Mavzu: O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investitsion muhitni oshirishning samarali yo’llari. Reja


Buyuk Britaniya kompaniyalarining investitsion faoliyati tarmoq tarkibi


Download 1.38 Mb.
bet8/11
Sana03.12.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1798205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va in-fayllar.org

4. Buyuk Britaniya kompaniyalarining investitsion faoliyati
tarmoq tarkibi

Buyuk Britaniyaning xorijiy mamlakatlardagi eng yirik aktiviga ega bo`lgan korporatsiyalari kimyo va nеft qazib olish, sanoat korxonalari, oziq-ovqat va ichimlik suvi hamda sharbatlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar, tamaki ishlab chiqaruvchi korxonalar shuningdek elektr texnika, umumiy mashinasozlik kompaniyalari hisoblangan. Uning to`g`ridan-to`g`ri yo`naltirilgan investitsiyalari asosan sanoati rivojlangan Еvropa mamlakatlariga qaratilgan edi. Xullas, hozirgi kunda mamlakat kapital qo`yilmalarining 75 %i rivojlangan davlatlarga, 25%i esa rivojlanayotgan davlatlarga to`g`ri keladi.
Britaniya TMKning ustunlik tomoni shundaki, ular qudratli London banklarining yordamiga tayangan holda faoliyat ko`rsatadi. Angliyaning yirik “katta to`rtlik” banklari (“Barkleyz bank”, “Neshnl vestminster bank”, “Middland bank”, Lloyd bank”) xalqaro krеdit sohasida muhim ahamiyatga egadir. Xalqaro moliya markazlarida joylashgan, yirik resurslarga va keng masshtabda tarqalgan filiallar tizimiga ega bo`lgan ushbu banklar xalqaro ssuda kapitali bozori hisoblangan еvrovalyuta bozorida muhim rol o`ynamoqda.
Angliyaning TMKlari kapitalni nafaqat depozit banklardan, balki ixtisoslashgan savdo-investitsiya banklaridan (“bankirlar uyi”), shuningdek nafaqa jamg`armalari va sug`urta kompaniyalaridan ham oladilar. Shuning uchun ham xalqaro TMKlar doimo banklar bilan yaxshi munosabatda bo`ladi. Masalan, “British petroleum” kompaniyasi doimo “Neshnl Vestminster bank” ning mijozi va “Danlon xolding” kompaniyasi doimo “Barkleya bank”ning mijozi hisoblanadi. 

Britaniya korporatsiyalari xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining muhim omillaridan biri texnika va texnologik jihatdan ustunligidir. Endi mamlakat yirik TMKlarining ba'zilari bilan tanishib chiqamiz.


Angliyaning “British petrolium PLK” korporatsiyasi jahonning eng yirik nеft monopollaridan biri bo`lib, u 1909 yilda tashkil topdi. Korporatsiya jahon mamlakatlarining sanoat korporatsiyalari orasida 6-o`rinda, noamerika korporatsiyalari ichida esa 2-o`rinda turadi. Korporatsiya aktsiyalarining 48-49 %i davlatga tegishlidir. “British petrolium” korporatsiyasi xalqaro kartellar tashkilotining a'zosi bo`lib, yiliga 163-165 mln.t. nеft mahsuloti -3,5-4 mlrd. kub m. tabiiy gaz, 17-18 mln. t. ko`mir qazib oladi. Bundan tashqari yiliga 2,5-3 mln. t. siqilgan gaz va shuningdek 114,5 mln. t.ga teng bo`lgan 111 ta tanker va 26 ta davlatda umumiy quvvati 120 mln. t.ga ega bo`lgan 38 ta nеftni qayta ishlash zavodlari ustidan (Angliya, Fransiya, Germaniyada 4 tadan nеftni qayta ishlash zavodlari ustidan, AQSHda 3 ta zavod ustidan, Kanada va Avstraliyada 2 tadan zavodlar ustidan, Irlandiya, Belgiya, Gollandiya, Shvetsiya,Shveytsariya, Turkiya, Kipr, Yaman, Sinegal, Burkina-Faso, JAR, Sеrra-Lione, Keniya, Nigeriya, Sudan va boshqa davlatlarda 1 tadan nеftni qayta ishlash zavodlari) ustidan o`z nazoratini o`rnatgan.
90-yillar boshida va hozirgi kunda ham “British petrolium” kompaniyasi mamlakatning kimyo sanoatidagi eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning etilen, propilen, bo`tadien, plastmassalari ishlab chiqaruvchi zavodlari 6 ta xorijiy mamlakatda joylashgan. XX asrning 70-yillaridayoq kompaniyaning ximiya sanoat korxonalari Еvropa Hamjamiyati davlatlari ichida birinchi bo`lib nеft va nеft mahsulotlaridan sintetik mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashdi. 

“Bat indastriz PLK” korporatsiyasi 1902 yilda tashkil topgan bo`lib, jahonda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksporti bo`yicha eng yirik monopoliyalaridan biridir. “BAT” korporatsiyasi yiliga 350 dan ortiq sigaretalar, jumladan, 210 xil tamaki, 130 xil sigara ishlab chiqaradi. 90-yillarda kompaniya eng yirik noamerika kompaniyalari ichida 24-o`rinda turgan.Aktsiyadorlik kapitali 2885 mln.funt sterlingga teng bo`lib, dunyoning 50 dan ortiq xorijiy davlatlarida joylashgan 120 dan ortiq tamaki fabrikalari faoliyat ko`rsatadi. Kompaniya o`z mahsulotlarining asosiy qismini (deyarli 90%) tamaki fabrikalar joylashgan davlatlarning ichki bozorlariga chiqaradi, qolgan mahsulotlarni esa 180dan otiq mamlakatlarga eksport qiladi.


“BAT” korporatsiyasining shu'ba korxonalari AQSH, Germaniya va boshqa davlatlarning bozorlarida oldingi o`rinlardan birida turadi. Masalan, “Braun end Uilyamson tobako korporatsiyasi” (AQSHdagi filiali) AQSH kompaniyalari orasida sotuvlar bo`yicha 3-o`rinda turadi. Firmaning Germaniyadagi filiali “X.B. Krenanfiltr” kompaniyasi esa nafaqat Germaniyada, balki butun G`arbiy Еvropa mamlakatlarida eng yirik tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biridir. “BAT” kompaniyasining xomashyo yеtkazib beruvchi bozorlari AQSH, Kanada, Turkiya, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari hisoblanadi.
Kompaniya jahon mamlakatlarida qog`oz ishlab chiqaruvchi 26 ta fabrika ustidan o`z nazoratini o`rnatgan. Qog`oz ishlab chiqaruvchi fabrikalarning 8 tasi Belgiya, Fransiya, Irlandiya, Braziliya, Hindiston va Afrika davlatlarida joylashgan. “BAT” kompaniyasi qutilar ishlab chiqaruvchi 111 ta korxonaga ham ega bo`lib, ulardan 68 tasi Angliya va Irlandiyada, 31 tasi AQSH va Kanadada, qolganlari esa Germaniya, Frantsiya va JARda joylashgan. "BAT" kompaniyasi Buyuk Britaniyada atir-upa mahsulotlarini sotuvchi eng yirik kompaniyalardan biridir. Kompaniyaning atir-upa ishlab chiqaruvchi korxonalari 35 ta davlatda joylashgan bo`lib, ularning mahsulotlari 150 ga yaqin davlatlarda sotiladi.
Jahon bozorlarida Angliya bilan raqobat qila oladigan davlatlarning (Germaniya, Yaponiya va AQSH kabilar) soni oshib bordi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin mavqei kuchayib ketgan AQSH Buyuk Britaniyani ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan quvib o`tdi va u dunyoda sanoat mahsulotlarining eksporti bo`yicha birinchi o`ringa chiqib oldi. Xullas, Ikkinchi jahon urushidan so`nggi dastlabki yillarda Angliya sanoat mahsulotlarini 5 marta kam chiqarib, AQSH dan 3 barobar kam eksport qilgan edi.
2011-yil dekabr oyida Bishkekda Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyodagi 5-davlatdagi elchixonasining ochilishi bilan Buyuk Britaniya butun Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan to`liq diplomatik aloqaga kirishdi. Buyuk Britaniyaning mintaqadagi hamkorlik yo`nalishlari mamlakatlarning muammolariga qarab o`zgarib turadi. Masalan, iqtisodiy aloqalar Qozog`iston bilan keng yo`lga qo`yilgan. Eng ko`p invstitsiyalar ham Qozog`istonga kiritiladi. Investitsiyalar, asosan, yoqilg`i – energetika sohasiga kiritiladi. Shuningdek 2 tomonlama savdo yiliga 1 trillion funt sterlingdan oshadi.
Qirg`iziston va Tojikiston bilan savdo va investitsion aloqalar nisbatan chegaralangan, ammo bu 2 mamlakatda Buyuk Britaniyaning Taraqqiyotga ko`mak Dasturi mavjud, shuningdek, mintaqaviy idorasi Dushanbeda joylashgan Xalqaro Taraqqiyot departamenti va ko`p tomonlama hamkorliklar ishtirokchisi.
O`zbekiston va Turkmaniston bilan 2 tomonlama iqtisodiy va siyosiy aloqalar Qozog`istonga nisbatan chegaralangan.
Buyuk Britaniya 1992-yil Qozog`istonda, 1993-yil O`zbekistonda, 1995-yil Turkmanistonda va 2001-yil Tojikistonda, 2011-yilda Qirg`izistonda o`z elchixonalarini barpo etdi, shuningdek, 2007-yil Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo qabul qilgan.
Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo bilan savdosi oxirgi yillarda kuchli rivojlandi. Buyuk Britaniya Markaziy Osiyoga mashina va asbob-uskunalar hamda moliyaviy xizmatlar eksport qiladi. Eksport va importning katta qismi Qozog`iston hissasiga to`g`ri keladi.Qozog`istonga neft-gaz, konchilik, energiya quvvati va ishlab chiqarish uchun tovar va xizmatlar eksport qilsa, Qozog`istondan, asosan, mineral resurslar, mis va ishlov berilmagan neft import qiladi.
Qozog`istonning salmoqli investorlaridan biri Buyuk Britaniya hisoblanadi. Ayniqsa, ikkilamchi energiya sohasida. Energiya sohasidagi asosiy investorlar:
Neft va gaz kompaniyasi BG Group and Shell; 
Injiniring konsultant AMEK;
Texnologiya kompaniyasi Invensys. 
Shuningdek, Qozog`istonda Buyuk Britaniyaning 100 dan ortiq kichik xizmat ko`rsatish kompaniyalari faoliyat yuritadi.
Ta’lim sohasida BG Group and Shell fan nomzodlari dasturini moddiy ta`minlaydigan Qozoq-British texnika universiteti mavjud.
2014-yil 18-21 fevral davomida Qozog`istonda Britan savdo missiyasi tashrifda bo`ldi. Buyuk Britaniyaning Ostona shahridagi elchixonasi qoshidagi Buyuk Britaniya savdo va investitsiya departamenti tomonidan Buyuk Britaniya korxonolari savdo missiyasining Qozog`istondagi hamkorlari bilan nafaqat xususiy balki davlat sektorining asosiy namoyishchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Savdo missisiyasida ishtirok etuvchi korxonalar quyidagi tarmoqlarda namoyon bo`ldi:
-ta`lim;
-“yashil” texnologiyalar;
-qishloqhojaligi;
-xavfsizlik;
-telekommunikatsiya.
Unda quyidagi Buyuk Britaniya korxonalari ishtirok etdi va Qozog`iston bilan aloqalarini yanada mustahkamladi va turli kelishuv va shartnomalarni imzolab, hamkorlik yo`nalishlarini kengaytirishdi:
Dando Drilling International (£22 million);
North East-based Kilfrost, (£50 milliondan ko`p) ; 
UK Export Finance (£526 million) ;
Petrofac, KazMunaiGas Exploration Production JSC bilan hamkor bo`lgan neft va gaz sanoatiga xizmat ko`rsatuvchi; 
SUN Gold Ltd(£263 million) ;
Guildford-based Surrey Satellite Technology; 
Atkins;
Virgin Mobile Central & Eastern Europe (VMCEE) ; 
Wood Group (£3.2 million) ;
Optasense; 
Churchill College;
UCL;

The British Council.12


Endi esa Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni yanada jadallashtirish uchun kiritgan investitsiyalarning tarmoq tarkibi mamlakatlar bo’yicha diagrammalarda keltirib o’tilgan. Ular qaysi tarmoqlarga yo’naltirilganligi bilan tanishib chiqaylik. Eng avvalo O’zbekiston misolida qarab chiqaylik(3.1.1-rasm).


3.1.1-rasm ma’lumotlaridan ham ko’rinib turibdiki, eng ko`p qo`yilmalar davlat sektoriga ajratilgan bo`lib, u 37%ni tashkil etgan. Iqtisodni boshqarish sohasiga 34%, sog`liqni saqlashga 17%, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimiga 9%, “Europe Hause”ga 3% investitsiyalar ajratilgan. Buyuk Britaniya investitsiyalarining asosiy qismi ijtimoiy sohaga va iqtisodiyot sohalarini rivojlantirishga jalb qilingandir. Shuningdek mamlakatlar o’rtasida o’rnatilgan aloqalar va jalb qilingan investitsiyalarda ta’lim sohasining ham roli kattadir.

Endi esa Qozog’iston Respublikasiga Buyuk Britaniya tomonidan kiritilgan investitsiyalarning qaysi tarmoqlarga yo’naltirilganini ko’rib chiqaylik.



3.1.2-rasm
3.1.2-rasm ma’lumotlarini tahlil qiladigan bo’lsak, Buyuk Britaniya tomonidan Qozog’iston Respublikasiga kiritilgan jami investitsiyalarning eng katta qismi (35%i) iqtisodiy taraqqiyot sohasiga, keying o’rinda esa davlat sektori va mahalliy boshqarish sohalarini isloh etishga (25% va 16%) va ijtimoiy, ta’lim, sog’liqni saqlash sohalariga investitsiyalar kiritgan. Qozog’iston Respublikasi mintaqadagi eng katta tashqi davlat qarzlariga ega davlat hisoblanadi. Bu tashqi qarzlar mamlakat iqtisodiyotini yanada tez suratlar bilan rivojlanishiga o’z hissasini qo’shmoqda. Bunda Buyuk Britaniya tomonidan kiritilgan investitsiyalarning ham o’z xissasi bor.

Mintaqaning eng betaraf va iqtisodiyoti qisman yopiq bo’lgan Turkmaniston Respublikasi iqtisodiyotiga ham ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish uchun Buyuk Britaniya tomonidan amalga oshirilgan investitsion loyihalarining asosiy qismi iqtisodiy rivojlanish siyosatini taminlashga (jami investitsiyalarning 34%i) yo’naltirilgan. Qolgan tarmoqlarni ham ko’rib chiqaylik.



Shuningdek, jami investitsiyalardan davlat sektoriga 25%, aholi daromadlari boshqaruviga 18%, ta’lim tizimidagi islohotlarni yanada rivojlantirishga 16%, “Europa House”ga esa 7% investitsiyalar ajratildi.


Markaziy Osiyodagi nisbatan kichik ko’lamli iqtisodiyotga ega bo’lgan Qirgiziston Respublikasiga ham iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga Buyuk Britaniya tomonidan investitsiyalar kiritilgan. Shuningdek, Qirg`izistonga Buyuk Britaniyaning yordamlari ham ajratilga. Ular 3.1.4-rasmda ko’rsatilgan tarmoqlarga yo’naltirilgan.

3.1.4-rasm





Ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdaki, Buyuk Britaniya tomonidan kiritilgan investitsiyalarning asosiy qismi, ya’ni 31%i ijtimoiy himoya dasturini amalga oshirishga kiritilgan. Shuningdek, davlat sektori, ta’lim tizimini isloh etish, oziq-ovqat xavsizligi va qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga kiritilgan investitsiyalar investitsiyalar tarmoq tarkibida asosiylari hisoblanadi.
Buyuk Britaniyaning Tojikiston Respublikasiga kiritgan investitsiyalari 3.1.5-rasmda ko’rsatib o’tilgan.

3.1.5-rasm




3.1.5-rasm ma’lumotlarida ko’rinib turibdiki, Buyuk Britaniya tomonidan Tojikistonga kiritilgan investitsiyalarning asosiy qismi ijtimoiy himoya dasturlariga yo’naltirilgan.
Qisqacha qilib aytganda, Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo davlatlariga kiritgan invistitsiyalari tarmoq tarkibida ijtimoiy himoya dasturi, davlat sektorini qo’llab quvvatlash va iqtisodiy rivojlanish siyosatini taminlashga kiritilgan investitsiyalar asosiy o’rinni egallaydi.
Buyuk Britaniya kompaniyalari tomonidan Markaziy Osiyo davlatlariga investitsiyalar kiritilganda, asosan, qo`shma korxonalar barpo etiladi. Ular Markaziy Osiyo mamlakatlarida korxonalarini, kompaniyalarini barpo etish bilan u yerda ish o`rinlari ham yaratadi.
Buyuk Britaniyaning O`zbekistondagi investitsion faoliyati rivojlanishi
O`zbekistonning investitsion hamkorlari tarkibida Xitoy va Rossiya salmog`i yuqori. Ammo Buyuk Britaniyaning investitsiyalari ham muhim ahamiyatga ega. 3.2.1-rasmda O`zbekistonning asosiy investor mamlakatlari keltirilgan.
Ma’lumotlardan ko`rinib turibdiki, mamlakatimizga kiritilgan xorijiy investitsiyalarning uchdan bir qismi Xitoyga tegishli, keying o`rinda 27% bilan Rossiya turibdi. Janubiy Koreya Respublikasi va Niderlandiyaning ulushi 3% dan bo`lsa, Buyuk Britaniya va Malayziya 2% ulushga ega. Germaniya investitsiyalari esa mamlakat umumiy xorijiy investitsiyalarining yuzdan bir qismini tashkil etadi.

3.2.1-rasm




O`zbek – Britan aloqalarining poydevori 1993-yili noyabrda Prezident I.A.Karimovning Buyuk Britaniyaga tashrifi bilan o`rnatilgan. Hozirda ikki tomonlama aloqalarda ijobiy siljishlar kuzatilmoqda. Davlatlar o`rtasida turli darajadagi doimiy tashriflar bor. Oxirgi vaqtlarda O`zbekiston 40 dan ortiq Buyuk Britaniya delegatsiyalarida ishtirok etdi. 2013-yil 19-22-noyabrda O`zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vaziri A.X.Komilov boshchiligidagi delegatsiya tashrifi bilan yanada faollashdi. 2010-yili avgustda O`zbekiston parlamenti Buyuk Britaniya parlamenti bilan hamkorlikda Oliy Majlis guruhi tuzildi, 22 sentabrda, esa “Britaniya –O`zbekiston” gruppasi haqida memorandum imzolandi.
2013-yili 20-22 – noyabr kunlari London shahrida tuzilgan O`zbek – Britan hamkorlik kengashi savdo va og`ir sanoat bo`yicha o`tkazilgan 20-yillik yubiley yig`ini savdo iqtisodiy aloqalarning harakatlantiruvchi mehanizmi bo`lib xizmat qildi. 2012 – yil yakunlariga ko`ra O`zbekiston va Buyuk Britaniya o`rtasidagi savdo aylanmasi 206,3 mln dollari bo`ldi, undan 11,2 mln dollari eksport, 96,1 mln dollari import. 2013 – yilning yarim yilida esa ikki tomonlama savdo 60,6 mln dollarni tashkil etdi, undan 23,2 mln dollari eksport, 37,4 mln dollari importdir.
London Business Matters britan jurnalining aprel oyi sonida respublikamizning iqtisodiyoti va investitsiya salohiyatiga bag'ishlangan “O'zbekistondagi imkoniyatlar” maqolasi chop etildi.
Unda qayd qilinishicha, O'zbekiston mustaqillikka erishgach, rivojlanishda o'zining “o'zbek modeli”ga asoslangan holda, bozor iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik jamiyati orqali davlat qura boshladi. Katta qismi yoshlardan iborat bo'lgan 30 millionlik aholi, boy tabiiy-manba imkoniyatlari, yaratilgan infratizim va yuqori malakali ishchi kuchi respublika iqtisodiyoti o'sishining yuqori darajalarga erishishi va YIM ning 8 foizga oshishida asosiy faktorlar hisoblanadi.
Hozirgi kunda mamlakatda neft va gaz qazib olinishi hamda qayta ishlanishi, transport, tog'-metallurgiya kabi sohalar bo'yicha 55,4 mlrd. AQSh dollari qiymatiga ega bo'lgan 300 dan ortiq investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy ko'rsatkichlari, foydali qazilmalar va energiya zaxiralari haqida ma'lumot keltirilgan.
“O'zbekiston mazkur hududda nisbatan ko'proq diversifikatsiyalangan iqtisodiyotga ega bo'lib, keng qamrovda yengil va yuk avtomobillari, yuqori sifatli qishloq xo'jaligi texnikasi, kimyoviy, tekstil, farmatsevtika, oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish materiallari ishlab chiqaradi. Mamlakatning iqtisodiy va industrial hududlari o'z oldiga rivojlanayotgan bozorlarga to'g'ridan-to'g'ri eksportni ta'minlovchi zamonaviy transport va logistika infratizimlari bo'yicha ishlovchi yuqori texnologiyalik Qoshma korxonalar yaratishni maqsad qilib qo'ygan. Korxonalar uchun soliq bo'yicha rag'batlantirishlar, jumladan soliq va bojxona to'lovlaridan ozod etish, to'g'ridan-to'g'ri chet el investitisiyalari hajmidan kelib chiqqan afzalliklar yaratilgan”, - deb yozmoqda nashr.

tashqari, London Business nashri o'z oquvchilarini savdo-iqtisodiy sohadagi o'zbek-britan hamkorligining muvaffaqiyatli tajribasi bilan tanishtirgan. Xususan, 100 foizlik britan kapitaliga ega bo'lgan 110 dan ortiq kompaniya hamda Buyuk Britaniya investitsiyasilik 200 dan ortiq kompaniyaning faoliyatini qayd etgan. Ular orasida - UzBAT, Rio Tinto, Worley Parsons, ITE va boshqalar mavjud. O'zbekistonning imkoniyatlari haqidagi ma'lumot yakunida nashr, mamlakatimizdagi investitsiyaga oid qonunchilik mazkur hududdagi eng yetakchilardan biriligi va o'z ichiga xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalarini olganligini ta'kidlagan.


2010-yil Londondagi Siti ishbilarmonlik markazida joylashgan “Denton WildeSapte” yuridik kompaniyasining bosh idorasida “O’zbekistonda biznes uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar: atrof-muhit sektori, jumladan, Sof taraqqiyot mexanizmi” mavzusiga bag’ishlangan anjuman bo’lib o’tdi.
IBC Conferences, “British American Tobacco”, “WorleyParsons”, “Oxus Gold” va “Shell” kompaniyalari ko’magida tashkil etilgan uchrashuvda O’zbekiston iqtisodiyot vazirligi “O’zbekneftegaz”, “O’zkimyosanoat”, “O’zbekenergo” “O’zkommunxizmat” va “O’zinfoinvest” kabi mamlakatimizning yirik kompaniya va agentliklari hamda Orolbo’yi genofondini muhofaza qilish jamg’armasi vakillaridan iborat delegasiya ishtirok etdi.
Buyuk Britaniya O’zbekiston bilan turli sohalarda amaliy hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekani, Birlashgan Qirollik mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni qo’llab-quvvatlashi va anjuman yakunlari bo’yicha erishilajak ahdlashuvlarni hayotga tadbiq etishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.
Uchrashuv doirasida o’tkazilgan uchta sessiya doirasida O’zbekiston delegasiyasi a’zolari hamda “DentonWildeSapte”, “Shell”, “Worley Parsons”, “Oxus Gold”, “Macquarie Bank” va “VAT” kompaniyalari vakillarining ma’ruzalari o’qib eshittirildi.
Anjuman ishtirokchilariga O’zbekiston iqtisodiyotining bugungi taraqqiyoti, mamlakatimizdagi ekologik vaziyat, Orol muammosi, suv zahiralaridan oqilona foydalanish, xorijiy sarmoyadorlarga yaratilgan shart-sharoitlar, kimyo, elektr energiyasi va neft-gaz tarmoqlarida “Sof taraqqiyot mexanizmi” loyihasini amalga oshirish borasida hamkorlikning yangi imkoniyatlari xususida atroflicha ma’lumot taqdim etildi.
O’zbekiston delegasiyasi tomonidan ishlab chiqarish ob’ektlari va kommunal xo’jaliklarda energiya tejamkorligini oshirish, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, Orol muammosiga bag’ishlangan Toshkent konferensiyasi Harakat dasturidan kelib chiqqan holda yangi texnologiyalarni joriy qilish borasidagi imkoniyatlar va bu xususdagi aniq takliflarning taqdimotlari tashkil etildi.
Anjumanda so’zga chiqqan O’zbekiston elchisi O.Akbarov O’zbekiston ko’p yillik tarixga ega bo’lgan yosh mustaqil davlat sifatida sho’rolar tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tish davrini nihoyasiga yetkazib, ichki siyosiy barqarorlikni ta’minlashga erishgani va ayni paytda izchil tashqi siyosat yuritayotganini ta’kidladi. Britaniyalik biznesmen va mutaxassislar O’zbekistonda rivojlangan huquqiy baza yaratilganiga e’tibor qaratgan holda, mamlakatimiz bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlar mavjudligini qayd etdi. Konferensiya mavzusining dolzarbligini ta’kidlagan ishtirokchilar, shuningdek, anjumanning xalqaro ahamiyatga molikligi va unga nisbatan moliya-investisiya doiralari vakillari ham katta qiziqish bilidirganini qayd etdi.
Tashrif doirasida yurtimiz delegasiyasi vakillari “Shell”, “Worley Parsons”, “Climate Change Capital”, “Natsource” kompaniyalari hamda Britaniya savdo va sarmoya agentligi vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazdi. Britaniya tomoni O’zbekistonning atrof-muhitni muhofaza qilish hamda STM doirasidagi loyihalarni amalga oshirishda erishgan yutuqlari, mazkur sohalarda mamlakatimiz nafaqat mintaqa miqyosida, balki butun MDH hududida peshqadamlik qilayotganiga alohida urg’u berdi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo’nalishlari belgilab olindi. Uchrashuvlar yakuniga ko’ra “O’zbekneftegaz”, “O’zkimyosanoat”, “O’zkommunxizmat” hamda “O’zog’irneftgazkimyoloyiha” kompaniyalari bilan Buyuk Britaniyaning “Worley Parsons”, “Climate Change Capital”, “Carbon Resource Management” kompanyalari o’rtasida 4 ta anglashuv memorandumi hamda ahdlashuv protokoli imzolandi.
2011-yil 12 may kuni "WorleyParsons" kompaniyasi, "O'zog'irneftgazkimyoloyiha" instituti va "O'zLITIneftgaz" OAJ tomonidan tashkil etilgan "WorleyParsons Uzbekistan Engineering" qo'shma korxonasining namoyishi bo'lib o'tdi. Muhandislik markazining faoltiyati O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan sanoat sektorini rivojlantirish dasturlarida belgilab berilgan muhim yo'nalishlarga muvofiq, qator sohalarga qaratilgan bo'ladi. Asosiy yo'nalishlaridan biri ilg'or texnologiya va chet-el hamkorlarini jalb etish asosida tabiiy resurslarni chuqur qayta ishlab chiqarish hisoblangan yangi loyiha g'oyalarini izlash va ishlab chiqishdan iborat bo'ladi. Markaz shunindek, neft gaz, neftkimyo, kimyo va energetika sohalarida amalga oshirilayotgan yirik yuqori texnologik loyihalar uchun optimal texnik qarorlar ishlab chiqish bilan ham shug'ullanadi.
Shuningdek, QK amaldagi ishlab chiqarish obyektlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash bo'yicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va moliyalashtiriish uchun istiqbolli hamkorlarni jalb qilshga oid masalalarni o'rganib chiqadi. Muhandislik markazi vazifalari ichida – loyihalarning xalqaro standartlarga mos texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishida teknik hamkorlik qilish, shuningdek, mutaxassislarni loyihalashtirishning ilg'or metodikasi bo'yicha o'qitish kabilar kiradi.

2010 yil may oyida "WorleyParsons" kompaniyasi, "O'zog'irneftgazkimyoloyiha" instituti va "O'zLITIneftgaz" OAJ o'rtasida QK yaratish borasidagi Anglashuv memorandumi imzolangan. 2011 yil 17 fevralda "WorleyParsons Uzbekistan Engineering" qo'shma korxonasining nizomi va ta'sis shartnomasi tasdiqlandi.13


“British Amerikan Tobacco” kompaniyasi O`zbekistonda 1994-yildan buyon faoliyat ko`rsatadi. Uning O`zbekiston iqtisodidagi investitsiyasi 300 million Aqsh dollaridan ortiq. UzBAT ham Kent, Pall Mall, Vicery kabi sigaretlar kabi mashhur. UzBAT tomondan chiqarilayotgan sigaretlarning asosiy qismi Samarqand sigaret fabrikasida ishlab chiqariladi. Samarqand sigaret fabrikasi 1997-yilda qurilgan va yeng zamonaviy yuqori texnologiyalarga ega. U yiliga 20 milliard sigaret ishlab chiqaradi va mahalliy hamda qo`shni mamlakatlar bozorini ta’minlaydi.
UzBAT sigaralar ham ishlab chiqaradi. U sigaralar Urgut ferment zavodida ishlab chiqariladi. O`zbekistonda ishlab chiqarilgan sigaralar dunyoning 10 dan ortiq mamlakatiga eksport qilinadi, chunki u ISO 9001 xalqaro sertifikatiga ega.
2011-yil UzBAT tomonidan ishlab chiqarilgan sigareretlar soni 705 milliard donani tashkil etdi.UzBAT da 55000 ta odam ishlaydi.
Xulosa qilib aytganda, Buyuk Britaniya Markaziy Osiyo davlatlariga asosan yoqilg`i energetika sohasiga investitsiyalar kiritar ekan, chunki Markaziy Osiyo davlatlari tabiiy resurslarga boy, bu jihatda Buyuk Britaniyadan ustun. Shunday ekan mintaqada bu sohalarni rivojlantirish, investitsion muhitni yaxshilash zarur. Shuningdek ishlab chiqarish sohalari uchun imkoniyatlarni kengaytirib investitsion muhitni yanada yaxshilash zarur, chunki rivojlangan davlatlar faqatgina xomashyoga emas ishlab chiqarish va boshqa sohalarga ham ko`proq investitsiyalar kiritilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Xulosa
Har bir mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarning, jumladan, chet el investitsiyalarining ahamiyati kattadir. Har qanday davlat jahon tajribalarini o'rganmasdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan, dunyodan ajralgan holda rivojlanishi mumkin emas. O'zbekiston iqtisodiyotida chuqur iqtisodiy islohotlar, tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirilar ekan, uni chet el investitsiyalari rivojisiz tasavvur etib bo'lmaydi.
Xorijiy investitsiyalar har bir davlatning iqtisodiy o'sishi uchun katta ahamiyatga ega bo'lsada shu bilan birga ularning samaradorligi jiddiy muammolar bilan bog`liq. Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligining dastlabki yillarida inflyatsiya darajasining katta bo'lishi tufayli kapital asosan savdo sohasida ishtirok etdi. Bu holat ishlab chiqarish sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun hokimiyat tomonidan keskin choralar ko'rishni talab etadi.
Umuman, to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalarni (TTXI) va yuqori texnologiyalarni, boshqaruv ko'nikmalarini jalb qilish milliy firmalarning ishlab chiqarish usullariga muayyan o'zgarishlarni olib kiradi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan TTXI oqimini rag`batlantirish kerak.
Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari uchun yangi tarmoqlarni qaror toptirgan bir qancha yirik loyihalar amalga oshirildi. Biroq, uzoq muddatli istiqbollar imkoniyatlari hali tugaganicha yo'q. Iqtisodiyotni kompleks tarzda tarkiban qayta qurishga qaratilgan muhim investitsiya dasturlarini amalga oshirish davom etmoqda.Bunday loyihalarning O'zbekiston uchun ahamiyati – import o'rnini bosadigan va jahon bozorida raqobatlasha oladigan, yuqori darajada qayta ishlanadigan va pirovard iste'molchiga tayyor holatga etkazib beriladigan mahsulot ishlab chiqarishning asosiy qismini lokallashtirishga qodir bo'lgan amalda tayyor texnologik zanjirlarni nisbatan qisqa vaqt ichida barpo etishdir. Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to'g`ridan – to'g`ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ul ardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o'rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlantirishni ta'minlash maqsadida qabul qilingan investitsiya dasturlariga muvofiq farmatsevtika, tekstil, kimyo, neft va gaz sohalarida yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratishga qaratilgan yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutilgan.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va ular faoliyatini rag`batlantirish, investorlarni axborot bilan ta'minlovchi yagona tizim
barpo etish bilan bog`liq, ishlarni tartibga soluvchi qonun xujjatlarni amalga oshirish mexanizmlari yanada takomillashtirilishi ancha katta ahamiyatga ega. Investorlar O'zbekistondagi iqtisodiy islohotlar qanday borayotgani va uning yo'nalishlari, jamiyatimiz taraqqiyotining makroiqtisodiy ko'rsatgichlari, qonun va me'yoriy xujjatlar, shuningdek yo'riqnoma hamda axborot-bildiruv tusidagi materiallar to'g`risida to'liq va operativ ma'lumotlarga muxtoj bo'lib turibdilar. Shu munosabat bilan respublikada hisob yuritish va hisobot tizimi samaradorligi oshirilishi zarurligiga e'tiborni qaratish muhim deb hisoblaymiz. Statistika hisobotlari kechikishi, ko'p hollarda esa e'lon qilinmasligi natijasida ma'lumotlarni taqqoslashning iloji yo'q. Bu esa, xorijiy investorlar qaror qabul qilishiga jiddiy to'siq bo'lmoqda. Mohiyatan xorijiy sarmoyalar shaxsiy milliy sarmoyaviy qiymatini boshqasinikiga almashtiradi. Xavfsizlik, daromadlilik, likvidlilik va kapitalizatsiya bilan birga xorijiy sarmoyalarning ajralib turuvchi tomoni xorijiy sarmoyadorlar tomonidan aniq maqsadlarni ko'zlash hisoblanadi. Ularning jalb qiluvchi iqtisodi o'z maqsadlariga erishishga harakat qilishadi.
Bu maqsadlar:
-samaradorlik;
-ishlab chiqarish o'sishi;
-bozorga kirish;
-iqtisodiy xarakterda bo'lmagan vazifalar.
Shuning uchun o'zaro manfaatlarning mos tushishi, ishonchli munosabatlar amalga oshirish shartlarini hisobga olishning barchasi sarmoyalarni mamlakat ichida joylashtirishning asosiy ko'rsatgichlari hisoblanadi. Xorijiy sarmoyalarni ishlab chiqarishga kiritish bir tomondan ishlab chiqarish intensifikatsiyasiga turtki bo'ladi, alohida tarmoqlar rivojlanishini rag`batlantiradi. Xorijiy investitsiyalar jalb etilishi samaradorligiga ta'sir ko'rsatuvchi yuqorida aytilgan va boshqa muammolar hal etilsa, shak shubhasiz, milliy iqtisodiyot o'sishi hamda u jahon xo'jaligiga silliq kirib borishi uchun qo'shimcha rag`batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish imkoniyati yaratiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, respublika iqtisodiyotiga bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishini ta'minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarga nisbatan ochiqeshiklar siyosatini o'tkazish, mablag`larni mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta'minlovchi ustuvor yo'nalishlarda hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog`liq yo'nalishlarda mujassam qilish respublikada o'tkazilayotgan investitsiya siyosatining asosiy tamoyillaridir.
O'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning barcha shakllarini faol jalb qilishda amalga oshirilishi lozim bo'lgan tadbirlar quyidagilardan iborat:
- mamlakatning hududiy va tarmoq tizimini takomillashtirish nuqtai nazaridan investitsiyalashga ta'sir etuvchi omillarni muvofiqlashtirgan holda qulay investitsion muhitni yaratish;
- guruhlangan omillar natijasida, nafaqat, hududlarning balki barcha mikrobosqichlarda chet el investitsiyasini jalb etish bo'yicha reyting ko'rsatgichlarini hisobga olish;
- chet el investitsiyasini jalb etuvchi hamda shu asosda tova eksport qilishni ko'paytiruvchi korxonalar uchun imtiyozlarni kengaytirish;
- ayrim tarmoqlar va mintaqalarda (jumladan, erkin iqtisodiy zonalar) xorijiy
investorlar uchun real amal qilishi uchun imtiyozlar tizimini yaratish;
- investitsiya loyihalarini iqtisodiyotning makro va mikro darajasidagi ehtiyoj va imkoniyatlarni hisobga olib, ishlab chiqarish asosida xalqaro moliya institutlarining respublikamizda ochgan kredit liniyalaridan to'la-to'kis foydalanishni ta'minlash;
- chet el investitsiyalarini tez qaror qabul qilishlari uchun hisob va hisobot tizimi samaradorligini oshirish kabi qo'shimcha tadbirlarni amalga oshirish zarur;
- xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, yuqori turuvchi organlar va mahalliy xokimiyatlar o'rtasida vakolatni aniq chegaralab qo'yish;
- barqaror iqtisodiy tashqi savdo qonunchiligini, shu jumladan, erkin iqtisodiy zonalar va kontsessiyalar bo'yicha me'yoriy bazani yaratish;
- soliqlarni kamaytirish va soliq tuzilmasini soddalashtirishs;
- xorijiy investitsiyalarni sug`urtalashning samarali mexanizmini yaratish;
- iqtisodiyot tarmoqlarini monopoliyadan chiqarish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish;
- iqtisodiyotning ba'zaviy tarmoqlarini individual loyihalar bo'yicha xususiylashtirish;
- birja bozorlarida va boshqa bozorlarda aktsiyanerlik jamiyatlari aktsiyalari paketlarining bir qismini xorijiy investorlarga sotish.
Bozor munosabatlarini rivojlantirish va qonunlarga rioya qilish ham muhim vazifa bo'lib qolmoqda. Chunki, qonun ustunligi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar modelining yetakchi tamoyili bo'lib, u har qanday huquqiy davlatning asosiy mezonlaridan biridir.
Bundan tashqari, strategik tarmoqlarning katta sanoat ob'ektlarini xorijiy investorga xususiylashtirish va sotish orqali ham mamlakatga to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalar oqimini kengaytirish mumkin.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling