Mavzu: Plastik deformatsiyaning tabiati

Download 0.98 Mb.
bet6/18
Sana16.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1095427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
6-7 ma\'ruza

Elastik deformatsiya metallda atomlarning turg`un muvozanat holatidan chetlatish hisobiga ro‘y beradi va potentsial energiyaning minimum bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bu chetlanishning kattaligi qo‘shni atomlar orasidagi masofadan oshmaydi. Elastik deformatsiya atomlararo masofani o‘zgarishi natijasida qaytadigan hajm o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Hajmning qaytadigan o‘zgarishi, masalan, 10 MPa bosim bilan har tomonlama siqilishda po‘lat uchun  0,6 %, mis uchun 1,3 % ni tashkil etadi.

Atomlarni turg`un muvozanat holatidan chetlanishi jismda to‘plangan potentsial energiyani oshiradi va belgilangan chegaralargacha chetlanish kattaligi deformatsiyalovchi kuchlar oshishiga proportsional ortib boradi. Har qanday sharoitlarda ham tashqi kuchlarning jismga ta’siri, atomlarni eng kam potentsial energiyali holatga qaytarishga intiluvchi, atomlararo kuchlarning qarshi ta’siri bilan muvozanatlashadi.

Plastik deformatsiya atomlarni yangi turg`un muvozanat holatlarga, kristall panjaradagi atomlar orasidagi masofadan ancha katta bo‘lgan nisbiy siljishi hisobiga amalga oshadi. Plastik deformatsiyalashda jismga qo‘yilgan kuchlar keltirib chiqargan umumiy deformatsiya plastik tashkil etuvchini ham, shu qatorda deformatsiyalovchi kuchlar olingandan so‘ng yo‘qoladigan elastik tashkil etuvchini ham o‘z ichiga oladi.

Monokristallning sovuq plastik deformatsiyasi mexanizmi.

Monokristallning plastik deformatsiyasi asosan ikki yo‘l: sirpanish va qiyofadoshlanish bilan bo‘lishi mumkin.

Sirpanish kristallning yupqa qatlamlarini yonidagilarga nisbatan parallel siljishidan iborat bo‘ladi. Harakat qator tekisliklarni yoki oralig`ida plastik deformatsiya elementlari bo‘lmagan juda yupqa qatlamlarni (sirpanish yo‘llarini) qamrab oladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling