Mavzu. O’zbekistoning ma’muriy xududiy tuzilishi va ularning mintaqaviy rivojlanish xususiyatlari Reja


Qishloqlar – ma’muriy-hududiy bo’linishning quyi bo’g’inlaridan biridir


Download 1.06 Mb.
bet6/9
Sana23.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1223820
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jasur mintaqaviy

Qishloqlar – ma’muriy-hududiy bo’linishning quyi bo’g’inlaridan biridir.
Shahar hududlariga kirmaydigan, ma’lum aholi soniga ega bo’lgan qishloq
markazlari va ma’lum sanoat ob’ektlari atrofida istiqomat qiluvchi aholining
yashash joylari qishloqlar bo’lishi mumkin.
Ovullar esa qishloqlarga qaraganda kichikroq hajmdagi yashash va turar joylardan
iborat aholi manzilgohlaridir. Ovullarda ko’p hollarda chorvador oilalar istiqomat
qilib, ular asosan ko’chib yuruvchi bir necha cho’ponlar oilalaridan tashkil topadi.
O’zbekiston Respublikasida qishloq va ovullar 1427 tadan oshiqdir.
O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy bo’linishi tizimida Qoraqalpog’iston
Respublikasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash tamoyili asosida qorag’alpoq millati
O’zbekiston hududida o’z davlatini muxtor Respublika shaklida tashkil etgan edi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng,
Qoraqalpog’iston Respublikasini mustaqil-suveren deb e’lon qildi. Bu Mustaqillik
to’g’risidagi deklaratsiyada, Mustaqillik asoslari to’g’risidagi qonunda va
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasida o’z ifodasini topdi10.
Qoraqalpog’iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi
Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasiga binoan
Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlardan, shaharlardan, shaharchalardan,
ovullardan iborat.
Qoraqalpog’iston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishida viloyatlar mavjud
emas, unda eng yirik ma’muriy-hududiy birlik – bu tumandir.
Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasining shimoliyg’arbida
joylashgan. Maydoni 164,9 ming kv. km. Qoraqalpog’iston Respublikasida 15 ta
tuman, 12 ta shahar, 16 ta shaharcha, 112 ovul bor.
Qoraqalpog’iston Respublikasining poytaxti - Nukus shahridir.
O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishida - Toshkent shahri

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling