Mavzu. O’zbekistoning ma’muriy xududiy tuzilishi va ularning mintaqaviy rivojlanish xususiyatlari Reja


Shahar deb - sanoat, tashkiliy-xo’jalik, boshqaruv, madaniy, transport va


Download 1.06 Mb.
bet5/9
Sana23.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1223820
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jasur mintaqaviy

Shahar deb - sanoat, tashkiliy-xo’jalik, boshqaruv, madaniy, transport va
boshqa funksiyalarni bajaruvchi (qishloq xo’jaligidan tashqari) yirik aholi
yashash manzilgohiga aytiladi. Shaharlar shuningdek, aholi soni va bajaradigan
funktsiyasi bilan boshqa aholi punktlaridan farq qiladi. Shaharchalar ham ma’muriyhududiy
birlik bo’lib, uning turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo’l
stantsiyalari va boshqa muhim ob’ektlar yaqinida joylashgan hamda kamida ikki
ming aholisi bo’lgan aholi manzilgohlari kiritilishi mumkin. Hozirgi vaqtda
O’zbekiston Respublikasida 106 ta shaharchalar mavjud.
Shaharlarning va shahar aholisining yuqori sur’atlarda o’sishiga, ular rolining
kuchayishiga va shahar turmush tarzining tarqalishi-urbanizatsiya deb aytiladi.
Urbanizatsiya nihoyatda murakkab va serqirra, ijobiy va ayrim salbiy xususiyatlarga
ega bo’lgan obektiv jarayondir. Tabiiyki, murakkab hodisa hech vaqt faqat bitta,
yagona ko’rsatkich bilan to’la qamrovli aniqlanmaydi. Binobarin, barchaga ma’lum
bo’lgan urbanizatsiyaning umumiy demografik ko’rsatkichi (hudud aholisining
necha foizi shaharlarga to’g’ri kelishi) bilan qanoatlanish ma’qul emas. Shu bois,
uni shaharlarning katta-kichikligi, yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalariga
o’xshash murakkab hududiy tizimlar, qishloq va shahar migratsiyasi, jumladan
shaharlar atrofidagi tebranma migratsiya, «qishloq urbanizatsiya», qishloq ahlining
«shaharchasiga» yashashi kabi ko’rsatkichlar bilan birga baholash lozim.
O’zbekistonnning urbanizatsiya jarayonida ham o’ziga xos, betakror yo’li bo’lmog’i
tabiiydir. Modomiki bizning o’tmishimiz va madaniyatimiz avvalombor sug’orish
dehqonchiligi, savdo-sotiq, hunarmandchilik bilan bog’liq ekan, urbanizatsiyaning
o’tmishi, hozirgi holati va qolaversa, uning istiqbolini ham shu nuqtai nazardan
qarash to’g’riroqdir. Ana shuni e’tiborga olib, mamlakatimizda qishloq joylarda
nisbatan o’tkazilayotgan siyosatning ahamiyatini alohida ta’kidlash joizdir.
Qishloqlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotini o’zgartirish borasidagi muhim islohotlar,
zamonaviy infrastruktura tizimini shakllantirish, bu joylarga sanoatni olib kirish,
aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini yaxshilash urbanizatsiya jarayonining o’ziga
xos, «ichkaridan» rivojlanishini bildiradi, uning milliy va mintaqaviy xususiyatlarini
ifodalaydi. «Bugungi kunda mamlakatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5 foizni
tashkil etadi va hozirdan boshlab zarur choralar ko’rilmasa, ushbu ko’rsatkich yaqin
kelajakda pasayishi mumkin, mamlakatimiz aholisining urbanizatsiya darajasini
2030 yilga qadar 60 foizga yetkazish bo’yicha Davlat dasturi ishlab chiqish zarur.
Bu borada faqat poytaxt va viloyat markazlari bo’lgan shaharlarni emas, avvalo,
hududlarda joylashgan shahar va posyolkalarni kompleks rivojlantirish e’tibor
markazida turishi kerak.
Qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichmabosqich
shahar va posyolkalarda ko’p qavatli uylar qurishga o’tishimiz lozim. Muhandislikkommunikatsiya
infratuzilmasi ham uy-joylarni qurish dasturlari bilan uzviy bog’liq
holda rivojlanishi darkor»9.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling