Ular shunchaki soved hukumati uchun daromad manbai edi holos… Bu holatda bizni zalolatdan faqatgina ta`lim va tarbiya qutqarar edi. Yurtimizni erk uchun yetaklaydigan yagona narsa ham shubhasiz ta`lim edi. Bu davrda xalqimiz orasidan o`z salohiyati ila ajralib chiqqan bir guruh vatandoshlarimiz JADIDCHILIK harakatiga asos soldi. Bu harakatning asoschilari Mahmudxo`ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonovlar edi. Ular soved xukumati tashkil etgan darsliklarga qarshi ravishda yangicha o`qitish metodikasi va darsliklarini ishlab chiqdilar. 1922-yilda Jadidlar tomonidan mamlakat taraqqiyoti uchun katta islohot amalga oshirildi. Turkiston va Buhorodan 70 nafar iqtidorli yigit-qizlar Germaniyaga ta`lim olish uchun yuborildi. Ular agronomiya, Pedogiga, Sanoat va shunga o`xshash davlat rivoji uchun muhim bo`lgan sohalarda ta`lim olib yurtimizga qaytib kelishdi. Hamda o`zi ta`lim olgan sohalarda mamlakatimizni bor kuchi ila rivojlantirdi. Tayyor boylik manbai hisoblangan Turkistonni qo`ldan boy berishdan havotirga tushgan Sovet hukumati ularga turli ayblar qo`yib, har xil qiynoqlar bilan ularni vahshiylarcha qatl ettirdi. Tarbiya va maktab ta`limi Mamlakatni dunyo ayvonida yuqori natijalarga erishishida va taraqqiy etishida eng asosiy resurs inson resursi hisoblanadi. Insonni mamlakat uchun foydali shaxs bo`lib yetgungacha bo`lgan jarayonda esa tarbiya, jamiyat va maktabning o`rni beqiyos. Oliy ta`limni, maktabda berilayotgan ta`limni aybdor qilaveramizu, lekin hech o`ylab kormaymiz!? Bir eslab ko`ringa maktabdan qaytayotganimizda hech qaysi birimizning ota-onamiz: “Maktabdan nima o`rganib kelding” – deb savol bermagan, aksincha “Bugun nechta baho olding” – degan savol bot – bot yangragan. Natijada biz baho uchun o`qishga odatlanganmiz. Darslardagi asosiy maqsadimiz nimadir o`rganish bo`lmagan, baho olsak bo`ldi degna hayol bilan ta`lim olganmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |