Mavzu. O’zbekistoning ma’muriy xududiy tuzilishi va ularning mintaqaviy rivojlanish xususiyatlari Reja


Tuman – O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy bo’linishi pog’onalari


Download 1.06 Mb.
bet4/9
Sana23.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1223820
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jasur mintaqaviy

Tuman – O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy bo’linishi pog’onalari
ichida o’rta bo’g’in bo’lib, qishloq joylaridagi iqtisodiy, xo’jalik va
ijtimoiymadaniy hayotga bevosita rahbarlik qiladi.
O’zbekiston ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, yangi tabiiy resurslarni
o’zlashtirish hamda aholi sonining o’sishi bilan ma’muriy-hududiy bo’linmalar
chegarasidagi o’zgarishlar, avvalo, qishloqdagi tuman bo’g’inlari hisobiga ro’y
beradi.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida 160 dan ortiq tuman mavjud.
O’zbekiston Respublikasiing Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida shahar
tumanlari ham mavjud.
Ma’muriy-hududiy bo’linishning yana bir bo’g’ini bo’lib - shaharlar
hisoblanadi. Madaniy va ilmiy markaz bo’lib hisoblangan shaharlar aholisining
soni, iqtisodi va sanoatining rivojlanganligi, maldaniy, ilmiy va o’quv
maskanlarining mavjudligiga harab farqlanadi. O’zbekiston Respublikasi hududida
respublika, viloyat va tumanga bo’ysunuvchi shaharlar tizimi mavjud. O’zbekiston
Respublikasining 2016 yil 30 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasida
ma’muriyhududiy tuzilish, toponimik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini
o’zgartirish masalalarini hal etish tartibi to’g’risida»gi qonun8da ushbu shaharlar
aholisi soni, ishlab chiqarish va sanoatiga qarab toifaga ajratish tartiblari ko’rsatib
o’tilgan.
Viloyat va respublikaga bo’ysunuvchi shaharlar turkumiga kamida 30 ming aholisi
bo’lgan, muhim sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan istiqbolli iqtisodiy va madaniy
markaz hisoblangan shaharlar kiradi. O’zbekiston Respublikasida bunday shaharlar
50 talfy ko’p.
Tumanga bo’ysunuvchi shaharlar toifasiga sanoat korxonalari, kommunal xo’jaligi,
davlat uy-joy fondi, rivojlangan ijtimoiy-madaniy muassasalari, savdo umumiy
ovqatlanish, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari mavjud bo’lgan hamda aholisi 7
ming kishidan kam bo’lmagan va uning uchdan ikki qismini ishchi, xizmatchi
hamda ularning oila a’zolari tashkil etgan shaharchalar va boshqa aholi manzillari
kiritiladi. Bunda mazkur aholi manzilgohining ma’muriy ahamiyati va rivojlanish
istiqbollari e’tiborga olinadi. O’zbekiston Respublikasida 66 ta ana shunday
shaharlar mavjud.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling