Konstruksion va to„siq materiallari.
Konstruksion material sifatida dispers tolasimon armaturalar bilan kuchaytirilgan shishaplastiklar, yog‗ochqatlamli plastiklar, sotoplastlar, organik shisha, viniplast listlar, polimer qorishmalar, polimerbetonlar va boshqalar ishlatiladi.
Shishaplastiklar kompozitsion listli material bo‗lib, shisha tolali to‗ldirgich va polimer bog‗lovchilar asosida olinadi. Listli asos sifatida shisha tolali to‗qima va noto‗qima matolar ishlatilishi mumkin. Shishaplastiklar olishda bog‗lovchi sifatida fenol-formaldegid, poliefir va epoksid polimerlari ishlatiladi.
Shishaplastiklar shisha tolali to‗ldirgichning turi va joylashishiga nisbatan uchta asosiy guruhga bo‗linadi: shisha tolali anizatrop material (SVAM), qirqilgan tola asosida olingan shisha plastik va shisha mato asosida tayyorlanadigan shishaplastik (shisha tekstolit).
Shisha tolali anizatrop material (SVAM) shisha shpon listlar paketini issiq holda presslab tayyorlanadi. Shisha shpon-bir tomongan yo‗naltirilgan shisha iplarni epoksid-fenol polimerlari asosida kompozitsiyalar bilan yelimlab yopishtirilgan yupqa matodir. SVAM odatda uzunligi 1000 mm gacha, eni 500 mm gacha va qalinligi 1-30 mm bo‗ladi.
Uning zichligi 1,8-2 g/sm3, cho‗zilishdagi mustahkamlik chegarasi 1000 MPa gacha bo‗lishi mumkin. SVAM kimyoviy va biologik aktiv muhitlarga bardoshli materialdir. SVAM shishaplastik materiallar osma panellar, fazoviy yopma konstruksiyalar, quvurlar, yirik hajmdagi idishlar tayyorlashda ishlatiladi.
Qirqma shisha tolali shishaplastiklar yassi va to‗lqinsimon ko‗rinishda bo‗lib, poliefir polimerlari asosida ishlab chiqariladi. Shishaplastiklar uzunligi 1000-6000 mm, eni 1500 mm gacha va qalinligi 1-1,5 mm bo‗ladi. Ularning o‗rtacha zichligi 1400 kg/m3, cho‗zilishdagi mustahkamlik chegarasi kamida 60 MPa, siqilishda kamida 90 MPa, egilishda kamida 130 MPa, yorug‗lik o‗tkazishdagi shaffofligi 50-85% bo‗ladi.
Qirqma shisha tolali poliefir shishaplastiklar yorug‗lik o‗tkazadigan to‗sish fonarlari, shaffof to‗siqlar tayyorlashda, yarim shaffof to‗lqinsimon shishaplastiklar esa pavilionlar, soyabonlar va boshqa yengil konstruksiyali binolar tomini qurish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |