Mavzu: Plastmassali detallar tayyorlash texnologiyasi Reja: Plastmassali detallar turlari va tuzilishi. Plastmassa detallarni biriktirish usullari


Download 45.02 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi45.02 Kb.
#1564293
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Plastmassali detallar tayyorlash texnologiyasi

Shisha tekstolit shisha matoni termoreaktiv polimerda shimdirib issiq holatda presslab olinadi. Polimer bog‗lovchi sifatida fenolformaldegid smolasi ishlatiladi. Shisha tekstolit uzunligi 2400 mm, eni 600-1200 mm, qalinligi 1-7 mm listlar va uzunligi 2400 mm, eni 700-1000 mm va qalinligi 9-35 mm plitalar ko‗rinishida ishlab chiqariladi. Shisha tekstolitning o‗rtacha zichligi 1800 kg/m3, cho‗zilishdagi mustahkamlik chegarasi 230 MPa, siqilishda 95 MPa va egilishda 120 MPa. Shisha tekstolitlar issiqlik va kimyoviy muhitlar ta‘siriga bardoshli, suvga chidamli bo‗ladi. Ular asosida oyna va eshik bloklari, furniturlar, sanitariya-texnika buyumlari, uch qatlamli panellar, qobiqlar, tombop to‗lqinsimon buyumlar tayyorlanadi.
Yog„och qatlamli plastiklar yog‗och shponlarni fenolformaldegid (amino-aldegid va boshq) polimeriga shimdirib, paket issiq holatida presslab tayyorlanadi. Ularning uzunligi 5600 mm, eni 950-1200 mm va qalinligi 12 mm bo‗ladi. O‗rtacha zichligi kamida 1300 kg/m3. Yog‗och qatlamli plastiklar (DSP-V-700 va DSP-V) yuqori mustahkamlikka, zarbiy qovushoqlikka ega. Material yuzasi silliq, sariq-jigar rangli, yog‗och teksturasi yaxshi ko‗rinadigan, biroz yaltiroq. Ularga mexanik ishlov berish (arralash, parmalash, mix va shuruplar o‗tkazish va sh.k.) oson kechadi. Yog‗och qatlamli plastiklar devor va pardadevorlarni qoplash, turarjoy va madaniy-maishiy binolar shiplarini bezatish uchun konstruksion material sifatida ishlatiladi.
Qoplama polistirol plitkalar kvadrat yoki to‗g‗ri to‗rtburchak shaklidagi yassi va orqa tomoni taram- taram bo‗lgan yupqa materialdir. Kompozitsiya tarkibida polistirol bog‗lovchidan tashqari kukun to‗ldirgich (talk, kaolin va boshq.), pigment va zarurat bo‗lsa, modifikatsiyalovchi qo‗shimchalar bo‗ladi. Plitkalar to‗la avtomatlashtirilgan mashinalarda quyma usulda tayyorlanadi. Plitka qalinligi 1,25-1,5 mm, 1 m3 plitka massasi 1,5- 1,7 kg. Asosga plitkalar polimerli yoki kauchukli mastikalar bilan yelimlanadi.
Plitkalar gigiyena talablariga javob beradi, suvga va kimyoviy muhitlarga chidamli,turli ranglarda bo‗ladi. Ular sanitariya xonalari, savdo-sotiq binolari va sh.k.larning devorlarini qoplashda ishlatiladi. Plitkalarning asosiy kamchiligi yonuvchanligi bo‗lib, olov markaziga yaqin joylarda ishlatishga ruxsat berilmaydi.

Download 45.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling