Mavzu: Potensiometrik titrlash. Potensiometrik titrlashda xatolarni aniqlash. Diffusion tok haqida tushuncha
Download 293.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Potensiametrik.
Potensiometrik titrlash. Potensiometrik titrlash kimyoviy indikatorlar ishlatib
bo‘lmaydigan va zaruriy indikatorlar bo‘lmaganda o‘tkaziladi. Potensiometrik titrlashda indikator sifatida potensiometrning elektrodidan foydalaniladi. Bunda titrlanadigan ionlar konsentratsiyasi o‘zgaradi va u potensiometr shkalasida qayd qilinadi. Potensiometr ko‘rsatkichlarini pH yoki mV birliklarda yozib olinadi va titrant hajmiga bog‘liqligi grafigi (titrlash egrisi) tuzilib, ekvivalent nuqta va titrlashda sarf bo‘lgan titrant hajmi aniqlanadi. Jarayonni tezlashtirish uchun ko‘p hollarda potensiometr avtomatik titrlash bloki 2, byuretka 3 va yozib boruvchi potensiometr 5 (20.4-rasm) yoki maxsus signalizator yoki kompyuter kabilar bilan umumlashtiriladi. Olingan ma’lumotlar asosida potensiometrik titrlash egrisi tuziladi. Potensiometrik titrlash egrilarining ko‘rinishi titrimetrik analizdagi titrlash egrilarinikiga o‘xshash bo‘ladi. Titrlash egrisi bo‘yicha titrlash egrisining o‘rtasiga mos kelgan nuqta asosida ekvivalent nuqta aniqlanadi. Ekvivalent nuqtani aniqlashda yanada ko‘proq aniqlikka erishish uchun differensial titrlash egrisidan foydalaniladi (20.5-rasm-b). Bunda hisoblangan ΔE/ΔV yoki ΔpH/ΔV qiymatlar asosida titrlash egrisi tuziladi. ΔE yoki ΔpH qiymatlar titrantning har bir porsiyasi qo‘shilgandan so‘ngi potensiometrning ko‘rsatkichlari orasidagi farq kabi topiladi. Masalan, 50 ml 0,1 n HCl ga 45 ml 0,1 n NaOH qo‘shilganda pH 1 dan 2 gacha, ΔpH esa bu holda 2- 1=1 ga teng bo‘ladi; V=45-0=45; ΔpH/ΔV=0,022. Navbatdagi 4,5 ml 0,1 n NaOH qo‘shilganda pH 2 dan 3 gacha, ΔpH=3-2=1 ga teng; ΔV=4,5; ΔpH/ΔV=0,222 va hokazolar. ΔpH/ΔV nisbatning kattaroq qiymatiga ekvivalent nuqtada erishiladi. Titrlash egrilarini tuzishning differensial usuli ekvivalent nuqtani topishda (0,05-0,1 ml oraliqlarda) yetarli darajada aniq topishga imkon beradi. Differensial egrilarining bunday xususiyligidan kuchsiz kislota va asoslarni hamda ularning aralashmalarini titrlashda qo‘llash mumkin. Ekvivalent nuqtani yanada aniqroq topishda Gran usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Unga muvofiq VT titrant hajmi bilan ΔV/ΔE bog‘liqlik asosida tuziladi. 20.5-rasm–v da ushbu bog‘liqlikni ifodolovchi grafik sxemasi ifodalangan. Grafikda ΔV/ΔpH=0 ga mos keluvchi ekvivalent nuqta aniq ajratib ko‘rsatilgan. Gran usulida potensiometrik titrlashni ekvivalent nuqtaga yetmasdan 2-3 nuqta bo‘yicha, masalan, titrlanadigan eritmaga va zaruriy titrant hajmi qo‘shib boriladi. Ushbu nuqtalar bo‘yicha tog‘ri chiziqlar tuzilib, ΔV/ΔpH=0 chizig‘i bilan kesishish nuqtasi yordamida va ekvivalent nuqtaga yetish uchun zarur bo‘lgan titrant eritmasining hajmi asosida analiz qilinayotgan ob’yekt tarkibidagi ionning konsentratsiyasi yoki aktivligi hisoblanadi. Potensiometrik titrlashda ekvivalent nuqtani aniqlashning hisoblash usuli (20.5-rasm- g) ΔE/ΔV yoki ΔpH/ΔV lardan ikkilamchi hosila olishga20.3-§. Elektrokimyoviy indikator reaksiyalari. Download 293.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling