Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi | | | | | | - 1-bosqich.
- O‘quv mashg‘ulotiga kirish (10 daq.)
| - 1.1. Mavzu, maqsad va rejalashtirilgan o‘quv natijalarini e’lon qiladi.
- 1.2. O‘quv faoliyatini baholash mezonlari ma’lum qilinadi.
| - Eshitadilar, yozib oladilar.
- Savol berishadi, aniqlik kiritishadi
| - 2-bosqich. Asosiy (60 daq.)
| - 2.1. Vallar va o‘qlar mavzusi bilan bog‘liq tezkor savollarni esga soladi.
- 2.2. Mashg‘ulot rejasiga asosan mashina va qurilmalarning vazifalarini aniqlashtiradi:
- - mashina turlarini sanab, ularga ta’rif beradi,misollar keltiradi.
- - umumiy va xos konstruktiv xususiyatlarini chizmalar yordamida tushuntiradi.
| - 2.1. O‘ylaydi, javob beradi.
- 2.2. Eshitadilar, savollar berib, asosiy joylarini yozib oladilar.
- 2.3. Eshitadilar, hisoblash tartibini qisqacha qayd qilishadi.
| - 3-bosqich. Yakuniy (10 daq.)
| - 3.1. Mavzuga yakun yasaydi, faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi.
- 3.2. Mustaqil ishlash va nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun topshiriq beradi (N° -ilova).
| - 3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.
- 3.2. Topshiriqni yozib oladi.
| - l.Ozuqa aralashmalarini tayyorlashning ahamiyati, tayyorlash texnologiyalari va mashinalarning
- turlari.
- Hayvonlarni oziqlantirishda ozuqalar bilan birga ma’lum miqdorda harxil vitaminlar va antibiotiklar qo‘shib berilsa ulardan foydalanish darajasi yuqori bo‘lishi aniqlangan. Bir turdagi ozuqada hayvon uchun kerakli bo‘lgan vitaminlar, mikroelementlar etarli bo‘lmaydi, shuning uchun hayvonlarni bir necha xil ozuqalardan tuzilgan ozuqa aralashmalari bilan oziqlantirish tasviya etiladi. Ilmiy taqiqotlar va amaliy tajribalar orqali hayvonlar to‘liq balansli omuxta yem bilan boqilganda mahsuldorlik 25.30% ga ortishi, ularni semirtirish vaqti 15.20% ga kamayishi va bir birlik mahsulot uchun sarflanadigan ozuqa miqdori kamayishi aniqlangan.
- Fermalarning biologik turi, ozuqa bazasi, oziqlantirish usulini hisobga olagan holda turli holatdagi ozuqa aralashmalari ishlatiladi:
- quruq holatdagi (namligi 10...15%), ozuqa aralashmasi ya’ni omuxta em;
- nam holatdagi (namligi 45.70%), ozuqa aralashmasi;
- suyuq holatdagi (namligi 75.. .85%), ozuqa aralashmasi;
- quruq mono yoki ko‘p komponentli granula yoki briketli ozuqalar.
- Ozuqa aralashmalariga o‘z navbatida, oqsilli-vitaminlar, oqsilli-vitaminli-mineralli qo‘shimchalar (BVMD), premikslar (mikroelementlar) ma’lum tartibda me’yorlangan holda qo‘shiladi.
- Ozuqa aralashmalarini tayyorlashda BVMD qo‘shimchalarini 25% gacha, premikslarini 1.2% gacha qo‘shish tasviya etiladi.
- Ozuqa aralashmalarini tayyorlashning namunaviy texnologiyalari quyidagi jarayonlardan iborat.
- 1. Quruq holdagi konsentrlangan ozuqalar:
- 2. Ho‘l holdagi ozuqa aralashmalarni omuqta em, ildizmevali ozuqalar, ko‘k massa yoki silosdan tayorlashda quyidagi texnologiya ishlatiladi.
- 3. Karbomid va suvdan suyuq holdagi ozuqa aralashmasini tayyorlash.
- Har bir chorvachilik fermalarida ozuqa ba’zasi va oziqlantirish usuliga qarab mutaxassislar tomonidan ozuqa aralashmasining to‘liq balansli ratsioni asosida tuzilgan texnologiyasi ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |