Mavzu: Potensiometrik titrlash. Potensiometrik titrlashda xatolarni aniqlash. Diffusion tok haqida tushuncha
Download 293.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Potensiametrik.
Potensiometrik titrlash. Xuddi vizual usullarda bo‘lgani kabi titrlashning oxirgi
nuqtasini topishning potensiometrik usuli ham tekshiriladigan modda miqdorini aniqlash ham haqiqiy amaliy maqsadni ko‘zda tutadi. Shu bilan birgalikda potensiometrik titrlash usuli bir qator afzalliklarga ham ega: 1) Asbobiy usul sifatida titrlashning oxirgi nuqtasini aniqlashdagi vizual usullarda uchraydigan sub’yektiv xatolarga yo‘l qo‘yilmaydi; 2) Sezgirligi yuqori, ya’ni xatolikning ayni qiymatida aniqlanadigan konsentratsiyaning eng kichik qiymatini (Cmin) kamaytirish mumkin; 3) Rangli va loyqa eritmalarni titrlashga imkon beradi va titrlashda rangli indikatorlardan foydalanishning oldi olinadi; 4) Bitta eritmadan ma’lum sharoitlarda aralashmada mavjud bo‘lgan tarkibiy qismlarni ma’lum ketma-ketlikda aniqlashga imkon beradi; 5) Titrlash jarayonini avtomatlashtirish qulay. Titrlashning oxirgi nuqtasini topishning vizual usullarida qo‘yilgan to‘rt turdagi kimyoviy reaksiyalar kislota-asosli, cho‘ktirish, kompleks hosil bo‘lishi va oksidlanish- qaytarilish kabilardan potensiometrik titrlashda ham foydalanish mumkin. Potensiometrik titrlashda qo‘llaniladigan kimyoviy reaksiyalarga ham, oddiy titrlash usullariga qo‘yilgan talablar qo‘yiladi: -yetarli darajadagi yuqori reaksiya tezligi; -reaksiyalarning kerakli yo‘nalishda miqdoriy o‘tishi, ya’ni reaksiya yuqori muvozanat konstantasiga ega bo‘lishi; -qat’iy stexometriklik; -bir xillilik, ya’ni reaksiya mahsulotlari sharoitning ba’zi o‘zgarishlaridan qat’iy nazar bir xil bo‘lishi; -asosiy bilan bir qatorda yonaki reaksiyalarning mavjud emasligi. Titrlashning oxirgi nuqtasi sohasida bir elektrokimyoviy indikator reaksiyaning boshqasiga almashinishi sodir bo‘ladi va bu potensial sakrash bilan birga sodir bo‘ladi. Potensiometrik titrlashning oxirgi nuqtasi quyidagi tenglama bilan hisoblanadi: Bu yerda m- potensial sakrashigacha qo‘shilgan tomchilar soni; n- ΔE sakrashga olib kelgan titrant eritmasining tomchilari soni; V 1 - aniq titrlashgacha qo‘shilgan titrantning hajmi, ml; V 2 - titrlash uchun sarflangan titrantning umumiy hajmi, ml; a- tomchilarning umumiy soni. Elektrodlar qutblanishning turlicha darajadaligi va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarning qaytarlik tavsifiga asosan har qanday aniq holatda potensiyametriyaning ikki usulidan biri qo‘llaniladi. Qaytar tizimlarning tarkibiy qismlarini aniqlash uchun elektrodda haqiqiy muvozanat potensiali o‘rnatilganda zanjirda tok bo‘lmaganda (I=0) klassik potensiometriyani muvaffaqiyat bilan qo‘llash mumkin. Qaytmas tizimlar uchun (yoki tekshiriladigan eritmada qaytar tizimning faqat bitta komponenti ishtirok etganda) tutashgan formasi mavjud bo‘lmaganda nazorat qilinadigan tokli (I≠0) potensiometriyadan foydalanish qulay. Shisha membranali elektrodlarni yaratish jarayonlari bilan bog‘lik ideyalarning rivojlanishi oqibatida turli ionlar konsentratsiyalari o‘zgarishiga sezgir bo‘lgan membranali ion selektiv elektrodlar yaratishga asos solindi. Ion selektiv elektrodlar har xil turdagi membranalarga ega bo‘ladi. Shishalarning maxsus navlari Na+, K+, Li+ ionlarining almashinuviga qodir bo‘lib, qayd etilgan ionlardan biriga sezgir bo‘lgan elektrodlarni yaratish imkonini berdi. Ba’zi tuzlar (CuS, PbS, Ag 2 S) kukunlarini zichlash yo‘li bilan F - , S -2 va hokazo ionlarga sezgir bo‘lgan ion selektiv elektrodlar olingan. AgBr, AgCl, AgJ va boshqa turdagi erimaydigan tuzlarni ba’zi plastmassalar (kauchuklar, polietilen, polistrol) bilan aralashtirish yo‘li bilan Br-, Cl-, J- ionlariga sezgir ion selektiv elektrodlar ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi va bu selektiv membranalar ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ldi va bu selektiv membranalar Panet-Fayans-Gana qoidasiga binoan ko‘rsatilgan ionlarni eritmadan tanlab adsorbilaydi. Suv bilan aralashmaydigan va aniq ionlarni tanlab adsorbilash qobilayitiga ega bo‘lgan (masalan, organik erituvchidagi Ni +2 , Cd +2 , Fe +2 larning holatlari eritmalari) suyuqliklar bilan bo‘ktirilgan g‘ovak plastinkalardan iborat suyuq membranali elektrodlar keng tarqalmoqda. Suyuqlik bilan bo‘ktirilgan g‘ovak plastinkalar membrana sifatida kumush xloridli yoki boshqa elektrodlarga joylashtiriladi. Elektrodning ichki eritmasiga ega bo‘lgan suyuq membrana tashqi eritma bilan fazalar orasidagi chegarada o‘ziga xos muvozanat o‘rnatiladi. Shunday qilib, elektrod sirtida aniqlanadigan ionlarning konsentratsiyasi elektrodning ichki qismidagidan farq qiladi, membrana sirtidagi muvozanat farqlanadi va bu hol membrana potensialini yuzaga keltiradi. Ion selektiv elektrodlar istiqbolli bo‘lib, keyingi yillarda ularni yaratish, ishlab chiqarish ko‘plab tadqiqotlarga sabab bo‘lmoqda. Potensiometrik aniqlashlar uchun indikator elektrodi va taqqoslash elektrodidan iborat elektrodlar jufti analiz qilinadigan eritmaga tushiriladi hamda potensiometrga ulanadi. Potensiometriyada ishlatiladigan elektrodlar katta ichki qarshilikka (500-1000 Mom) ega, shuning uchun hozirgi paytda mavjud bo‘lgan potensiometrlar yuqori qarshilikli voltmetrlardan va murakkab elektron sxemalardan tashkil topgan. Potensiometrlarda elektrodlar tizimining elektr yurituvchi kuchini o‘lchash uchun yacheyka zanjirdagi tokni kamaytirishga imkon beradigan kompensatsion sxemadan foydalaniladi. Kondensatsion turdagi potensiometrlarda elektrodlar tizimining elektr yurituvchi kuchi Eya ishorasiga ko‘ra teskari bo‘lgan pretsizion qarshilikda R ro‘y beradigan Echiq kuchlanishning Ʀ ga kamayishi asbobning kuchaytirgichining so‘ngi kaskadi orqali Ichiq.toki o‘tishi bilan ro‘y beradi. Kuchaytirgich kirishiga farqli kuchlanish kiradi: Ekir=Eya-Echiq=Eya-Ichiq. R(E=IR) Kirish kuchlanishi Ekir doimiy kuchlanishli kuchaytirgich yordamida kuchaytiriladi va mikroampermetr A orqali R qarshilikka uzatiladi. O‘lchaydigan mikroampermetr elektrodlar tizimining elektr yurituvchi kuchiga proparsional bo‘lgan Ichiq. tok qiymatini qayd qiladi. Asbobning kuchaytirgichi stabillashgan kuchlanish bilan ta’minlash manbasi yordamida ta’minlanadi. Ko‘pchilik qo‘llaniladigan potensiometrlar pH ni o‘lchashga mo‘ljallangan, shuning uchun ularni pH-metrlar deb nomlashadi. pH-metr–potensiometr bir necha bloklarga ega-potensiometrik yacheyka bloki 1, magnitli aralashtirgich 6 va o‘lchov bloki 4 (potensiometr). Yacheyka bloki termostatlashtirgan bo‘lishi hammumkin va unga taqqoslash elektrodi (odatda kumush xloridli) va indikator elektrodi tushurilgan. Magnitli aralashtirgich analiz qilinayotgan eritmani aralashtirish uchun kerak. O‘lchov bloki boshqaruv qismlari, kuchaytirgich buragichi 7, termokompensatiyalovchi pult kabilardan iborat bo‘lib, pH va mV birliklarda o‘lchash uchun darajalangan. Potensiometrlar strelkali va son ko‘rsatkichli bo‘lishi bilan birga, ularni o‘zi yozib boruvchi potensiometrlarga 5 ham ulash mumkin. Potensiometrlar ko‘pincha pH ni, boshqa ionlarning konsentratsiya ko‘rsatkichlari pNa, pK, pNH 4 , pCl va mV kabilarni bevosita o‘lchash uchun qo‘llaniladi. O‘lchashlarda o‘ziga xos ion selektiv elektrodlarni qo‘llab ham amalga oshiriladi. Shisha membranali elektrod foydalanishdan oldin bir kun davomida suvda yoki 0,1 M HCl da ho‘llanadi. Bundan tashqari analizlarni boshlashdan oldin pH-metr-millivoltmetr yoki ionomerlar maxsus standart eritmalar yordamida darajalanadi. Download 293.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling