalb qilingan) texnik iqtisodiy asosnomada to‘g‘ri ko‘rsata olmasligi va qarzga jalb qilgan mablag‘larini kelajakda qoplash imkoniyatlarini baholay olmasligi texnik-iqtisodiy asosnomaning sifatsizligini ko‘rsatadi, umuman loyio‘aning samarasiz yakunlanishiga olib keladi (agar loyihaga qo‘l urilgan bo‘lsa).
Bu kabi muammolarni xal qilish uchun quyidagilarni amalga oshirishimiz mumkin:

  • maxsus konsalting va injiniring kompaniyalarning xizmatlaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

  • banklarda yuqori malakali mutaxassislardan tashkil topgan maxsus tuzilmaviy bo‘linma tashkil qilish;

  • eksportyorlar bilan uskunalar va tovarlar etkazib berilishi bo‘yicha shartnomalar tuzishda “xaridor omborxonasiga” - DDU-delio‘eried duty unpaid (named place of destination) shartidan foydalanish.

Yuqoridagi muammolarni hal qilishda konsalting va injiniring roli kattadir. Ular texnik-iqtisodiy asosnoma ishlab chiqish va marketing tadqiqotlarini olib borishda tadbmrkorlarga malakaviy yordam ko‘rsatishlari mumkin.
Bu boradagi yana bir echim banklarda yuqori malaka va ish tajribasiga ega mutaxassislardan tashkil topgan maxsus bo‘linma tomonidan loyiha tashabbuskorlari bo‘lgan tadbirkorlarga investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va moliyalashtirilishi borasida konsalting va injiniring xizmatlarini ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yishdir. Mazkur yo‘lning ustunlik tomonlari shundaki, ko‘pgina yirik loyihalar banklarning qarz mablag‘laridan foydalangan holda amalga oshirilishi, loyihaning puhta ishlab chiqilib, hayotga samarali tatbiq etilishini ta’minlab berishi mumkin.
Loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshirishda “xaridor omborxonasiga” shartidan foydalanish loyihaning daslabki bosqichlaridayoq butun shartnoma bo‘yicha moliyalashtirish ishlarini olib borish imkoniyatini yaratadi. Bunda butun shartnoma qiymati tarkibiga etkazib berish xarajatlari, yukni sug‘urtalash, bojxona jarayonidan o‘tishdagi xarajatlar kiradi. Bu improt qiluvchi tadbirkorning ortiqcha o‘rinishlardan xolos etadi.
Shunday holatlar yuzaga kelishi mumkinki, xorijiy investorlar o‘z kapitali sifaida xorijiy uskunalarni yangi tashkil qilinayotgan korxona ustav fondiga ulush sifatida orttirilgan bahalarda kiritishi mumkin. Bunday holatda xorijiy investorning ulushi asosiz ravishda korxonaga naqd pul tikkan mahalliy investorlarga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Bundan tashqari, banklarning mutaxassislari ortiqcha baholangan qiymatli aktivlarni tezda aniqlashadi. Bu o‘sha aktivni garovga qo‘yish orqali qo‘shimcha moliyalashtirishga kreditlar jalb qilish imkoniyatini yo‘qqa chiqarishi va butun loyihani amalga oshmasligiga olib kelishi mumkin. Boshqa bir tomondan kamaytirilgan baholar ham bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunda loyihaning kompleks ekspertizasida loyihaning haqiqiy tqlio‘ xarajatlari bahalanmaydi va bu keyinchalik loyihaga mablag‘lar etishmasligiga, loyiha amalga oshmasligiga olib kelishi mumkin.
Bu kabi muammolarni xal qilishda quyidagicha yo‘llar tutish mumkin:

  • axborot agentliklari, maslahat xizmati firmalari, kredit koopirativlari, uyushmalari va fondlari, ko‘chmas mulk agentliklari va garov ta’minotini tashkil qilish institutlari kabilarni birlashtiruvchi nobank xizmatlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish;

  • mamlakat viloyat, shahar va tumanlarida maxsus marketing markazlarini tashkil qilish;

  • zamonaviy axborot uzatish usullaridan foydalanish orqali yagona va doimiy yangilanadigan investitsiya takliflari ma’lumotlar bazasini yaratish va unga internet tarmog‘i orqali kirish imkoniyatini ta’minlash.

Mamlakat viloyat, shahar va tumanlarida tashkil qilinadigan marketing markazlari kamida quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi kerak bo‘ladi:

  • tadbirkorlarga marketing tadqiqotlarini olib borishga va kelajakda tovarlarni eksportga chiqarishga ko‘maklashish;

  • risklar tahlili va eksportbop tovarlar chiqarish talablari va parametrlari bo‘yicha tavsiyalar berish;

  • tender asosida yuqori xalqaro standartlar talablariga javob beruvchi texnologik uskunaning tanlovini ta’minlash kabi vazafalarni bajarishi talab etiladi.

Tovarlar miqdori haqida noto‘g‘ri deklaritsiya berish:

  • aytilganidan, yoki belgilanganidan ko‘ra ko‘p yoki kam miqdorda tovarlarni yuklab jo‘natish;

  • o‘rnatilgan kvotalarga amal qilmaslik;

  • reserslardan noto‘g‘ri (noratsional) foydalanish.

Davlat o‘z zimmasidagi vazifalarni bajarishda muayyan tovar turlari importi yoki eksportiga ma’lum cheklovlar o‘rnatadi. Bunday vaziyatda noto‘g‘ri deklaratsiya beruvchilarning maqsadi o‘rnatilgan tartib-qoidalarni chetlab o‘tishdir. Bu davlat manfaatlariga ziyon etkazishi mumkin.
Boshqa bir tomondan noto‘g‘ri deklaratsiya berish investitsiya maqsadlarida tovar va uskunalarni kiritilayotgandek ko‘rsatgan holda, soliq va bojxona to‘lovlarnidan ozod kilingan holda olib kirib, keyinchalik bu ortiqcha miqdorni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga sotish maqsadida amalga oshiriladi.
Shuningdek, tovarlar yoki uskunalar birligi kam qilib ko‘rsatish kam bojhona bojlarini to‘lash hamda kam qilib ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan kamroq daromad olishni ko‘rsatish qiyin bo‘lmaydi. Bu esa soliq bazasini kamayishi olib kelishi bilan kam soliqlar tulashga olib keladi va soliqning bir qismini yashirgan, jinoiy ishga qo‘l o‘rgan hisoblanadi.
Bunday xolatlarni bartaraf etishda quyidagicha yo‘l tutish mumkin:
Olib kirilayotgan mahsulotning real bozor narxini tahlil qilish bilan loyihani atraflicha kompleks ekspertiza qilish.

  • mahsulot sifatining rasmiy belgilangan standartlarga mos kelmasligi:

  • tovarlarning o‘rnatilagan qonunlarda nazarda tutilgan standartlarga muvofiq kelmasligi;

  • aholi sog‘ligi va xavfsizligiga raxna solish;

  • marketing tadqiqotlarini o‘tkazish imkoniyatini boy berish.

Potensial investorlar loyiha hayotiylik ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida loyiha hisob-kitoblariga dastlabki yillardanoq valyuta mablag‘lari ko‘rinishida eksport tushumlarini ko‘rsatadi. Biroq bunday vaziyatda ko‘pincha ishlab chiqarilgan mahsulotning sertifikatlashtirilishi hisobga olinmaydi.
Amaliyotda eksport uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayoni uzoq vaqtni oladi va oqibatda loyiha hayotiyligi ushlab turish maqsadida loyiha mahsulotining katta qismini mahalliy bozorlarda sotishga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, ko‘pgina loyihalar haqiqatda texnik-iqtisodiy asosda ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsada, eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Sifat va raqobat jihatdan jahon bozorlaridan siqib chiqariladi. Ayniqsa, bu holat amalga oshirilayotgan loyiha bo‘yicha import qilinadigan xom ashyoga kvotalar o‘rnatilgan bo‘lsa yanada murakkablashadi.
Shu tariqa tadbirkorlar jaqon bozorlarida vujudga kelgan murakkab raqobat muhitiga duch kelishadi, ustiga-ustak yangi tashkil qilingan korxona ekport borasida shaxsiy tajribaga hamda ekspartyorlarga ko‘maklashuvchi institutlarga ega emas. Bularning barchasi loyihaning hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritilgan taqdirda ham amalga oshmasligiga olib kelishi mumkin.
Demak ko‘rib o‘tgan bu muammoni xal etishda quyidagi yo‘llardan foydalanishimiz mumkin:

  • milliy tovarlar va xizmatlar eksportining harakati hamda moliyalashtirilishini amalga oshiruvchi maxsus Muvofiqlashtirish markazlarini tashkil qilish;

  • shuningdek, O‘zbekiston tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish maqsadida uzoq va yaqin xorij davlatlarida “Savdo uylari” sifatida Markazning tarkibiy tuzilmalarini ochish;

  • mahalliy o‘zbek tovar va xizmatlarini imtiyozli bank kreditlari vositasidaxorijiy importyorlarga sotishni rag‘batlantirish.

Muvofiqlashtiruvchi markaz mahalliy ishlab chiqaruvchilar harakatini jahon iqtisodiyotida sodir bo‘ladigan u yoki bu salbiy ta’sirga ega o‘zgarishlar tendensiyasi oqibatlarini yumshatish, iste’mol talablari o‘zgarishiga ta’sir o‘tkazishtayyor mahsulotlar oqimini nisbatan talab yuqori bo‘lgan jahon bozorlarga yo‘naltirish uchun muvofiqlashtirib borishi mumkin.
Turli iqtisodiy va siyosiy holatlarning vujudga kelishi ta’siri natijasida loyiha o‘zining bor quvvatiga chiqa olmasligi holatlari vujudga kelishi mumkin. Bu vaziyat agar loyihaga qarz yoki kredit mablag‘lari jalb qilingan bo‘lsa, ular bo‘yicha asosiy qarz va foiz to‘lavlarini to‘lash muddati etib kelgan holatlarda yana ham murakkablashadi. Bu to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishi kechikishi natijasida jarima va penyalar hisoblanadi va loyiha ahvolining yana ham yomonlashuviga xatto to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin.
Bu masalani xal qilishda:

  • investitsiya loyihalariga ko‘maklashishning davlat dasturini ishlab chiqish;

  • loyihaviy risklarni pasaytirish maqsadida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish;

  • loyihani moliyalashtirish bo‘yicha ishtirokchilar va manbalar tuzilmasini muvofiqlashtirish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Loyihani amalga oshirish jarayonida qonuniy-me’riy hujjatlarning o‘zgarishi:

  • loyiha paramertlaridan chetga chiqish;

  • ishlab chiqarishning norentabellik sababli tuxtashi;

  • tadbirkorlarda iqtisodiy va huquqiy bilimlarning etarli emasligi.

Bu kabi muammolar loyihaning tuxtab qolishiga ta’sir qiluvchi salbiy omillar desak xato bo‘lmaydi.
Bu muammani echishda investitsiya loyihasini amalga oshirilishi jarayoni davomida qonuniy-me’yoriy hujjatlardagi o‘zgarishlarning kamida moliyalashtirish tugaganga qadar aynan o‘sha loyihalarga ta’sir qilmasligi, qo‘llanilmasligining davlat kafolatini ta’minlash kabi choralarni qo‘llash o‘z samarasini berishi shubhasizdir.
Loyihaning barcha ishtirokchilarni qonunchilikdagi barcha o‘zganishlardan o‘z vaqtida xabardor qilish maqsadida radio-televidiniyalardan foydalanishni kengaytirish maqsadga muvofiq.


Download 123.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling