Mavzu. O’zbekistoning ma’muriy xududiy tuzilishi va ularning mintaqaviy rivojlanish xususiyatlari Reja


Ma’muriy-hududiy birliklarning me’yoriy-huquqiy asoslari


Download 1.06 Mb.
bet3/9
Sana23.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1223820
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jasur mintaqaviy

3. Ma’muriy-hududiy birliklarning me’yoriy-huquqiy asoslari.
Mustaqillik yillarida mamlakatning ma’muriy-hududiy bo’linishi va uning huquqiy
asoslari takomillashtirildi. Bu borada 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan
«O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal
qilish tartibi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 3 sentyabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan
«O’zbekiston Respublikasidagi ma’muriy-hududiy birliklar, aholi manzilgohlari,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fizik-jo’g’rofiy, geologik va boshqa
toponimik ob’ektlarga nom berish hamda ularning nomini o’zgartirish tartibi
to’g’risida»gi Nizom hamda O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 1996 yil
30 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponimik
ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish masalalarini hal etish
tartibi to’g’risida” gi Qonun me’yoriy asos bo’lib xizmat qiladi.
Viloyat - o’z tarkibiga boshqa ma’muriy-hududiy bo’laklarning hammasini oladi va
shu tariqa muhim tashkiliy funktsiyani bajaradi. Bu hududiy bo’linma joylarni
markaz bilan bog’lab turadigan aloqachi tuzilmadir.
Viloyat yirik ma’muriy-hududiy bo’linma sifatida barqaror bo’lishi lozim. Uning
tuzilishi, mustahkamlanishi, yiriklashishi yoki bo’linishi iqtisodiy jihatdan
asoslantirilishi lozim. Mazkur ma’muriy-hududiy birlik iktisodiyotning barcha
sohalarini kompleks rivojlanishiga olib kelishi lozim.


Guvohi bo’lganimizdek, O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy
jihatdan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahri va quyidagi o’n ikkita
viloyatdan tashkil topgan:
Andijon viloyati - Farg’ona vodiysining sharqiy qismida joylashgan. 1941 yilning 6 martida tashkil etilgan. Maydoni 4,3 ming kv. km. Andijon viloyatining ma’muriy,
iqtisodiy va madaniy markazi - Andijon shahridir.
Buxoro viloyati - respublikamizning janubi-g’arbida, Zarafshon daryosi bo’yida
joylashgan. 1938 yilning 15 yanvarida tashkil etilgan. Maydoni 40,32 ming kv. km.
Buxoro viloyatining ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi -
Buxoro shahridir. Buxoro shahri tarkibida 2 tuman bor.
Jizzax viloyati - 1973 yil 29 dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 21,21 ming kv. km.
Viloyatning ma’muriy markazi – Jizzax shahridir.
Navoiy viloyati - respublikamizning markaziy qismida joylashgan. 1982 yil aprelda
Buxoro viloyati va qisman Samarqand viloyati yerlaridan tashkil topgan.
1988 yil tugatilib, 1992 yil qayta tiklangan. Maydoni 110,99 ming kv. km.
Ma’muriy markazi - Navoiy shahri.
Namangan viloyati - respublikamizning sharqiy, Farg’ona vodiysining shimoliy
qismida joylashgan. 1967 yil 18 dekabrda qayta tashkil etilgan. Maydoni 7,44 ming
kv. km. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi - Namangan shahri.
Samarqand viloyati - respublikamizning markaziy qismida, Zarafshon daryosi
havzasida joylashgan. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 16,77 ming kv.
km. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi - Samarqand shahri.
Sirdaryo viloyati - respublikamizning sharqida joylashgan. 1963 yil 16 fevralda
tashkil etilgan. Maydoni 4,28 ming kv. km. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va
madaniy markazi - Guliston shahri.
Surxondaryo viloyati - respublikamizning janubida joylashgan. 1941 yil 6 martda
tashkil etilgan. Maydoni 20,1 ming kv. km. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va
madaniy markazi - Termez shahri.
Toshkent viloyati - respublikamizning shimoliy-sharqida joylashgan. 1938 yil 15
yanvarda tashkil etilgan. Maydoni, Toshkent shahri maydonidan tashqari, 15,25
ming kv. km. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi - Toshkent
shahri.
Farg’ona viloyati - respublikamizning sharqida, Farg’ona vodiysining janubida
joylashgan. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 6,76 ming kv. km.
Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi - Farg’ona shahri.
Xorazm viloyati - respublikamizning shimoliy-g’arbida joylashgan. 1938 yil 15
yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 6,05 ming kv. km. Viloyatning ma’muriy,
iqtisodiy va madaniy markazi - Urganch shahri.
Qashqadaryo viloyati - respublikamizning janubiy-sharqida joylashgan. 1969 yil 7
fevralda qayta tashkil etilgan. Maydoni 28,57 ming kv. km. Viloyatning ma’muriy,
iqtisodiy va madaniy markazi - Qarshi shahri.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling