Mavzu: personalni rejalashtirish


Personalni strategik rejalashtirish


Download 10.85 Kb.
bet4/4
Sana18.11.2023
Hajmi10.85 Kb.
#1785645
1   2   3   4
Bog'liq
Firdavs

3. Personalni strategik rejalashtirish

Klassik strategik rejalashtirish quyidagi tartibda amalga

oshiriladi: avval maqsad belgilanadi, so‘ng uni amalga oshirish uchun

maqbul strategiya (yo‘l) izlanadi va pirovardida buning uchun zarur

resurslar (vositalar) aniqlanadi.

Bir qarashda mantiqan tuyulgan strategik rejalashtirishning bu usuli

tashqi muhit (bozordagi vaziyat, raqobat, texnologiyalar va hokazolar)

o‘zgarmas, barqaror bo‘lishiga asoslangan. Ammo real voqelik bu

tasavvurlarni mutlaqo o‘zgartirib yubormoqda. Globallashuv,

raqobatning keskinlashishi bilan bir qatorda bugungi kunda texnika

taraqqiyotining yuksak sur’atlarda o‘sishining o‘zi rejalarga prinsipial

jihatdan o‘zgartirishlar kiritishni hayotiy zaruratga aylantirmoqda.

Zamonaviy strategik rejalashtirish muntazam asosda biznesni va

Zamonaviy strategik rejalashtirish muntazam asosda biznesni va

uni rejalashtirish imkoniyatlarini o‘rganishdir (4.8-rasm). Bunda

birinchi o‘ringa yangi axborot texnologiyalari va moliya resurslari

yordamida boshqariladigan alohida yshlab chiqarishning texnik

vositalariga asoslangan yo‘llarni izlab topish chiqmoqda.Mavjud

vaziyatni baholash va strategik muammolarga aniqlik kiritish

zamonaviy strategik rejalashtirishda birinchi qadam hisoblanadi. Bu

bosqichda quyidagi savollarga javob topish kerak:

– korxonaning kuchli va ojiz tomonlari (umuman korxona, uning

ishchanlik faolligi, foyda, bo‘limlar, guruxdar, sarmoya, mashina

uskunalar va ishlab chiqarishning boshqa vositalari) nimada?

– ishlab chiqarishni kengaytirish (korxona sotib olish, yangilarini

ta’sis etish, mavjud ishchanlik faoliyatini intensifikatsiyalash) imko

niyatlari mavjudmi?

– bozor bugungi kunda qanday va kelajakda u qanaqa ko‘rinishda bo‘ladi?

– bozordagi o‘zgarishlar qanday namoyon bo‘lmoqda?


Download 10.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling