Mavzu: Plastmassali detallar tayyorlash texnologiyasi Reja: Plastmassali detallar turlari va tuzilishi. Plastmassa detallarni biriktirish usullari


Download 45.02 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi45.02 Kb.
#1564293
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Plastmassali detallar tayyorlash texnologiyasi

Organik shisha (polimetilmetakrilat) shaffof, mustahkam, yorug‗likka chidamli yengil konstruksion polimer material.
Organik shisha uzunligi 1350 mm gacha, eni 1250 mm gacha va qalinligi 2-2,3 mm listlar sifatida ishlab chiqariladi. U shaffof to‗siqlar, pardevorlar, jamoat va sanoat binolarining ustki yorug‗lik fonarlari qurilishida ishlatiladi.
Polimerbetonlar kompozitsion material bo‗lib, polimer bog‗lovchi, kukun, mayda va yirik to‗ldirgichlar, qoturuvchi va turli modifikatorlar aralashmasi qotishidan hosil bo‗ladi.
Bog‗lovchi sifati asosan termoreaktiv polimerlar- fenolformaldegidlar, epoksidlar, poliefirlar, furanlar, karbamid-formaldegidlar ishlatiladi. Termoplastlardan metilmetakrilatlar, stirol polimeri va boshqalar polimerbetonlar uchun bog‗lovchi sifatida qo‗llanilishi mumkin. To‗ldirgichlar polimerbetonlarning ishlatilish muhitiga qarab tanlanadi. Polimerbeton kislotali muhitda ishlatilishi mo‗ljallangan bo‗lsa kislotaga chidamli to‗ldirgichlar-kvars, bazalt, granit qumi va kvarsit chaqiq toshi, kislotaga chidamli g‗ishtning maydasi va sh.k. ishlatiladi. Aksincha, ishqoriy muhitda qotadigan atseton-formaldegid polimeri va epoksid smolasi tarkibiga kalsit, dolomit va boshqa ishqoriy toshlar asosida olingan to‗ldirgichlarni kiritish mumkin. Polimerbetonlar optimal strukturasi hosil bo‗lishida kukun to‗ldirgichlarning tarkibi, xossalari katta ahamiyatga ega. Kukun to‗ldirgich sifatida andezit, diabaz, kvars, koks, shamot, antratsit, marshalit, shlak, kullar, fosfogips va boshqalar ishlatiladi.
Fenol-formaldegid, karbamid-formaldegid smolalari asosidagi polimerbetonlar tannarxi arzon va keng tarqalgan. Bu polimerbetonlar kislotali qotiruvchi ishtirokida xona haroratida qotadi.
Furan polimerlari va ularning epoksid, fenol-formaldegid va boshqa polimerlar bilan aralashmalari yuqori konsentratsiyadagi kislotalarga chidamli polimerbetonlar olishda bog‗lovchilar sifatida ishlatiladi. Furanli polimerlar benzolsulfokislota, Petrov kontakti kabi kuchli kislotalar muhitida qotadi.
Epoksid smolalari asosidagi polimerbetonlar yuqori mustahkamlik, kimyoviy muhitlarga universal chidamlilik xususiyatlariga ega.
Polimerbetonlar tarkibini tanlash murakkab bo‗lib, ko‗plab o‗tkazilgan tajribalar asosida keltirib chiqarilgan emperik formulalar yordamida amalga oshiriladi. Polimerbeton uchun bog‗lovchi sarfi 100-240 kg/m3 atrofida bo‗lib, polimer-kukun to‗ldirgich nisbati 1:2-1:4 orasida bo‗ladi. Polimerbeton qotishini tezlashtirish uchun 40-900S haroratda 6-24 soat davomida ishlov berish maqsadga muvofiqdir. Karbamid-formaldegid singari kuchsiz kislotalar va nordon tuzlar ta‘sirida tezlikda qotadigan polimerlar asosidagi polimerbetonlarni xona haroratida qotirish mumkin.

Polimerbetonlarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 60-130 MPa, cho‗zilishdagi mustahkamligi 6-22 MPa, egilishdagi mustahkamligi 15-42 MPa bo‗ladi. Ularning sovuqqa chidamliligi /200-/500 va undan ko‗p bo‗lishi mumkin; issiqqa bardoshliligi 100-2000S.


Polimerbetonlarning mo‗rtligini yanada kamaytirish uchun plastifikatorlar, qotayotganda ichki zo‗riqishini pasaytirish maqsadida galogen va sulfat tuzlari kiritish mumkin. Polimerbetonlarning cho‗zilishdagi mustahkamligini oshirish uchun, yoriqlar hosil bo‗lishigi bardoshli bo‗lishi uchun tarkibiga asbest, shisha tolasi, bazalt tolasi, boshqa sintetik tolalar kiritiladi.
Polimerbetonlar kamchiligiga yuklama ta‘sirida vaqt bo‗yicha deformatsiyalanish ko‗rsatkichining yuqoriligi, issiqlik va namlikning almashib ta‘sir etishi natijasida eskirishi kiradi.
Polimerbeton ishlab chiqarish texnologiyasi ko‗p jixatlari bilan (komponentlarni o‗ta aniq dozirovkalash, ularni aralashtirish va sh.k.) kimyo texnologiyasiga yaqin turadi. Polimerlar, qotiruvchilar, plastifikatorlar va boshqa modifikatorlar maxsus idishlarda saqlanish, dozirovkalash, qorishma tayyorlash, qoliplash va issiqlik bilan qayta ishlash jarayonida aniqlik va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Polimerbeton sexi kuchli shamollatish tizimi bilan ta‘minlangan bo‗lishi, ishchilar shaxsiy himoya vositalari (ko‗zoynak, maxsus kiyim, rezinali qo‗lqop, respirator va h.k.) bilan ta‘minlanishi zarur.
Polimerbetonlar umuman, boshqa kompozitsion materiallar (sementli beton, asfaltbeton va boshq.) bardosh bera olmaydigan muhitlarda ishlatiladi. Ular asosida kimyoviy muhitlarga (kislota, ishqor, tuzli va boshqa muhitlar) bardoshli buyum, qism va konstruksiyalar tayyorlanadi. Furanli, fenol-formaldegidli polimerbetonlar kislotalar, mineral o‗g‗itlar ishlab chiqariladigan korxonalarda, epoksidli, poliefirli polimerbetonlar kislotali va ishqorli muhitlarda, sanitariya-texnika buyumlari va qismlari tayyorlashda ishlatiladi.
Polimerbetonlar biologik aktiv muhitlarga (achitqilar, bakteriyalar) chidamli bo‗lgani uchun biotexnologiya korxonalari, meva-sabzavotlar saqlanadigan omborxonalar, molxonalar va boshqa qurilishlarda ishlatiladi.

Download 45.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling