Mavzu: Pulning vujudga kelishi va uning vazifalari


Markaziy bankning pul kredit siyosati


Download 174.28 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2020
Hajmi174.28 Kb.
#102453
1   2   3   4
Bog'liq
pul


5.Markaziy bankning pul kredit siyosati
Кredit tizimi bank va boshqa kredit muassasalarining tashkiliy huquqiy shaklini ifodalaydi. Кredit tizimining asosiy vazifasi bo‘sh pul mablag‘larini to‘plab ssuda kapitaliga aylantirishdir. Undan tashqari omonatlar qabul qilish va ular bo‘yicha turli hisoblar ochish, aksiya va obligatsiyalar chiqarish, moddiy boyliklarni saqlash, to‘lov operatsiyalarida vositachilik qilish vazifalarini bajaradi. Кredit tizimi kreditlash mexanizmiga tayanadi. Кredit mexanizmi o‘z ichiga kreditlash shakllarini, sharoitlarini, usullarini, uni boshqarish tizimini oladi. Кredit mexanizmi yordamida bank tizimining kredit siyosati amalga oshiriladi. Кredit mexanizmining muhim tarkiblaridan biri kredit shartnomasi bo‘lib, u kredit munosabatlarini amalga oshirishning huquqiy asoslari hisoblanadi. Кredit tizimi o‘z ichiga ikki bo‘g‘in: bank va maxsus moliya-kredit muassasalari tizimini oladi. Кredit tizimining hal qiluvchi bo‘g‘ini ‒ bu bank tizimidir. Pul munosabatlarining rivojlanishi bank tizimini yuzaga keltirgan. Bank iqtisodiy munosabatlarining pulning harakati yuzasidan kelib chiqadigan aloqalariga xizmat qiluvchi muassasadir. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra “Pul mablag‘larini jalb qilish hamda ularni qaytarishlik, to‘lashlik va muddatlilik shartlari asosida o‘z nomidan joylashtirish uchun tuzilgan muassasa bankdir, bank huquqiy shaxsdir”. Banklar eng avvalo, xususiy-tijorat tuzilma sifatida vujudga kelgan. Banklar o‘zining rivojlanishi jarayonida uzoq davr va ko‘p bosqichlarni bosib o‘tgan. Dastlabki banklar eramizgacha 2300yilda qadimgi Mesopotamiya davlatida savdo sherikchilik ko‘rinishida tashkil etilib, ssudaga pul berish va pul ko‘chirish operatsiyalari bilan shug‘ullangan. Lekin haqiqiy banklar rivojlanishi Bobillar davlati (miloddan avvalgi 2000-yilning boshlarida janubiy Mesopatamiyada) vujudga kelishi bilan bog‘liq. Banklar keyinchalik Afrika, Misr, Rim va Angliyada rivojlana boshlagan. Davlat banklari XIX asrga kelibgina tashkil topa boshlagan. Fransiya davlat banki 1800-yilda tashkil etilgan, 1816-yil Avstriya, 1825-yili Belgiya milliy banki keyinchalik Rus davlat banki, Italiya milliy banki vujudga kelib, tijorat banklari bilan birgalikda ish yurita boshlagan.


O‘zbekistonda bank tizimi Markaziy banki va aksiyadorliktijorat banklardan iborat ikki bo‘g‘indan tashkil topgan. Bu tizim tarkiban O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning muassasalari, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xalq banki hamda aksiya, pay asosida tashkil qilingan, shuningdek chet el kapitali ishtirokidagi tijorat banklari, ularning vakolatxonalaridan iboratdir. Markaziy bank mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona monetar siyosatini amalga oshiradi. Markaziy bank davlat banki hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi.

Ikkinchidan, Markaziy bank u “banklar banki” deb ham yuritiladi, tijorat banklari va jamg‘arma muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit beradi.

Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat qilmaydi, davlatning va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi.

Markaziy bank bir qator vazifalarni bajaradi.

Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy ehtiyotlarini saqlaydi. Bu ehtiyotlar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin oltin-valuta ehtiyotlarini saqlash vazifasini ham bajaradi.

Ikkinchidan, cheklarni qayd qilish mexanizmini ta’minlaydi va banklararo hisobkitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi.

Uchinchidan, davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi.

To‘rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Beshinchidan, xalqaro valuta bozorlarida milliy valutalarni ayriboshlaydi.

Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish mas’uliyatini oladi, muomalaga milliy valutani chiqaradi. Markaziy bank davlat pul-krediti siyosatini amalga oshiradi. Bunda u:

a) pul muomalasini tartibga soladi;

b) kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini belgilaydi.

Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishda quyidagi usullardan foydalaniladi.

Ochiq bozordagi operatsiyalar;

Zaxira (ehtiyot) me’yorini o‘zgartirish;

Hisob stavkalarini o‘zgartirish.



Ularning har birining o‘zgarishi pul massasining o‘zgarishiga olib keladi, ya’ni mazkur usullar pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvchan qurolidir. Agar Markaziy bankka muomaladagi pul massasini ko‘paytirishi zarur bo‘lsa, u qimmatli qog‘ozlar bozorida davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib olishni boshlaydi. Tijorat banklari aktivlaridagi davlat qimmatli qog‘ozlarini o‘zlari uchun maqbul sharoit asosida sotishga tushadilar. Ma’lum vaqt o‘tgach, obligatsiyalar sotishdan olingan pullar tijorat banklariga cheklar yoki depozitlar shaklida kelib tushadi. Bu mablag‘lardan bir qismi ehtiyotga qo‘yilib, qolganlari bank krediti sifatida foydalaniladi. Agar Markaziy bank inflatsiya sharoitida pul massasini ko‘paytirishning oldini olishga harakat qilsa, u davlat qarz majburiyatlarini sotishni boshlaydi. Tijorat banklari o‘zlariga foydali tarzda davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib oladi va ma’lum vaqt o‘tgach, to‘lov uchun taqdim etadi. Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlar bozoriga doimo ta’sir ko‘rsatishi tufayli davlat obligatsiyalarining to‘lov muddatlari har xil bo‘lishidan qat’i nazar, tezda pul massasini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Ehtiyot normalari pasayganda banklarning ssuda berish mumkin bo‘lgan ortiqcha mablag‘lari ko‘payadi. Aksincha bu norma yuqori bo‘lsa muomaladagi pul taklifi kamayishiga ta’sir ko‘rsatadi. Hisob stavkasi orqali Markaziy bank kredit resurslari hajmiga ta’sir ko‘rsatadi. Hisob stavkasi kamayishi bilan tijorat banklari tomonidan Markaziy bank kreditga talab o‘sadi, aks holda talab kamayadi. Hisob stavkasini pasaytirish bilan iqtisodiy faollik kuchayadi. Sababi pul taklifi o‘sib, qarz olish imkoniyati ortadi. Agarda mamlakatda pul massasini kamaytirish zarur bo‘lsa, Markaziy bank hisob stavkasini oshiradi, natijada kredit qimmatlashadi, iqtisodiy faollik susayadi. Markaziy bank iqtisodiy vaziyatga qarab “arzon” yoki “qimmat” pul siyosatini yuritadi. Agar iqtisodiyotda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, ishsizlik mavjud bo‘lsa, Markaziy bank “arzon” pul siyosatini yuritadi va kredit olishni osonlashtiradi. Buning uchun davlat ochiq bozorda davlat qimmatli qog‘ozlarni banklar va aholidan sotib oladi, ehtiyot normasini kamaytiradi va hisob stavkasi pasaytiradi. Natijada pul taklifi ko‘payadi, foiz stavkasi pasayadi. Bu investitsiyalarning o‘sishi va iqtisodiy faollikning kuchayishiga olib keladi. Agarda mamlakatda inflatsiya yuz berayotgan bo‘lsa, “qimmat” pul siyosati yuritilishiga to‘g‘ri keladi. Bu siyosat kreditni “qimmat” qilib, uni olishni qiyinlashtiradi. Markaziy bank pul taklifini qisqartirish uchun ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlarini sotadi, ehtiyot normasini oshiradi va hisob stavkasini ko‘taradi. Pul taklifi qisqarishi natijasida foiz stavkasi ko‘tariladi. Bu o‘z navbatida investitsiyalarning qisqarishiga, inflatsiyani cheklashga olib keladi. Shunday qilib, Markaziy bank mamlakat kredit-moliya tizimiga bevosita ta’sir qilib, butun iqtisodiyotga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Hozirgi davrda Markaziy bankning “...pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta’minlash; erkin konvertatsiyani ta’minlovchi valutaga oid munosabatlarni tartibga solish, milliy valuta kursini shakllantirishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish”ga qaratiladi. Bank tizimida tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki o‘z o‘rniga ega. U birinchidan eksport tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valutasida kreditlar beradi. Davlat zayomlari va kreditlaridan samarali foydalanishga qaratilgan xizmatlar ko‘rsatadi. Ikkinchidan, xalqaro valuta-kredit bozorlari operatsiyalarida ishtirok etadi. Uchinchidan, hukumatlararo bitimlarning to‘lov shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi va boshqa shu kabi vazifalarni bajaradi. Tijorat banklari tizimi rivojiga ikki tamoyil xos: bir tomondan, universallashuv, ikkinchi tomondan, ixtisoslashuv. Tijorat banklari odatda universal tavsifga ega bo‘lib, o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko‘ra aksionerlik tipidagi korporatsiyalar hisoblanadi. Ular Markaziy bankdan maxsus litsenziya olib, unga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: Hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish; Кredit operatsiyalarini bajarish; Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish; Turli xizmatlar ko‘rsatish; Banklararo operatsiyalar o‘tkazish; Valuta operatsiyalarini bajarish; Biznes yuzasidan maslahat berish va h.k. Tijorat banklari to‘la mustaqil, lekin ular pul emissiya qilish xuquqiga ega emas. Ular real jalb qilgan resurslari miqyosidagina kredit bera oladi. Ixtisoslashgan tijorat banklar alohida sohalarda kredit-pul operatsiyalarini amalga oshiradi. Jumladan, investitsiya banklari iqtisodiyotning turli tarmoqlarini eng avvalo, sanoat, savdo, transportni uzoq muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi, qimmatli qog‘oz chiqaradi va ularni investorlar o‘rtasida joylashtiradi. Uy-joy qurilish banki aholining uy-joy qurilishini moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Ipoteka bank ko‘chmas mulkni garovga olib, uzoq muddatli kreditlar beradi.

Innovatsiya banki ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni kreditlaydi. Shunga o‘xshash boshqa maxsus banklar ham u yoki bu ixtisoslashgan xizmat turini ko‘rsatadi. Tijorat va maxsus banklar faoliyatini Markaziy bank nazorat qiladi. Respublikada “bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchliligini mustahkamlash128”ga qaratilishi lozim. Кredit tizimida maxsus moliya-kredit muassasalari alohida o‘ziga xos mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Кo‘rsatilgan xizmati bir, ikki turda bo‘lib, ko‘pincha maxsus tavsifga ega bo‘ladi. Maxsus moliya-kredit institutlariga ikki tomonlama nazorat xos. Bir tomondan qarz berish, hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish tufayli Markaziy bank talablariga bo‘ysunadi. Ayrim paytlarda ular xalqaro muassasalar tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar asosida ish ko‘radilar. Moliya kredit institutlarining o‘ziga xos turi pochta-jamg‘arma muassasalaridir. U mayda omonatchilarni jalb qilishda katta rol o‘ynaydi. Bunda mijozlarga pochta bo‘limlari orqali xizmat ko‘rsatiladi. Кeyingi paytlarda ko‘plab mamlakatlarda pochtajamg‘arma muassasalari orqali kredit-hisob operatsiyalarini amalga oshirish kengayib bormoqda. Maxsus moliya-kredit muassasalari tizimida lizing, faktoring firmalari ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Odatda lizing va faktoring operatsiyalarini tijorat banklari ham amalga oshiradi. Faktoring firmalari mijozlarining boshqalarga bergan qarzlarini undirishni o‘z zimmasiga oladi va shu qarz ustidan ularga universal moliya xizmati ko‘rsatadi. Jumladan, ular buxgalteriya hisobotini yuritadi, korxonani zarur xomashyo va boshqa resurslar bilan ta’minlash va xaridorlar bilan hisob-kitob xizmatlarini ham amalga oshiradi. Axborot, reklama, huquqiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadi. Кonfensial faktoringda esa ayrim operatsiyalar, jumladan qarzni to‘lash, pul olish huquqlari chegaralangan bo‘ladi. Lizing firmalari tovarlarni ijaraga berish bilan shug‘ullanadi. Lizing iborasi “Ijaraga olmoq” degan ma’noni bildiradi. Bunda ko‘chmas mulk, asbobuskuna va boshqa tovar egalari ularga o‘z mulk egaligini saqlab qoladi. Lizingning oddiy ijaradan farqi shundaki, bunda ijaraga berilgan asbob-uskunalar shartnoma muddati tugagandan so‘ng, ularni qoldiq qiymati asosida sotib olish ko‘zda tutiladi. Lizing kompaniyalarda lizing operatsiyalarini o‘tkazish uchun o‘z mablag‘lari yetishmaydi shu sababli, ko‘pchilik lizing operatsiyalarida jalb qilingan mablag‘lar keng qo‘llaniladi. Bunda odatda bankning uzoq muddatli ssudalaridan foydalaniladi. Lombardlar ko‘chirib bo‘ladigan mol-mulk evaziga kredit beradi. Dastlab lombardlar sudxo‘rlik krediti tarzida yuzaga kelgan. Кeyingi paytda ular mol-mulkni saqlash, hamda garovga qo‘yish, belgilangan muddatda qaytarib olinmagan mulkni komission vositachilik asosida sotishni ham amalga oshiradi.

Кredit birlashmalari ‒xususiy shaxslar guruhi yoki mayda kredit muassasalari tomonidan tashkil etiladi. Ular ikki turda bo‘lishi mumkin: Jismoniy shaxslar guruhi tomonidan kasbi yoki hududiy jihatiga qarab, qisqa muddatli iste’mol krediti berish maqsadida tashkil etiladi. Mustaqil mayda kredit muassasalari ixtiyoriy tarzda birlashuvi tufayli tashkil etiladi. Ularning mablag‘lari paychilik yoki a’zolik badallari va zayomlar chiqarish bilan shakllanadi. Mazkur muassasalarning asosiy operatsiyalari omonatlarini jalb etish, zayomlar chiqarish, o‘z a’zolariga qarz berish, veksellarni hisob-kitob qilish, savdo vositachiligi, komission operatsiyalar, maslahat va auditorlik xizmatlari ko‘rsatishdan iborat. O‘zaro kredit berish jamiyatlari o‘z xarakteri jihatidan tijorat banklariga yaqin bo‘lib, asosan mayda va o‘rta biznesga xizmat ko‘rsatadi. Ularning a’zosi jismoniy, yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Jamiyat kapitali unga a’zo bo‘lib kirish badallaridan tashkil topadi. Moliya kompaniyalari odatda tovarlar oldi-sotdisiga kredit beradi. Savdo va sanoat firmalariga qarzga sotilgan tovari uchun kredit berish bilan shug‘ullanadi. Ba’zi kompaniyalar alohida turdagi maqsadlar uchun kredit berish bilan ham shug‘ullanadi. Sug‘urta kompaniyalari asosan sug‘urta polislarini sotish bilan shug‘ullanadi. O‘z mablag‘larini sanoat kompaniyalari obligatsiyalari, aksiyalari hamda davlat qimmatli qog‘ozlariga qo‘yadilar. Pensiya fondlari eng avvalo, o‘z mablag‘larini tashkil etish va pensiya berish bilan shug‘ullanadi. O‘z mablag‘larini asosan sanoat kompaniyalari aksiyalariga qo‘yadi.

Investitsion kompaniyalar o‘z majburiyatlarini mayda mijozlar o‘rtasida joylashtirib, turli tarmoqlar qimmatli qog‘ozlarini sotib olish bilan shug‘ullanadi. Кredit uyushmalari o‘z a’zolari, kooperatorlar, ijara korxonalari, kichik va xususiy biznes hamda jismoniy shaxslarga kredit hisobkitob xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi. Ularning kapitali paylari va kirish badallari hisobiga tashkil topib, shirkatdan chiqqanda qaytarilmaydi. Asosiy passiv operatsiyalari omonatlarini jalb etish va zayomlarini joylashtirishdir129. Кredit uyushmalarining o‘ziga xos turi qishloq xo‘jalik kredit jamiyatlaridir. Uning ta’sischilari Markaziy, tijorat, maxsus banklar, hukumat, jismoniy, yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Ular faoliyatining asosiy yo‘nalishi qishloq xo‘jaligiga kredit berish va hisobkitob xizmatlarini ko‘rsatishdir. Uning mijozlari dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik kredit jamiyatlariga soliq imtiyozlari beriladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida maxsus moliya-kredit muassasalari soni tobora ortib boradi. Ular nihoyatda katta mablag‘larni jalb etish bilan birga kapitallarni samarali joylashtirishga ham erishib, umuman iqtisodiyotni rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, AQSHda ana shunday muassasalarning aktivlari tijorat banklari aktivlaridan deyarli ikki barobar ko‘pdir. Respublikamizda ham bunday muassasalar tashkil etishda anchagina muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi.



6. Pul multiplikatori
Bank tizimi mamlakatdagi pul massasini o‘zgartirish layoqatiga ega bo‘ladi. Davlat bankining emission faoliyatidan qat’iy nazar pul massasi hajmi tijorat banklari kreditlari hisobiga ko‘payadi. Banklar ssuda berganda pul massasi ko‘payadi, aksincha mijozlar olgan qarzni kamaytirganda pul massasi kamayadi.

Biroq bitta alohida bank pul massasini ko‘paytira olmaydi, barcha banklar birgalikda bunday imkoniyatga ega bo‘ladi. Bu jarayonni quyidagicha tushuntirish mumkin. Aytaylik “A” bankning aktivlari 200000 mln so‘m bo‘lsin, bank uning bir qismini ehtiyot tarzda Markaziy bankda saqlashi lozim. U asosiysi majburiyat bo‘yicha to‘lovga qobiliyatsizlik xatarini kamaytirishga qaratiladi. Uning minimal miqdori Markaziy bank tomonidan majburiy ehtiyot normasi sifatida o‘rnatiladi va pul massasi va shu orqali tartibga solish vazifasini bajaradi. Agar bankning majburiyatlari 200000 mln so‘m bo‘lib, undan 40000 mln so‘mini majburiy ehtiyotlarni tashkil etsa, uning normasi 20% ni tashkil etadi.



Bu normani Markaziy bank davlatning pul-kredit siyosatidan kelib chiqib belgilaydi. Tijorat banklar zarur ehtiyotlardan ortiq mablag‘larini boshqa banklarga qarzga beradi. Agar ehtiyot normasi 20% deb olsak, “A”bank 40000 mln so‘mni majburiy ehtiyot sifatida saqlaydi, 160000 mln so‘mni mijozlarga ssudaga berishi mumkin. Bank kredit berganda, bu summani mijozning joriy hisobiga o‘tkazadi. Ssuda olgan tadbirkor o‘z navbatida sotib olgan tovari uchun chekni xizmat ko‘rsatuvchi “B”bankka o‘tkazadi. Natijada “B”bankda 160000 mln so‘m yangi pul massasi paydo bo‘ldi Misolni jadvalda ifodalasak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:


Download 174.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling