Qo‘l berib so‘rashish qoidalari - Qo‘l berib so‘rashish qoidalari
- Qo‘l berib salomlashish muloqot etiketining bir qismi sifatida shakllagan jarayondir. Qo‘l berib so‘rashish odatda erkaklarga xos xususiyat hisoblansada, hozirda u barcha yoshdagi va jinsdagi insonlar uchun ham birdan amal qilmoqda. Chunki, qo‘l berib so‘rashish orqali inson insonning kayfiyatini, sog‘ligini, hatto fe’l- atvorini ham bilib olishi mumkin. Qo‘l berib salomlashishning ushbu xususiyatlari ikkitomonlama muloqotning boshlanish belgisidir. Qo‘l berib so‘rashish asosan tanishish va tanishtirish marosimida, shartnoma va bitim imzolaganda, g‘oliblik va mag‘lublikni tan olganda, minnatdorchilik izhor etganda, tabriklaganda, hayrlashganda va hokazo holatlarda qo‘llaniladi.
Quyida e’tiboringizga havola qilinadigan tavsiyalar qo‘l berib so‘rashishning odobiga tegishlidir: - Quyida e’tiboringizga havola qilinadigan tavsiyalar qo‘l berib so‘rashishning odobiga tegishlidir:
- uzatilgan qo‘l albatta muallaq qolmasligi kerak, bu – insonni yerga urish bilan barobar bo‘lib qoladi.
- ikki qo‘l bilan qo‘lni siqib so‘rashish haddan tashqari xursand holatda, minnatdorchilik belgisi sifatida qabul qilinadi.
- ikki qo‘l berib so‘rashish paytida albatta so‘z bilan ifodalanadi, bunda minnatdorchilik so‘zlari va boshqa iliq so‘zlar qo‘llash mumkin.
- qo‘l berib so‘rashish tez va qisqa bo‘lishi lozim.
- qo‘l berib so‘rashish davomida ozgina egilib qo‘yish, so‘rashayotgan insonga nisbatan hurmatni belgilaydi.
- ostonada, stol ustidan qo‘l berib so‘rashish xunuk ko‘rinadi.
- tanishini ko‘rib qolgan taqdirda ham binoning boshidan bu boshiga qo‘lni cho‘zib kelish insonni kulgili holatga solib qo‘yadi.
- ayol kishi bilan uchrashib qolganda, ayol birinchi bo‘lib qo‘l uzatmaguncha erkak qo‘l uzatmaydi.
- ayol kishini qo‘lini ko‘p ushlab turish mumkin emas, bu uni noqulay vaziyatga solib qo‘yishi mumkin.
Salomlashganda jargon, ko‘cha so‘zlarini, buzib talaffuz etiladigan “privetik”, “salyutik”, “chao”, “poka”kabi so‘zlarni ishlatmaslik maqsadga muvofiq. Odatda, ro‘paradan keluvchi kishiga u yetib kelguncha, ya’ni orada 3-4 qadam qolgach salom beriladi. - Salomlashganda jargon, ko‘cha so‘zlarini, buzib talaffuz etiladigan “privetik”, “salyutik”, “chao”, “poka”kabi so‘zlarni ishlatmaslik maqsadga muvofiq. Odatda, ro‘paradan keluvchi kishiga u yetib kelguncha, ya’ni orada 3-4 qadam qolgach salom beriladi.
- Sizga mutlaqo tanish bo‘lmagan kishi salom bersa, albatta “alik” olish va uning yanglishganligini sezdirmaslik kerak. Bunday holatda yelka qisish yoki hayron bo‘lib qarash odobsizlik hisoblanadi.
- Umuman, o‘zbekchilikda salomlashishni o‘zi hamsuhbatingizning sizga bo‘lgan munosabatini shakllantiradi. G‘arb odatiga ko‘ra yoshi katta ayollar bilan ko‘rishayotganda o‘rnidan turib, tavoze’ bilan boshni silkitib salomlashiladi. Bizda esa bu nafaqat katta yoshlilar, balki umuman xotin-qizlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Zero, har bir qiz yoki ayol o‘sha xonadon egasining nomusi hisoblanadi. Bu bilan erkak boshqa bir erkakni oriyati va hurmatini o‘z joyiga qo‘yayotgan hamda boshqalardan ham o‘ziga nisbatan shuni talab qilayotgan bo‘ladi. Agar ayollar qurshovida bo‘lsangiz, unda umumiy ravishda bir marta salomlashib qo‘yiladi. Etiketni buzilishi ko‘rishuvning shovqinli tarzi hisoblanadi. Odamlar oldida hozir bo‘lishingiz bilan salomlashuvingiz u darajada o‘zingizga qaratadigan tarzda bo‘lmasligi lozim. Salomlashuv, tanishuv yoki suhbatdoshlik uchun eng qulay madaniyatli usuli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |