Mavzu: parasimpatik nerv sistemasi


Download 107.04 Kb.
bet3/6
Sana14.05.2023
Hajmi107.04 Kb.
#1460058
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nerv sistemasi, markaziy va periferik nerv sistemasi. Bosh miya

Bosh miya yarim sharlari. Bosh miyada o'ng va chap katta yarim sharlar farq qilinadi. Kul rang modda yarim sharlarning tashqarisida joylashadi va bosh miya po'stlog'ini hosil qiladi. Po'stloq ostida esa oq modda joylashadi. Oq modda ichida ham kul rang modda uchraydi. Uning nerv hujayralari katga yarim sharlarning yadrosi yoki po'stloq osti tugunlari deb ataladigan to'plamlar tashkil etadi. Yarim sharlar sirtida juda ko'p egatlar va pushtalar bor. Uch asosiy egat: markaziy (rolland), yon (silьviy) va tepa-ensa egatlari har qaysi yarim sharni Peshana, ensa, tepa, chakka va orolchaga bo'lib turadi. Orolcha yon egatda joylashgan; uni peshana, tepa va chakka bo'laklari qoplab olgan.
Yarim sharlarning oq moddasida markaziy nerv sistemasining turli qismlarini bir-biri bilan bog'lab turuvchi nerv tolalaridan tashkil topgan o'tkazuvchi yo'llar (assotsiatsion, komissural va proektsion yo'llar) bor. Assotsiatsion yo'llar bitta yarim shardagi turli qismlarni bir-biri bilan bog'laydi. Komissural yo'llar ikkalla yarim shardagi bir xil qismlarni birlashtiradi. Bu yo'llar ikkala yarim sharni biriktiradigan qadoqsimon tana hosil bo'lishida ishtirok etadi. Proektsion yo'llar katta yarim sharlarni bosh miyaning boshqa bo'limlari va orqa miya bilan tutashtiradi. Proektsion yo'llar ko'utariluvchi va tushuvchi o'tkazuvchi yo'llarga bo'linadi. Bosh miya po'stlog'i 17 milliardga yaqin nerv hujayralari va ular tolalaridan tuzilgan. Nerv hujayralari qavat-qavat joylashib, qalinligi 2-5 mm ga yetadigan kul rang modda hosil qiladi. Po'stlog'ining umumiy sadxi 2,2 m. Boshqa sut emizuvchi hayvonlarga nisbatan odamning bosh miya po'stlog'i yaxshi rivojlangan va juda murakkab tuzilgan. Bosh miya po'stlog'i organizmdagi hamma protsesslarni va odamning butun faoliyatini idora etadi. Shu bilan birga bosh miyaning boshqa bo'laklari funktsiyasini nazorat qiladi, organizmning tashqi muhit bilan aloqasini taminlaydi. Bosh miya po'stlog'i kishilar psixik faoliyatining moddiy negizi hisoblanadi.
I.P.Pavlov bosh miya po'stlog'ini murakkab analizator sistemasi deb tasvirlaydi. Po'stloqning ayrim sohalari o'ziga xos funktsiyalarni bajaradi. Bu sohalarni Pavlov analizator deb atagan. Organizmning hamma qismlari va tashqi muhitdan bosh miya po'stlog'iga keluvchi ta’sirot analizatorlarda analiz va sintez kilinadi. Harakat qilish, ko'rish, eshitish va boshqa analizatorlar shular jumlasidandir.
Harakat analizatorlarining miya po'stlog'idagi qismi peshana bo'lagidagi oldingi markaziy pushtada joylashgan. Bu yerda organizmning turli-tuman harakatlarini boshqaradigan nerv hujayralari joylashib, pushtaning yuqori qismdagi hujayralar oyoq muskullari, pastki qismdagi hujayralar esa bosh muskullari harakatini idora etadi. Pushtaning o'rta qismi bo'yin, qo'l va gavda muskullari funktsiyasini boshqaradi. Orqadagi markaziy pushtada (tepa bo'lagi) teri va muskul sezgisini, bo'g'imlar, paylar va muskulardagi retseptorlarda hosil bo'ladigan ta’sirotlarni sezuvchi alizatorlar joylashgan. Po'stloqning chakka bo'lagida eshitish analizatori, ensa bo'lagida ko'rish analizatori bor. Hid va ta’m bilish analizatorlari chakka bo'lagining oldingi qismida bo'ladi. Nutq, ong va fikr faqat odamga xos funktsiyalardir. Bu funktsiyalar bosh miya po'stlog'ining hamma bo'laklari faoliyatiga bog'liq.

Download 107.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling