Mavzu: Poliz ekinlarini karantin organizm-lari to‘g‘risida Yekinlarning umumiy ma’lumotlar. Reja
Download 78 Kb.
|
Poliz ekinlarini karantin organizm-lari to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurash choralari.
- Bodringda oq chirishni
Qo‘zg‘atuvchining belgilari. Alternaria cucumerina. Sun’iy ozuqa muhitida gifalar rangsizdan zaytun tusligacha, ko‘p hujayrali, eni 4-9 mkm, mitseliy oq yoki zaytun tusli. Konidioforalar dog‘lardagi to‘qimalardan bittadan yoki bir nechtadan guruhlarda chiqadi, och-qo‘ng‘ir, to‘q-qo‘ng‘ir tusli, to‘g‘ri yoki bukilgan o‘lchami 15-72(110)x5-6(10) mkm, 1-6septali, pastki qismi shishgan. Konidiyalar konidioforalarda bittadan (juda kam hollarda 2 ta dan iborat zanjirchada) joylashgan, och-qo‘ng‘ir, so‘ngra to‘q-qo‘ng‘ir, tuxum, teskari-to‘qmoq va urchuq-teskari-to‘qmoq shaklli, 1-10 eniga va 5-13 bo‘yiga to‘g‘ri yoki qiyshiq joylashgan septali, o‘lchami 33,6 - 129,4 x 13 - 33,6 mkm, bo‘yinchasi 2-6 septali, o‘lchami 20 - 336 x 1 ,3 - 5 mkm.
Kurash choralari. Chidamli navlar yaratish va qo‘llash; urug‘ni ekishdan oldin samarali fungitsid bilan dorilash; o‘simlik qoldiqlarini daladan chiqarib, yo‘qotish tavsiya qilinadi (MacNab et al., 1983; Bernhardt et al., 1988; Fletcher, 1987; Vyangelyauskayte i dr. 1989; Sagdullayeva i dr., 1990). Bodringda oq chirishni Sclerotinia sclerotiorum zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Zamburug‘ bodringdan tashqari boshqa poliz ekinlari hamda pomidor, baqlajon, qalampir va ko‘p boshqa ekinlarni zararlaydi. Issiqxonalarda bodring ochiq daladagiga nisbatan kuchliroq zararlanadi. Uning ildizi, poyasi (ayniqsa poyaning ostki qismi va poyaga shoxlar birikkan joylari), barg va barg bandlari hamda mevalari zararlanadi. Zararlangan to‘qimalar yumshaydi, nam bo‘ladi, biroz shilimshiq va oq, momiq mog‘or bilan qoplanadi. Vaqt o‘tishi bilan zararlangan poya titilgan shakl oladi, sinadi va o‘simlik nobud bo‘ladi. Bosh poya zararlansa, o‘simlik so‘lishi mumkin. Zamburug‘ning konidiyalari mavjud emas. Keyinchalik mog‘or ichida o‘lchami moshday keladigan qora sklerotsiylar rivojlanadi. Vegetatsiya davrida oq chirish qo‘zg‘atuvchining mitseliysining parchalari bilan shamol, ishlov asbob-anjomlari va ishchilarning qo‘llari orqali tarqaladi. Zamburug‘ o‘simlik to‘qimalariga deyarli barcha hollarda mexanik jarohatlar orqali kiradi. Sklerotsiylar o‘simlik qoldiqlarida va tuproqda erkin holda ko‘p yillar davomida saqlanishi mumkin. Qishlagan sklerotsiylar yozda apotetsiylar hosil qilib o‘sadi, ulardagi xaltachalardan havoga askosporalar zarb bilan otiladi va o‘simlik qismlariga tushib, zararlaydi. Issiqxonalarda sklerotsiylar mitseliy hosil qilib o‘sadi va o‘simliklarning ildiz bo‘g‘zini kontakt paytida zararlaydi. Kasallik rivojlanishi uchun uzoq davom etadigan past havo harorati (14-16°S), yuqori nisbiy namlik (95-98%) va yomg‘ir qulay hisoblanadi. Issiqxonalarda ekinni sovuq suv bilan sug‘orish, havo harorati birdan 14-16°S gacha pasayib ketishi o‘simlikni zaif va zamburug‘ bilan zararlanishga chidamsiz qilib qo‘yadi. Download 78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling