Mavzu: Pedagogik nizolarni bartaraf etish texnologiyasi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1225563
1   2   3   4
Bog'liq
11-мавзу низолар

Ikkinchi tur nizolar barcha jamoada uchrashi mumkin bo’lgani kabi, o’qituvchilar jamoasida ham 
“qalami o’tkir yozuvchilar”, yo’q joyda muammo yasovchi janjalkashlar hisobiga vujudga keladi. Soxta obro’ 
ketidan quvgan bunday “ilg’or o’qituvchilar” o’zlarining shikoyatlari va do’q-po’pisalari bilan jamoadagi 
sog’lom muhitni buzish asosida nizoli vaziyatlarning tug’ilishiga sababchi bo’ladi. Bunday o’qituvchilar 
o’quvchilar va ota-onalar bilan ham chiqisha olmaydi. O’zlarining shaxsiy manfaatlari va g’arazli niyatlarini 
asoslash uchun har-xil muammoli vaziyatlar keltirib chiqaradi va nizolarning avj olishiga sababchi bo’ladi 
Uchinchi tur nizolar hech kim bilan ishi yo’q, hech kimga qo’shilmaydigan xodimlar hisobiga vujudga 
keladi. Bular o’zlarini ko’rib ko’rmaslikka , eshitib eshitmaslikka, bila turib bilmaslikka olishadi. Bir og’iz ogoh, 
tanbeh yoki jo’yali maslahatdan o’zlarini tiyishadi. Hatto shaxsiy haq-huquqlari uchun ham kurashmaydi. 
“Sabrning tagi oltin” deb yuraverishadi. Ijtimoiy passiv shaxslar jamiyat uchun illat hisoblanadi. Ayniqsa 
pedagogik faoliyatda oz sonda uchrasada bunday shaxslar tasadifiy hisoblanadi. Chunki pedagogik nizolarning 
etilishi va gazak olishida pedagogik e’tiborsizlik ham sabab bo’ladi. 
To’rtinchi tur nizolar urush va mehnat faxriylari, keksa, kasalmand, homilador, himoyaga muhtoj, 
nogiron va nafaqadagi hodimlarning haq-huquqlarini poymol qilinishi yoki ularga e’tiborsizlik hamda bepisandlik 
bilan qaralish oqibatida kelib chiqadi. 
Beshinchi turdagi nizolarni aslida qo’shtirnoq ichiga olib aytish lozim. Bu turga kiruvchilar o’z kasbini 
sevgan, fidoiy insonlar bo’lib, adolatsizlik, haqsizlikni oshkora aytuvchilar hisoblanadi. Shunday bo’lsada, 
bunday shaxslar ham kimlargadir yoqmasligi, kimlarningdir hamiyatiga qattiq ta’sir qilishi bilinib turadi. Bunday 
sharoitda ham muayyan nizoli holatlar vujudga kelishi mumkin. Aslida haq yo’lida oshkora gapiruvchi, o’zining 
fikrini bildiruvchi insonlar jamoa nazaridan chetda qolmaydi.
Pedagogik nizolarni keltirib chiqaruvchilar yosh va jins jihatidan uncha farqlanmaydi. Masalaning qiyin 
tomoni, nizoli holatlarda uni o’ziga kasb qilib olganlar yoki nizolarni keltirib chiqaruvchilarni qayta tarbiyalash, 
ularga pedagogik ta’sir ko’rsatish ancha murakkab va davomli jarayon hisoblanadi. 



Pedagogik nizolar yaqqol ko’zga tashlanib turadigan jamoada yosh, endi pedagogik faoliyatga kirib
kelayotgan mutaxassislarga ishlash ancha qiyin kechadi. Tajribasiz o’qituvchilar bunday sharoitda o’zlarini 
himoyasiz sezadilar. Psixologiya tilida aytganda ijtimoiy moslashuv (adaptatsiya) jarayoni qisqa va samarali 
bo’lishi uchun rahbariyat tegishli shart-sharoit va metodik yordam ko’rsatib borishi lozim. Rahbariyat tomonidan 
yosh mutaxassisga bo’lgan e’tiborsizlik, loqaydlik, ijodiy hamda sog’lom-ruhiy muhitning yo’qligi endi ish 
boshlagan kadrni pedagogik faoliyatdan sovishga, oqibatda ish o’rnini o’zgartirib ketishiga olib kelishi mumkin. 
Jamoani bir yoqadan bosh chiqarmasligi, ruhiy-pedagogik va ma’naviy-axloqiy muhitning sustligi ta’lim-
tarbiya sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jamoada mehnat va ijro intizomining tez-tez buzilib 
turishi, rahbar bilan xodim o’rtasida tuzilgan shartnomaga amal qilmasligi, o’zaro hurmat va ishonch ruhining 
yo’qligi davomat hamda o’quvchilar bilim saviyasi va ayniqsa tartib-intizomni susayib ketishiga turtki bo’ladi. 
Albatta bunday ko’ngilsiz holat ota-onalar va keng jamoatchilikning noroziligiga olib keladi. 
Pedagogik nizoli jamoada ishni tubdan yangilash, rahbar shaxslarning o’z o’rnida qolish yoki qolmasligi 
masalasi zudlik bilan hal etilmog’i lozim. 
O’qituvchi va o’quvchi har xil ijtimoiy mavqedagi shaxslar bo’lib, “o’qituvchi-o’quvchi”ning ta’lim-
tarbiyaviy munosabatiga xos nizolar, muammoli vaziyatlar turlicha sodir bo’lishi mumkin. Bular: 

O’qituvchining haddan tashqari qattiqqo’lligi va talabchanligiga ko’ra; 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling