Mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli
Mustaqillik deklarasiyasi va uning tarixiy ahamiyati
Download 26.09 Kb.
|
mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijt
6. Mustaqillik deklarasiyasi va uning tarixiy ahamiyati.
O‘zbekiston xalqining istiqlolga bo‘lgan intilishi, orzu-umidlari ro‘yobi ifoda etilgan Mustaqillik deklaratsiyasi O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda e’lon qilingan. O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy salohiyati jadal o‘sib, jahonda munosib o‘rin egallashida, xalqaro munosabatlarda katta nufuzga ega bo‘lishida mustaqillik arafasidagi og‘ir va mashaqqatli sinovlar, kurashlar, taraqqiyot sari intilishlarning ahamiyati beqiyos ekanini xalqimiz, xalqaro hamjamiyat yaxshi biladi. Mustaqillik deklaratsiyasida o‘zbek xalqining bir necha ming yillar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi, an’analari e’tiborga olingan. O‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va asrlar mobaynida shakllangan boy an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdek oliy maqsadlarni ifoda etgan, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlar va demokratik prinsiplarga asoslangan mazkur huquqiy hujjatning qabul qilinishi bilan O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Shu ma’noda, Mustaqillik deklaratsiyasi o‘zbek xalqining bir necha asrlik orzu-armonlarini ifoda etib, milliy mustaqillik g‘oyasini yanada mustahkamladi, xalqimizning istiqlol sari intilishida o‘ziga xos kuch-qudrat manbai bo‘ldi. Bu hujjat mamlakatda mustaqillik uchun harakatning turli isyonlar, urushlar va qon to‘kishlar bilan emas, balki qonun ustuvorligi va yuksak tamaddun tamoyillariga amal qilgan holda kechishini ta’minlab berdi. O‘z navbatida, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan munosabatlari rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Shu o‘rinda, O‘zbekistonning mustaqillikka erishish tarixiga bir nazar tashlasak. Mustaqillik deklaratsiyasi asosida O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish taklifi ilgari surildi. Shu maqsadda, Konstitutsiya komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Birinchi Prezident Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar, mutaxassislarni o‘zida jamlagan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Mustaqillik deklaratsiyasi tamoyillari asosida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonuni, Bosh qomusimiz qabul qilindi. Bugun Mustaqillik deklaratsiyasida nazarda tutilgan va mustahkamlangan tamoyillar amalga izchil tatbiq etilayotgani tufayli mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan, bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etilmoqda. Davlatimiz xalq farovonligini, uning hayot sifatini va darajasini muttasil oshirib borish, jahonda munosib o‘rin egallash yo‘lida olamshumul yutuqlarga erishmoqda. Sobiq sovet respublikalari orasida 10 ta respublika SSSR dan mustaqilligini (yoki Mustaqillik Deklaratsiyasini) O‘zbekistondan oldin e’lon qilgan va o‘sha kunni bayram qilishadi. Bizning Respublikamizda Rossiya va boshqa ba’zi ittifoqchi respublikalar kabi Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kun, mustaqillik kuni sifatida bayram qilinmaydi. Qirg‘iziston Respublikasi mustaqillikni O‘zbekiston bilan bir kunda e’lon qilgan. Uchta Respublika Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston SSSR dan mustaqilligini O‘zbekistondan keyin e’lon qilgan. Litva 11 mart 1990 yil Latviya 4 may 1990 yil Estoniya 8 may 1990 yil Rossiya 12 iyun 1990 yil Belorussiya 27 iyul 1990 yil Armaniston 23 avgust 1990 yil Gruziya 9 aprel 1991 Ukraina 24 avgust 1991 yil yil Moldova 27 avgust 1991 yil Ozarbayjon 30 avgust 1991 yil O‘zbekiston 31 avgust 1991 yil Qirg‘iziston 31 avgust 1991 yil Turkmaniston 27 oktyabr 1991 yil Tojikiston 9 sentyabr 1991 yil Qozog‘iston 16 dekabr 1991 yil Download 26.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling