- Murojaat qilish etiketi
- Murojaat qilish – insondan ko‘p narsani talab qilmaydi. U kishini tarbiya ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar majmuasidir. Aslida murojaat qilish har – xil kechib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay paytda, suhbatdosh bilan o‘zaro munosabatdan kelib chiqqan holda bildiriladi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat unga bo‘lgan hurmat, balki maqsadga muvofiqlikda ham qo‘llanadi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat hurmat belgisi, balki, maqsadga erishish vositasi hamdir. Murojaat vaziyatga, sharoitga, jamoaga, muhitga qarab yakka Shahsga yoki jamoaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Biroq barcha murojaatlar axloq me’yorlariga bo‘ysingandagina ijobiy natija berishi mumkin.
- Insoniy munosabatlarda aytilayotgan so‘zlar faqat axloqiy me’yorlarga tayanadi. Bu esa qarindoshlar, sevishganlar, er-xotin, do‘stu-birodar, mansabdor shahs va xodim o‘rtasidagi munosabatlarda qo‘llaniladigan so‘zlar turlicha bo‘lishini anglatadi.. Murojaat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan munosabat turi bo‘lib, ular og‘zaki yoki yozma ko‘rinishga ega.
- Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: ular – rasmiy, ishonchli, intim va egasiz.
«xola», «tog‘a», «opoqi», «kelinoyi» va boshqa qarindoshlar o‘rtasida shevadan kelib chiqqan holda murojaat qilish mumkin. «Yaxshi yigit» yoki «yaxshi qiz» degan so‘zlar yoshlarga qarata qo‘llaniladi. Jamoat joylarida kasbi kor daraja hamda yoshga qarab shofyor, doktor, o‘quvchilar,talabalar, yo‘lovchilar, qizlar, yigitlar, bolalar kabi nomlarni ishlatish mumkin. Intim, ya’ni yaqin munosabatlarda «azizim, jonim, begim, oyim, yulduzim» kabi murojaatlarni uchratamiz. Egasiz murojaatlar munosabatda – “Kechirasiz falonchi ko‘cha qayerda?”, “Aytib berolmaysizmi soat necha bo‘ldi?”, “Ruxsat bersangiz kirsam”va boshqalar. - «xola», «tog‘a», «opoqi», «kelinoyi» va boshqa qarindoshlar o‘rtasida shevadan kelib chiqqan holda murojaat qilish mumkin. «Yaxshi yigit» yoki «yaxshi qiz» degan so‘zlar yoshlarga qarata qo‘llaniladi. Jamoat joylarida kasbi kor daraja hamda yoshga qarab shofyor, doktor, o‘quvchilar,talabalar, yo‘lovchilar, qizlar, yigitlar, bolalar kabi nomlarni ishlatish mumkin. Intim, ya’ni yaqin munosabatlarda «azizim, jonim, begim, oyim, yulduzim» kabi murojaatlarni uchratamiz. Egasiz murojaatlar munosabatda – “Kechirasiz falonchi ko‘cha qayerda?”, “Aytib berolmaysizmi soat necha bo‘ldi?”, “Ruxsat bersangiz kirsam”va boshqalar.
- Intim murojaatlarda shahsga nisbatan chiroyli, yoqimli, erkalash ma’nosidagi so‘zlardan foydalangan holda murojaat etiladi: “Azizim”, “Mehribonim”, “Jonim”, “Begim” kabi so‘zlardan o‘rinda va samarali foydalanish zarur. Murojaatning bu turi insonning didli va farosatli ekanligini ham belgilaydi. Biroq ushbu so‘zlarni bemavrid ishlatish insonni bachkanalikka olib keladi. Ayniqsa, «jonim” so‘zini barchaga nisbatan ishlatish aslo mumkin emas, bu so‘z faqatgina nikohdan o‘tgan, hayotini bir- biri bilan bog‘lagan kimsalarga nisbatan ishlatilsa maqsadga muvofiq.
- Nomsiz murojaatlardashahsni kim ekanligini yaqindan bilish katta ahamiyatga ega emas. Bunday murojaat qisqa mazmunda bo‘lib, biror noma’lum ob’yekt yoki sub’yektni aniqlash, u haqda muayyan ma’lumot olish uchun qo‘llaniladi. Masalan, “Kechirasiz, Olmazor ko‘chasini ko‘rsatib yuborsangiz?” “Hurmatli yo‘lovchilar yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang” “Doktor bolamni ko‘rib qo‘ysangiz, issig‘i tushmayapti “singari murojaatlarda Shahsning aniq ismi ko‘rsatilmasada, u haqdagi ma’lumotlar va aytiladigan fikrlar tushunarli bo‘ladi.
- Aslini olganda, O‘zbekistonda murojaatning aniq bir shakli yo‘q. Ko‘p holatlarda har bir joyning o‘zidan kelib chiqib, shevaga hamda urf-odatga asoslangan holda murojaat qilinadi.
Etiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |