Mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli
Download 26.09 Kb.
|
mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijt
4.Farg‘ona voqealari
1989 yilning mayida Farg‘onada o‘zbeklar va mesxeti turklari o‘rtasida dahshatli qirg‘inga aylangan ommaviy to‘qnashuvlar boshlanib ketdi, butun Farg‘ona olov ichida qoldi. Ziddiyat to‘lqini o‘sha kezlar respublika aholisining qariyb yarmi yashayotgan Farg‘ona vodiysini butunlay o‘z domiga olishi mumkin edi. Farg‘ona hodisalari payti 100 dan ziyod kishi qurbon bo‘ldi, mingga yaqin inson jarohatlandi, ana shunday mushkul pallada Birinchi Prezident Islom Karimov respublika rahbari etib saylandi. Saylanganidan keyin u zudlik bilan Farg‘onaga bordi. Karimovning puxta o‘ylagan siyosati va faol sa’y-harakatlari hamda jarayonda Markaz vakillari ham bevosita qatnashishi lozimligi haqidagi qat’iy talablari tufayli qonli ixtilof avj olmasdan to‘xtatib qolindi. Aks holda, butun respublikada beqarorlik yuzaga kelishi mumkin edi. «Birinchi Prezident Islom Karimov O‘zbekistonning turli hududlarida alanga olayotgan millatlararo ziddiyatlarni bartaraf etish bo‘yicha dadil va mardonavor chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu tariqa u 1990 yil fevral-mart oylarida Bo‘ka va Parkentda, 1990 yil iyun oyida O‘shda qonli etnik ixtiloflarning oldini oldi. Birinchi Prezident Islom Karimov O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning teng huquqliligini ta’minlash, ham milliy ozchiliklar manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratdi», Birinchi prezident tomonidan islom dinining qayta uyg‘onishi, qolaversa, mamlakatdagi barcha konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilgani bu borada ulkan ahamiyat kasb etdi. Barcha diniy konfessiyalar vakillari o‘z e’tiqodiga emin-erkin va to‘siqlarsiz amal qilishlari uchun zarur shart-sharoit yaratildi. Ta’kidlanishicha, milliy va madaniy markazlarning tashkil etilgani O‘zbekiston xalqining birligi va yakdilligini ta’minlagan muhim omillardan biri sanaladi. Toshkentda mamlakatdagi milliy-madaniy markazlarning boshini qovushtirgan markaz ta’sis etildi, 1992 yil yanvarda u Respublika baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi. O‘sha yillari O‘zbekistonda tatar, nemis, koreys, ozarboyjon, qozoq, yahudiy kabi 54 ta milliy va millatlararo markazlarga asos solindi. Ҳозирда бундай марказлар сони 130дан ортиқдир.Markazlar faoliyati, qolaversa, turli millat va elatlarning o‘z tarixi, adabiyoti, tilini o‘rganish, an’analar, milliy bayram, urf-odat va marosimlarni tiklash va rivojlantirish singari madaniy, ma’naviy va ijtimoiy talablarini qondirish uchun qulay muhit yaratildi. 1989 yil oktyabrda Birinchi Prezident Islom Karimovning dadil siyosiy qadami mahsuli sifatida «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun bilan uzoq vaqt ikkinchi darajada bo‘lib kelgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu hodisa o‘zbek xalqining milliy o‘zlik tuyg‘usi o‘sishida muhim rol o‘ynadi. Qolaversa, bu mustaqillikka erishish yo‘lidagi dastlabki g‘alaba ham edi. Bugun O‘zbekistonda 140 ga yaqin respublika va hududiy miqyosdagi milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda. 130 dan ziyod millat va elat vakillari tinch-totuv va ahillikda yashab kelmoqda. Ularning etnik madaniyati, an’ana va urf-odatlarini asrab-avaylash va har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilgan. 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ta’lim muassasalarida 7 tilda saboq berilmoqda, Milliy teleradiokompaniya o‘z dasturlarini 12 tilda efirga uzatmoqda, gazeta-jurnallar esa 10 dan ziyod tilda chop etilmoqda. «Birinchi prezident tomonidan mamlakatimizdagi barcha millat va elatlarga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik – uning boshqa xalqlarga ehtiromi va o‘z ona eliga yuksak farzandlik muhabbatining ifodasidir. 5.Respublikada aholining ijtimoiy va siyosiy faolligining kuchayishi, milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning paydo bo‘lishi, jamiyatni siyosiy demokratizatsiyalash jarayonining kuchaytirishi, I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi – Prezidentlik boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi. 1990-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik institutining vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi. 1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining apparati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi. Mazkur qonun mamlakatimizda davlat boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasiga asoslanishini mustahkamlab qo‘ydi. Prezidentlik instituti ta’sis etilganidan so‘ng davlatimizda keng qamrovli slohotlar boshlandi. 1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga soluvchi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shu asosda 1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom Karimov va “Erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi. Saylovlar yakuniga ko‘ra, ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 12,3 foizi esa Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. 1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofi q, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi. Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007-yil 23-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda 88,1 foiz ovoz bilan Islom Karimov 7 yilga saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2015-yil dekabrda tugashi munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov o‘tkazildi. 2015-yil 29-mart kunidagi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. 2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov og‘ir xastalik tufayli vafot etdi. Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. 2016-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi”gi qonunga muvofiq muqobillik va sog‘lom raqobat asosida Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 88,61 % ovoz bilan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylandi. 2020 yil 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev BMT minbaridan turib o‘zbek tilida ma’ruza qildi. Bu tariximizda birinchi marta BMT shoxsupasida so‘zlangan o‘zbek tilidagi ma’ruzadir. Butun dunyoda yashayotgan 50 mlndan ortiq o‘zbeklar uchun bu juda muhim voqea, iftixor sifatida qabul qilindi. Bu hodisa o‘zbek xalqining milliy o‘zlik tuyg‘usi o‘sishida muhim rol o‘ynadi. Qolaversa, bu mustaqillikka erishish yo‘lidagi dastlabki g‘alaba ham edi. Download 26.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling