Mavzu: Plastik deformatsiyaning tabiati
Download 0.98 Mb.
|
6-7 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Plastik deformatsiya haqida tushuncha
5-rasm. Geksagonal katakchadagi belgilanishlar.Geksagonal elementar katakchada indekslash ko‘rilayotgan tekislik bilan to‘rtta kristallografik o‘qda kesilgan kesmalarning kattaligiga teskari olib boriladi. Bu o‘qlardan uchtasi olti yoqli prizmaning (bazis tekisligi deb ataluvchi) asosi tekisligida yotadi.Plastik deformatsiya haqida tushunchaMetallning qandaydir hajmiga qo‘yilgan tashqi kuchlar tizimi uni deformatsiyasini keltirib chiqaradi. Elastik va plastik deformatsiyalar bo‘ladi. Agar tashqi kuchlar olingandan so‘ng deformatsiyalangan jism o‘zining dastlabki shakl va o‘lchamlarini to‘liq tiklasa, bunday deformatsiya elastik deb ataladi. Agar tashqi kuchlar keltirib chiqargan jismning shakli va o‘lchamlarining o‘zgarishi, bu kuchlar olingandan so‘ng o‘z holida qolsa, bunday deformatsiyani plastik yoki qoldiq (qaytmas) deb ataladi.Metallarga bosim bilan ishlov berish usulida detallarni olish homaki mahsulotni plastik deformatsiyalashga asoslangan. Plastik deformatsiya homaki mahsulotni buzmasdan turib, uning alohida hajmlarini nisbiy siljitish yo‘li bilan detalning berilgan shaklini olishga imkon beribgina qolmay, balki homaki mahsulot materialining mexanik va fizik-kimyoviy xossalariga ham ta’sir ko‘rsatadi.Metallarga bosim bilan ishlov berish usulida detallarni olish homaki mahsulotni plastik deformatsiyalashga asoslangan. Plastik deformatsiya homaki mahsulotni buzmasdan turib, uning alohida hajmlarini nisbiy siljitish yo‘li bilan detalning berilgan shaklini olishga imkon beribgina qolmay, balki homaki mahsulot materialining mexanik va fizik-kimyoviy xossalariga ham ta’sir ko‘rsatadi.Elastik deformatsiya metallda atomlarning turg`un muvozanat holatidan chetlatish hisobiga ro‘y beradi va potentsial energiyaning minimum bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bu chetlanishning kattaligi qo‘shni atomlar orasidagi masofadan oshmaydi. Elastik deformatsiya atomlararo masofani o‘zgarishi natijasida qaytadigan hajm o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Hajmning qaytadigan o‘zgarishi, masalan, 10 MPa bosim bilan har tomonlama siqilishda po‘lat uchun 0,6 %, mis uchun 1,3 % ni tashkil etadi.Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling