Mavzu: Potensiometrik titrlash. Potensiometrik titrlashda xatolarni aniqlash. Diffusion tok haqida tushuncha


Download 293.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi293.58 Kb.
#1634688
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Potensiametrik.



MAVZU: Potensiometrik titrlash. Potensiometrik titrlashda xatolarni 
aniqlash. Diffusion tok haqida tushuncha. 
Reja: 
I. ASOSIY QISM 
I.1. Potensiometriya; 
I.2. Potensiometrik titrlash; 
I.3. Potensiometriyada ishlatiladigan elektrodlar; 
I.4. Potensiometrik titrlashda xatolarni aniqlash
I.5. Diffusion tok. 
II. 
XULOSA 


Potensiometriya aniqlanadigan modda eritmasiga tushirilgan turli elektrodlar orasidagi 
elektrod potensiallari farqini o‘lchashga asoslangan. Elektrod potensiali elektrodlarda sodir 
bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish elektrokimyoviy reaksiyalari natijasida sodir bo‘ladi. 
Oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari oksidlanish-qaytarilish jufti hosil qilib oksidlovchi va 
qaytaruvchi o‘rtasida amalga oshadi va ularning E potensiali Nernst tenglamasi bo‘yicha 
[oks] va [qayt] tarkibiy qismlar juftining konsentratsiyasi asosida aniqlanadi: 
Potensiometriyada eritmaga ikkita elektrod, ya’ni aniqlanadigan ionning ma’lum 
konsentratsiyasi bilan ta’sirlashadigan indikator elektrodi va indikator elektrodining 
potensiali shu elektrodga nisbatan o‘lchanadigan standart yoki taqqoslash elektrodi kabilar 
tushiriladi. Qo‘llaniladigan indikator va standart elektrodlarining esa turlari ham ko‘p. 
O‘lchashning bunday dastlabki usuli bevosita potensiometriya deyiladi. Analiz qilinadigan 
eritmadagi aniqlanadigan ionning konsentratsiyasi E-pC (C-aniqlanadigan ionning standart 
eritmadagi konsentratsiyasi) koordinatalarda tuzilgan darajalash grafigi bo‘yicha topiladi. 
Ikkinchi usul aniqlanadigan ion va mos titrant orasidagi kimyoviy reaksiya jarayonida 
indikator elektrodining potensialini o‘lchashga asoslangan. Olingan titrlash egrisi bo‘yicha 
titrlashning oxirgi nuqtasini aniqlash uchun zarur bo‘lgan titrantning hajmi topiladi hamda 
aniqlanadigan ionning konsentratsiyasi topiladi. Bu usul bilvosita potensiometriya yoki 
potensiometrik titrlash deb yuritiladi. 
Potensiometrik analiz usulini ham voltametrik usullar jumlasiga kiritish mumkin. Chunki bu 
usulda tok kuchi doimiy bo‘lganda kuchlanish qiymati o‘lchanadi. Potensiometriyada 
elektrodlarga tok kuchi berilmaydi (I=0) va E=f(C)I=0 bog‘liqlik o‘rganiladi. 
Potensiometriya usuli XIX asrdayoq ma’lum bo‘lgan bo‘lsada, uning rivojlanishi XX asrning 
boshlarida (1909 y.) Zerensen pH to‘g‘risidagi tushunchani fanga kiritgandan so‘ng 
rivojlandi. Shu vaqtlar turli moddalarni aniqlashning potensiometrik usullarini ishlab chiqish 
empirik tavsifga ega bo‘ldi. Bunga misol qilib keyingi yillarda potensiometriyaning yangi 
yo‘nalishi sifatida ionometriyaning rivojlanish bosqichini alohida qayd etish mumkin. 
Nernst 1889 yilda potensiometrik analizning asosiy tenglamasini keltirib chiqardi.


Bunda E
0
oksidlanish-qaytarilish tizimining standart potensiali; R-universal gaz 
doimiysi, 8,312 j / (mol·K); T-mutlaq temperatura, K; F-Faradey doimiysi, 96500 kl/mol; n-
elektrod reaksiyasida qatnashadigan elektronlar soni; α oks, α qayt–oksidlanish-qaytarilish 
tizimidagi oksidlangan va qaytarilgan shakllarning aktivliklari; [oks] va [qayt]-ularning 
molyar konsentratsiyalari; γoks va γqayt-aktivlik koeffitsiyentlari. 
Potensiometrik titrlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar birinchi bo‘lib 1883 yilda Berend 
tomonidan e’lon qilingan. Keyingi yillarda potensiometriyaning intensiv rivojlanishi har xil 
turdagi ion selektiv elektrodlarning yaratilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular yordamida ko‘pchilik 
ionlarning konsentratsiyalarini bevosita aniqlashga imkon tug‘ilib, potensiometrik 
o‘lchashlar uchun ular asosidagi asboblarni konstruksiyalab va ishlab chiqarilmoqda. 
Potensiometrik titrlash usuli vizual titrimetrik analiz usullarining imkoniyatini sezilarli 
darajada kengaytiradi va quyidagi asosiy afzalliklarga ega: 
1.Aniqlash natijalarining yuqori aniqligi va to‘g‘riligi; titrlashning tugash paytini 
subyektiv baholashni sezgir asboblarning obyektiv ko‘rsatkichlari bilan almashtiriladi. 
2. Yuqori sezgirlik, ya’ni ba’zi holatlarda kam miqdordagi moddalarni ham shunday 
aniqlikda aniqlash imkoni mavjud. 
3.Kimyoviy indikatorlar qo‘llab bo‘lmaydigan loyqa va rangli eritmalarda ham titrlash 
amalga oshiriladi. 
4.Tekshiriladigan eritmaning ma’lum bir ulushida moddalar aralshmasini tabaqalash 
asosida ketma-ket titrlab aniqlash mumkin. 
5.Titrlash jarayonini avtomatlashtirish imkoni yuqori. 
Potensiometrik titrlashda ham xuddi vizual usullarda bo‘lgani kabi kimyoviy 
reaksiyalarning to‘rt turidan ham foydalaniladi: kislota-asosli, cho‘ktirish, oksidlanish 
qaytarilish va kompleks hosil bo‘lish reaksiyalari. 
Potensiometriyada titrlashning oxirgi nuqtasi yaqinida elektrokimyoviy indikator 
reaksiyalarning biri ikkinchisi bilan almashinadi, natijada esa tizimning elektrod potensiali 
keskin o‘zgaradi. 


Amalda qo‘llaniladigan analiz jarayonlaridagi vazifalariga ko‘ra potensiometrik analiz 
usullari bevosita potensiometriya va potensiometrik titrlash usullariga tasniflanishi mumkin. 
Bevosita potensiometriya usuli elektrod potensialini aniq o‘lchashga (Emuv.) va Nernst 
tenglamasi bo‘yicha eritmadagi potensial aniqlovchi ionning aktivligini hisoblashga 
asoslangan. Bevosita potensiometriyaning o‘rganish predmeti qaytar oksidlanish-qaytarilish 
tizimlari bo‘lishi mumkin. Potensiometrik analiz usuli eritmadagi ionlarning aktivligini 
bevosita o‘lchaydigan yagona usul hisoblanadi. Bevosita potensiometriyaga quyidagi usullar 
kiradi: 
1. pH-metriya-potensiometriyaning klassik usullaridan bo‘lib, muhim qo‘llanilishi 
sohasi bo‘lgan pH ni aniqlashdan tashqari protolitlarning dissotsiatsiyasi konstantalarini, 
ligandlardan hosil bo‘lgan va protolitik xossalarga ega bo‘lgan komleks birikmalarning 
barqarorligini topishda ham foydlaniladi. Usul ko‘p komponentli muvozanatdagi 
sistemalarni o‘rganishda yetarli darajada samarilidir. 
2. Ionometriya-zamonaviy progressiv usul bo‘lib, pH-metriya rivojlanishining 
mantiqiy davomi hisoblanadi va unda membranali ion selektiv elektrodlarni o‘rganish 
bo‘yicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib boriladi. Ionometriya tadqiqot va analiz usuli 
sifatida tabiiy va atrof-muhit ob’yektlari, ishlab chiqarishning barcha texnik va texnologik 
sohalarida keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. 
3. Redoksmetriya-oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va tizimlarini o‘rganishning 
potensiometrik usuli hisoblanadi. Bevosita redoksmetrik o‘lchashlar asosida standart va 
oksidlanish-qaytarilish potensiallari, binobarin, tadqiq qilinadigan tizimlarning o‘ziga xos 
redoks reaksiyalari uchun muvozanat konstantalari hamda boshqa termodinamik va kinetik 
kattaliklarini aniqlash imkoniyatlari katta. 
4. Metall elektrodlar asosida bevosita potensiometriyadan cho‘ktirish-eritish va 
kompleks hosil bo‘lishiga asoslangan kimyoviy reaksiyalarni o‘rganishda foydalaniladi. 
Kam eruvchan elektrolitlarning eruvchanlik ko‘paytmasi qiymati va kompleks 
birikmalarning barqarorlik konstantalari aynan shu usul yordamida aniqlanadi. 
Bevosita potensiometrik o‘lchashlar usuli bundan tashqari aktivlik koeffitsiyentlari, 
kimyoviy, kimyoviy reaksiyalarning stexiometrik koeffitsiyentlari, kimyoviy va 
elektrokimyoviy reaksiyalarda ishtirok. 


etuvchi elektronlar soni va hokazo muhim tavsiflarni aniqlashda ham xizmat qiladi. 
Bevosita potensiometrik analiz usullarida eritmadagi ionning 
konsentratsiyasi aniqlanadigan modda miqdori bilan tekshiriladigan 
eritmaga tushirilgan indikator elektrodining potensiali orasidagi 
bog‘liqlikni ifodalovchi darajalash grafigidan topiladi. 

Download 293.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling