Mavzu: Ozuqa aralashmalari tayyorlashni mexanizatsiyalash. Reja


Download 1.76 Mb.
bet6/10
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1106228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3.-Ozuqa-aralashmalari-tayyorlashni-mexanizatsiyalash

1 n
  • Lo = TXli mi’ m (3.4.2)
  • 2 i=1
  • bu yerda i=1...n - fermadagi hayvon guruhlari soni; mi - i guruhdagi hayvonlar soni;
  • - i guruhdagi 1 bosh hayvon uchun lozim bo‘lgan oxur uzunligi, m
    • Ko‘chma ozuqa tarqatgichlar
    • Bu turdagi ozuqa tarqatgichlar umumiy ravishda g‘ildirakli yurish qismi va ramaga o‘rnatilgan bunker, ozuqani me’yorlovchi va oziqlantiruvchi oxurlarga bir tekisda tashlovchi ishchi organlardan va harakat uzatish mexanizmlaridan tuziladi. Qo‘chma ozuqa tarqatgichlar ishlatiladigan energetik vositalariga qarab traktor, avtomobil va o‘ziyurar shassi yordamida ishlatiladigan turlarga bo‘linadi.
    • Qo‘chma ozuqa tarqatgichlar turg‘un oziqa tarqatgichlarga qaraganda katta unumdorlikka ega, turli xil sharoitda ishlay oladi va fermalarda ozuqalarni tashish, tushirish ishlarini bajara oladi. SHu bilan birga bu turdagi ozuqa tarqatgichlarning umumiy kamchiligi:
    • - ferma binolari va hayvonlarni saqlash maydonlarida kengligi 1,6...2,5 metrdan kam bo‘lmagan ozuqa yo‘laklarining bo‘lishi:
    • - binodagi havoni ifloslantirish va shovqinli ishlashi;
    • - konsentrlangan ozuqalarni tarqatishda berilgan normadan ±15...20% chetlashishi;
    • - kichik hajmli fermalarda ishlatishda iqtisodiy samaradorligining past bo‘lishi.
    • Fermalar uchun ozuqa tarqatish texnologiyasini va texnika tizimini asoslaganda bu kamchiliklarni inobatga olish va avvalo iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlagan holda yondoshish lozim. Fermalarda keng tarqalgan ayrim turdagi ko‘chma ozuqa tarqatgichlarning texnik tavsifnomalari 3.4.2-jadvalda ko‘rsatilgan.
    • Fermalarda uning sharoiti uchun mos keladigan universal va chidamli turdagi ko‘chma ozuqa tarqatgichlar ishlatiladi.
    • RMM-5 kichik o‘lchamli ko‘chma ozuqa tarqatgichi (3.4.1-rasm). Bu ozuqa tarqatgichi kichik hajmli fermalarda ozuqalarni tashish va turli xil usulda tarqatish uchun xizmat qiladi. Ozuqa tarqatgich T-30, TTZ-30 traktorlari yordamida ozuqa yo‘lagi 1,4 metrdan kam bo‘lmagan va balandligi 0,7 m dan oshmagan oxurlar bilan jihozlangan fermalar uchun mo‘ljallangan. Ozuqa tarqatgich bunker, rama, bir o‘qli yurish qismi, ozuqa tarqatish mexanizmlari, harakat uzatish mexanizmi, ozuqa tarqatgich koleyasini o‘zgartiruvchi moslama va elektr jihozlaridan iborat.
    • 3.4.1-rasm. RMM-5,0 ozuqa tarqatgichning ishlash sxemasi: a-yon tomonlarga bo ‘shatish; b-bir tomonlama oldinga bo ‘shatish; v-orqa tomonga bo ‘shatish; A-darvoza kengligi;
    • A=2000mm; yo‘lak kengligi; B=1835mm; V>1800mm; oxur balandligi: N=750mm; 1-fartuk; 2-g‘ildiraklarni
    • yo ‘naltiruvchi bardyur; 3-shit.
    • Ozuqa tarqatish mexanizmi bo‘ylama va ko‘ndalang transportyorlardan, biterlar bloki va ularga harakatni turlicha tezlikda uzatib beruvchi mexanizmlardan iborat.
    • Bunker poliga o‘rnatilgan plankali, bo‘ylama transportyor ozuqani biterlarga uzatib beradi, biterlar uni ko‘ndalang transportyorlarga, ular esa ozuqani bir tekisda oziqlantirish oxurlariga tashlaydi.

    • Download 1.76 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling