Mavzu: pedogogik va ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmun mohiyati
Download 186 Kb.
|
PEDOGOGIK VA IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYATNING MAZMUN MOHIYATI
2. Ijtimoiy pedagogik faoliyat.
Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham obyekti- bu bola, biroq predmetlari turlicha. Pedagogikaning o’rganish predmeti bolani tarbiyalash hisoblanadi, Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksiz ta’lim tizimda amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi oquv yurtlarida olib boriladi: o'rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalari (Prezident maktablari, professional ta`lim va texnikumlari) va oliy kasbiy ta’lim maktablari (Institut va universitetlar). O'rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida kichik sinflar va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O’rta maxsus ma’lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga qiyin vaziyatlarni yengib o’tishga yordam beradi, bolalarning ishonishiga komaklashuvchi faoliyat turlarini tashkillashtiradi. Bolalarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning ota—onalari bilan xamkorlik qilish, oz malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o'kib borishdan iboratdir. O’rta kasbiy ta’lim bilim yurtini tugatgach ular oliy ta’lim muassasida o’z o'qishini davom ettirishi mumkin. Ijtimoiy pedagog - faqat o'qituvchigina emas, u bola qanday o’qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola xayotini, kechinmalarini xuddi o’zinikidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishiga yo’llanmalar bera oladigan mutaxassis bo’lmog’i kerak. Shuning uchun xaqiqiy pedagog faqat o’z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy mulokot qila oladigan, o’z ustida ishlaydigan inson bo’lishi muxim ahamiyatga ega. Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o’quvchi inson mohiyatini anglaydi. O’z xayoti davomida inson to’grisida hosil qilingan tushunchalar asosida mukammal shaxs va xaqiqiy fuqaro bo’lib yetishadi. Insonparvarlikka asoslangan ta’lim - ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funktsiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyoqarashi yaxlitligini ta’minlaydi. Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, ko’nikma va malaka, ularning insoniy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. U bo’lajak fuqarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli soxalarida insonparvarlik g'oyasi va qadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo'lib xizmat qilsin. Ta’limda hayot tajribasiga ega bo’lish ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi: ijtimoiy - shaxsiy xayot tajribasiga asoslangan muntazam davom etadigan jarayon xisoblanadi; real vaziyatdan kelib chiqib, ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi; mavjud amaldagi xolatga doim moslashish jarayoni xisoblanadi; shaxslararo alokalarni kamrab oladi; shaxsning shakllanish jarayonini yo’naltiradi. Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari — "Ijtimoiy pedagog" mutaxassisi "pedagog" so'zidan olingan bo'lib, avvalo o'qituvchi ma’nosini anglatadi. Shu bois mazkur lavozimning joriy etilganidan so’ng aynan o'qituvchilarning birinchi ijtimoiy pedagoglar bo'lgani ajablanarli emas. Ijtimoiy pedagoglarni qayta tayyorlash bo’yicha kurslar tinglovchilarining aksariyat qismini ham o'qituvchilar tashkil etadi. Yana shuni ta’kidlamoq joizki, ijtimoiy pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi ham pedagogik oliy o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Darhaqiqat, pedagog va o'qituvchining kasbiy faoliyatida ko’pgina umumiyliklar mavjud. Bu ikkala kasbning ham ob’ekti bola, uning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishidir. Bu narsa ularning yaqinligini yana bir bor tasdiqlaydi. O'z navbatida mazkur mutaxassiliklarning kasbiy faoliyati ularning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga imkon beruvchi bir qator tafovutlarga xam ega. O'qituvchi o'zining asosiy ta’lim berish vazifasini bajarar ekan, yosh avlodga va jamiyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy madaniyat tajribasini o'rgatadi. Ushbu jarayonda bola tarbiyalanadi va shakllantiriladi. Ijtimoiy pedagogning diqqat markazida esa bolani jamiyatga moslashib ketishiga yordam berish turadi. Ijtimoiy pedagog kasbi va uning vazifalari Shu kunga qadar ijtimoiy pedagogning vazifasini bir—biri bilan bog’liq bo’lgan tibbiyot, sport, militsiya, madaniyat tashkilotlari xodimlariga yuklatilib kelindi. Natijada jamiyat a’zolari ongida bolalar tarbiyasi bilan faqat o’qituvchi va ota-onalar shug’ullanishi lozim degan fikr o’rnashib qoldi. Yurtimizda ijtimoiy ishni kasb darajasiga olib chiqish hamda bu borada mutaxassis kadrlarni tayyorlash jamiyatda tarbiyaviy muammolarni hal etishda insonlarning yashash sharoitini yaxshilashda, eng asosiysi- har bir jamiyat a’zosini ijtimoiy himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagog oldiga qo’yiladigan kasbiy talablar: ijtimony axborot berish, ya’ni bolalarga beriladigan ijtimoiy yordam va xizmat ko’rsatish spekgrlari haqida ma’lumot berish; ijtimoiy -huquqiy yordam, ya’ni bolalarga, jamiyat a’zolariga o’z haq - huquqlarini anglashga yordam berish; ijtimoiy - reabilitatsion xizmat, ya’ni insonlarning ma’naviy-axloqiy, emotsional, ruhiy holatlarini tiklashga yordam berish, ijtimoiy- iqtisodiy yordam, ya’ni posobiya, konpensatsiya, nafaqalarni olishda hamkorlik qilish bolalar uylari bitiruvchilariga, yetimlarga moddiy yordam berishni tashkillashtirish; ijtimoiy—tibbiy yordam berish, ya’ni bolalarni ijtimoiy patranaj qilish, voyaga yetmaganlar orasida kashandachilik, alkogolizm kabi holatlarni profilaktika va reabilitatsiya qilish; ijtimoiy-psixologik, ya'ni oilada, turli mikrojamiyatda sog'lom muhitni tashkil etishga yordam berish: ijtimoiy-pedagogik, ya'ni bolalarni tarbiyalashda ota-onalarning o’z haq- huquqlarini anglash, ularga sharoitlar yaratish, o’qituvchi va o’quvchi orasidagi ziddiyatlarni hal etish kabilardan iborat. Ijtimoiy pedagog bu vazifalarni amalga oshirish uchun, albatta quyidagi sohalarda o’z bilimlarini boyitib borishi shart. milliy istiqlol g'oyasi huquqiy-me'yoriy baza (qarorlar, aktlar, buyruqlar, ko’rsatmalar, tashkilot tuzulmalari va x.k.), ijtimoiy pedagogikaning tarixi va nazariyasi yosh davrlar psixologiyasi sotsiologiya ijtimoiy-pedagogik ishlarni olib borish hamda rejalashirish metodlari va h.k. Shuningdek, ijtimoiy pedagogdan quyidagi malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishi talab etiladi: analitik, ya'ni sotsiumda ro’y berayotgan jarayonlarni nazariy tahlil etish, bolaning ruhiy olamini anglay bilish, ularning muammolarini hal etishga doir hamkorlik faoliyatini tashkil etish; prognostik, ya'ni tashkil etilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyat bo'yicha bolaning muammolarini hal etish yo'llarini bashorat qilish; loyiqalash, ya'ni ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mazmunini aniqlash va rejalashtirish; refleksiv, ya'ni ijtimoiy pedagog o'zining faoliyatini tahlil etib borishi; kommunikativ, ya'ni ijtimoiy pedagogning insonlararo muloqat madaniyatini egallashi. U boshqalar fikrini eshita bilish, muloqatga kirisha bilish, faktlar to'plash singari faoliyatlarni o'z ichiga oladi. Kasbiy status-bu kasb kodeksida ko'rsatilib, sub'ektning insonlararo munosabatlar tizimidagi kasbiy holati, huquqlari, majburiyatlaridir. Ijtimoiy pedagogning kasbiy sifatlari. Ijtimoiy pedagog asosan xalq ommasi bilan ishlaydigan shaxsdir. U o'z faoliyati jarayonida turli xarakterdagi insonlar bilan muloqatga kirishishiga to'g’ri keladi. Bu vaziyatda ular bilan turli xil ziddiyatlarga bormaslik, ularning har birining ko'ngliga, yuragiga kirib borish uchun sifat va fazilatlarga ega bo'lishi talab etiladi: empatiya (dunyoni boshqalarning ko'zi bilan ko'rish, tushuna bilish), xayrihoqlik, ezgulik, to'g’rilik, ochiq ko'ngillik, aniq mo'ljal olish, samimiylik, kommunikabellik (boshqalar bilan chiqisha bilish) Ijtimoiy pedagogning ahloqiy majburiyatlari Ijtimoiy pedagog o'z mijozlarining qalbiga kirib borishida uning ahloqiy majburiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagogning axloqiy majburiyatlari o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bular: o'z mijozlariga nisbatan axloqiy muloqatda bo'lish, ya'ni ularning haq huquqlari va imtiyozlarini birinchi darajali deb bilish; ular bilan muloqatga kirishishda ahloq me'yorlarga amal qilish (hurmat, haqqoniyat, hushmuomilalik, alohida e’tibor va h.k.) rahbarlar yoki yetakchi tashkilotlarga nisbatan yetuk majburiyatlar: o'z kasbi oldidagi axloq majburiyatlar, ya'ni o'z kasbining mazmuni va mohiyatini anglash, mas'uliyatni his etish, faollik ko'rsatish va h.k. Download 186 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling