Mavzu: pedogogik va ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmun mohiyati
Download 186 Kb.
|
PEDOGOGIK VA IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYATNING MAZMUN MOHIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat amalga
- obyekti
- faoliyat
“Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta'limу” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kategoriyalarga ega. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalarining bir- biridan farqli jihati quyidagi jadvalda aks etgan. Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari: Pedagogika Ijtimoiy pedagogika • ta'lim • ijtimoiy ta'lim o'qitish • o'qitishning ijtimoiy jihatlari tarbiya • ijtimoiy tarbiya pedagogik faoliyat • ijtimoiy pedagogik faoliyat ijtimoiylashuv ijtimoiy institut ijtimoiy adaptatsiya ijtimoiy reabilitatsiya Pedagogika faoliyat - bu ta'lim-tarbiya vositasida o'quvchilarga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o’z-o’zini boshqarishga sharoitlar yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum shaxsga qaratilgan bo'lib, aniq manzilga yo'naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga ega. Ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat, bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat, bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul tashkilotlardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat. Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo'nalishlari quyidagilar hisoblanadi: dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish, ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o'qish) bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish. Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi: 1.Bevosita bolaning ozi bilan olib boriladigan ishlar. 2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo'lgan ijtimoiy ta'lim kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayonidir. Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy sohada ishlash uchun maxsus tayyorgarlik ko'rish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya esa bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari xususida A.V.Mudrik, V.D.Semyonova, G.N.Filova singari olimlar tadqiqotlar olib borgan. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy makrm, ijtimoiy xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga ko’nikishiga yordam beruvchi turli ko’nikma va malakalarni o’zlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o’z aksini topuvchi nihoyatda ko’p bilimlarni oladi. Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baxo berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o’zlashtirib boradi, shuning uchun ham bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota- va shu kabilar) ta’siri katta bo'lib, bolalarni, hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o'zlashtirishlari, ularni hayotda qo'llashga intilishlari aynan ularga bog'liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog'liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o'zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda unda muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko'nikma va malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko'nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida — bolaga maxsus yordam kerak bo' lganda — juda zarur bo' ladi. Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni yetkazish, ijtimoiy ko'nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida bo'lib kelgan. Shu bilan birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi. Tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug'aviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib, ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, qadriyatlar, u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko’rib chiqish lozim. Boshqa so’zlar bilan ifodalaydigan bo’lsak ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo’naltirishdir. Bu sharoitlar individual va Guruxiy sub’ektlarning uchta o’zaro bog’liq va shu paytning o’zida mazmuni, shakli va usuli jixatidan nisbatan mustaqil bo’lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o’smirlar, o’spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual yordam ko’rsatish. “Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis - umumiy, jamoatchilik) insonlaming birgalikdagi hayoti bilan bog’liq bo’lib, ularning muomala va bir- biriga ta’sirining turli Ijtimoiy pedagogika - shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga qaratilgan pedagogika sohasi. Download 186 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling