Mavzu: parasimpatik nerv sistemasi
Download 107.04 Kb.
|
Nerv sistemasi, markaziy va periferik nerv sistemasi. Bosh miya
Vegetativ nerv sistemasi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar, bezlar va qon tomirlari faoliyatini, organizmda moddalar almashinuvini va sezgi organlarida sodir bo'ladigan protsesslarni idora etadi. Vegetativ nerv sistemasi, nerv hujayralari to'plamida vegetativ yadrolardan, tugunlardan va nerv tolalaridan tuzilgan. Vegetativ yadrolar bosh va orqa miyada joylashadi. Tugunlar (gangliyalar) esa umurtqa pog'onasi yonida, ichki organlar devorida va organlar atrofida bo'ladi. Vegetativ tolalar organlar yonida va ular devorida vegetativ chigallar hosil bo'ladi.
Vegetativ nerv sistemasi tuzilishi va xossalariga ko'ra somatik nerv sistemasidan farq qiladi. Somatik nerv sistemasi tolalari orqa miyaning har bir segmentidan boshlansa, vegetativ nerv sistemasi markaziy nerv sistemasining ayrim bo'laklaridan tutam - bo'lib chiqadi. Bundan tashqari, vegetativ nerv tolalari markaziy nerv sistemasidan chiqqandan keyin, innervatsiya qiladigan organga borib yetmasdan, tugunlarda uziladi (preganliolyar tola). Bu tolalar tugunlarda boshqa nerv hujayrasi bilan bog'lanadi. Organlarga tugunlardagi hujayra o'simtasi (postgangliolyar) beradi. Vegetativ nerv sistemasi tolalari ingichkaroq, kam qo'zg'aluvchan. Qo'zg'alish bu tolalardan sekinroq o'tadi. Vegetativ nerv sistemasi ikkiga: simpatik va parasimpatik nerv sistemasiga bo'linadi. Simpatik nerv sistemasi orqa miyaning oxirgi bo'yin segmenti bilan uchinchi bel segmenti o'rtasidagi qismidan boshlanadi. Tugunlar umurtqa pog'onasi oldida ikki tomondan chegara simpatik zanjirini tashkil etib joylashadi. Tugunlardan chiqqan nerv tolalari simpatik nerv chigallarini hosil qilishda ishtirok etadi. Chigallarning eng yirigi - qorin bo'shlig'ida joylashgan quyoshsimon chigaldan qorin bo'shlig'idagi hamma organlarga nerv tolalari tarqaladi. Simpatik nerv sistemasi qon aylanish, ovqat hazm qilish, nafas olish, siydik chiqarish, ichki sekretsiya bezlari, jinsiy organlar, sezgi organlari va boshqa organlar ishini boshqaradi. Shu bilan birga skelet muskullaridagi tonusni, moddalar almashinuvi protsesslarini idora etadi va charchagan muskullarni ishlab ketishiga ta’sir ko'rsatadi. Download 107.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling