Mavzu: Ozuqa aralashmalari tayyorlashni mexanizatsiyalash. Reja


Download 1.76 Mb.
bet4/10
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1106228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3.-Ozuqa-aralashmalari-tayyorlashni-mexanizatsiyalash

KORK-15 ozuqa sexi. Bu ozuqa sexi qoramolchilik fermalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib somon, senaj yoki silos, ildizmevali ozuqalar, konsentratlar, melassa, karbomid eritmasidan turli xil ratsion asosida ho‘l ozuqa aralashmasini tayyorlaydi. Ozuqa sexi ikki xil variantda chiqariladi KORK-15-1 va KORK-15-II. Birinchi varianti qo‘shimcha ozuqa aralashmasini boyitish liniyasi OMK-2 bilan ta’minlanmaydi.
  • KORK-15-2 (2.2.17-rasm) ozuqa sexi quyidagi texnologik liniyalardan iborat: somonni qayta ishlash; silos va senaj; konsentrlangan ozuqa; ildizmevali ozuqalar; qo‘shimcha boyitilgan ozuqalar; me’yorlash va aralashtirish; tayyor ozuqani uzatish liniyasi.
  • Loyiha bo‘yicha barcha liniyalarda zamonaviy texnika vositalari ishlatish rejalashtirilgan. Ayrim rusumdagi ozuqaga ishlov beruvchi mashina va qurilmalarning texnik tavsifnomasi 2.3.2-jadvalda berilgan. Sexning unumdorligi 10...15 t/soat, elektr dvigatellarning umumiy quvvati 102 kVt. Ozuqa sexida ikki kishi ishlashi ko‘zda tutilgan.
  • 2.2.17-rasm. KORK-15-2 ozuqa sexidagi qurilmalar va
  • ularning joylashishi:
  • I-somon va silosni qabul qilish bo ‘limi; II-ildizmevali
  • ozuqalar bo ‘limi;
  • Ill-boshqarish pulti; IV,V-maishiy xonalar; Vl-tayyor ozuqa aralashmasiniyuklash bo‘limi; VII-turli ozuqalarni saqlash ombori; 1-somon uzatgich; 2-somon transportyori; 3-ISK-3 maydalagich-aralashtirgich; 4-ildizmevali ozuqalarni saqlovchi va me’yorlovchi bunker; 5-ozuqa aralashmasini aralashtiruvchi bunker; 8-yuklovchi transportyor; 9-ozuqa tarqatgich; 10-SM-1,7 melassa aralshtirgichi; 11-konsentrlangan ozuqa transportyori; 12-IKM-5 ozuqa maydalagichi; 13-yig‘uvchi transporter; 14- transportyor TK-5,0B; 15-ildizmevali ozuqalar bunkeri; 16-BSK-10 konsentrlangan ozuqalar bunkeri; 17-somonga qayta ishlov
  • berish kamerasi;
  • 18- somon ta’minlagich PZM-1,5M; 19- selos va senaj ta ’minlagich PZM-1,5M.
  • 3.Ozuqa tarqatish jarayonini mexanizatsiyalashtirish, chorvachilik fermalarida ozuqa tarqatish jarayoning ahamiyati va bu jarayonga qo‘yiladigan zootexnik talablar.
  • Fermalarda ozuqa tarqatish hayvonlarga qarov o‘tkazish uchun sarflanadigan jami mehnat hajmining 30...40% ini tashkil etadi va bu jarayonni mexanizatsiyalashtirish fermada asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Ozuqa tarqatish jarayoni ozuqani (ozuqa aralashmasini) texnika vositasiga yuklash, hayvonlar saqlanadigan joyga tashish va uni belgilangan me’yorda oziqlantirish oxurlariga tarqatishdan iborat. Ozuqa tarqatish qurilmalariga quyiladigan asosiy zooveterinariya talablari quyidagilardan iborat: ozuqani berilgan normada bir tekisda (farqi +15%) tarqatish; ozuqa tarqatish jarayonidagi isrofgarchilikning me’yordan (1%) oshmasligi;
  • ozuqa tarqatgich fermada ishlatiladigan barcha turdagi ozuqalarni tarqatishi, ya’ni universal bo‘lishi; ozuqa tarqatish jarayoni uchun sarflanadigan vaqtning oz miqdorda bo‘lishi, ya’ni bir binoda ko‘chma ozuqa tarqatgich ishlatilganda 30 minutdan va turg‘un ozuqa tarqatgichlar uchun 20 minutdan oshmasligi;
  • ozuqa tarqatgichlar ortiqcha shovqin chiqarmasliklari va hayvonlar uchun xavfsiz bo‘lishi; ozuqa tarqatgichlar chidamli bo‘lishi va ishga yaroqlilik koeffitsienti 0,98 dan kam bo‘lmasligi. Fermalarda ishlatiladigan ozuqa tarqatgichlar turli ko‘rsatkichlariga qarab sinflanadi. Ularning asosiy turlari 3.4.1-jadvalda ko‘rsatilgan.
  • Hayvonlar saqlanadigan binolarda va oziqlantirish maydonlarida o‘rnatiladigan oxurlarining hayvonlarning oziqlanish jarayonidagi fiziologik talablarga to‘la javob berishi va mexanizatsiyalashtirilgan holda ozuqa tarqatish imkoniyatiga ega bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
  • Oxurlarning o‘rnatishga qulay, chidamli bo‘lishi, ishlatish jarayonida hayvonlarga jarohat bermasligi va lozim bo‘lganda ularni yengil ko‘chirish, tashish mumkinligi talab etiladi. Ular yog‘ochdan, metalldan, betondan va plastik materiallardan tayyorlanadi.
  • 3.4.1-jadval
  • Ozuqa tarqatgichlarning sinflanishi

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling