Mavzu: Pushti Kishmish, Kishmish Vir. Reja: I kirish II asosiy qism


Uzum saqlanadigan omborlarni mavsumga tayyorlash va ularga mahsulotni joylash


Download 1.25 Mb.
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1509021
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi Pushti Kishmish, Kishmish Vir

2.5 Uzum saqlanadigan omborlarni mavsumga tayyorlash va ularga mahsulotni joylash
Omborlarga yerto‘la, oddiy bino omborlari kiradi. Bunday omborlar eshik va darchalar orqali shamollatib turiladi. Ombor harorati tashqi havoga bog‘liq bo‘ladi. Maxsus uskunalar bilan jixozlangan ombor ancha mukamal bo‘lib, ular yaxshi «izolyatsiya» qilingan va uzum saqlanadigan kameralarga ega. Maxsulot saqlanadigan xonalar kompressorli qurilmalar, kameralarni uskunalariga qarab ombor sovutiladigan hamda eritmalar yordamida havoni sovutadigan turlariga ajratish mumkin.
Havo bilan sovutilgan omborlarda sovitish uskunalari kameralarning shipiga o‘rnatiladi. Ventilatorlar ularga sovutilgan havoni yuborib turadi.
Eng oddiy omborlarga quyidagilar kiradi: Yerto‘la-quruq yerda chuqurligi bir metr qilib qazilgan ustiga tom qilinadi, yon tomonlariga taxta qoqiladi yoki g‘isht terib chiqiladi. Devori bo‘ylab saqichlar suriladi. Yerto‘laning uzunligiga qarata har 3.5 metrda bittadan yo‘g‘onligi 10x10 santimetr ventilatsiya quvurlari o‘rnatiladi. Mevalar tokchalarga yoki qutilarga joylashtirilib saqlanadi. (4)
Oddiy omborlar yerni qazimasdan quriladigan binolar bir qavatli, g‘ishtli bo‘ladi. Devor va shiftlardan po‘kak, qamish, qipiq va boshqa materiallardan tayyorlangan plitalar bilan qoplanadi. Binoni shamollatib turilishi uchun qopqoqli tuynuklar ochiladi. (1)
2. Omborlarni mavsumga tayyorlash uchun ombor ekin meva qoldiqlari va xas-cho‘pdan tozalaniladi. Bino tevaragidagi maydon ham tozalaniladi. Chirigan mevalar 500 metr uzoqlikka olib borilib ustiga 4 foizli xlorli oxak sepilib yerga ko‘miladi. (5)
Yozda ombor shamollatib quritib turiladi. Yog‘och jixozlar qirg‘ich bilan tozalanib bir foizli formalin eritmasi purkaladi va oftobda quritiladi. Bino oltingugurt yoki formalin eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi.Har bir metrga 50-60 g oltingugurt sarflanadi. Buning uchun bino ichi vaqtincha germetik xolatga berkitiladi. Ishchilarga protivogaz va maxsus kiyim kiygiziladi. Hosil joylashga 2-3 hafta qolganda binoni ichi oqlanadi. Bunda bir chelak suvga 1.5 kg oxak va 200 g mis kuporosi qo‘shish kerak bo‘ladi (2, 3)
Uzoq vaqt saqlash uchun asosan kechpishar navlar ajratiladi. Uzum mahsulotini uzish, tashish, navlarga ajratish va yashiklarga joylashda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yish, uzumni ezilishiga va yashiklar shikastlanishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, barcha kalamush inlariga tosh va oyna parchalari tiqib, ustidan sementlanadi.
Omborlar o‘z vaqtida zarur asbob-uskina va materiallar, chunonchi termometr, psixrometr, taroz, chiroq, quti, savat va boshqa jixozlar bilan jixozlanadi (3)
3. Terilgan uzum hosilini saralab yashiklarga joylangandan so‘ng transport vositalariga ortib, omborlarga olib boriladi, tarozida tortilgandan keyin sovutgich, oddiy ombor yoki yerto‘lalarga joylashtiriladi.
Yaxshi saralangan mahsulotni uzoq saqlash mumkin. Bu ishda uzum shakli, rangi, uzum boshlarining katta-kichikligi, zichligi va g‘ujumiga qarab navlarga ajratiladi (5)
Uzum boshlarini ortiqcha zich va shikastlantirmay to‘g‘ri joylash, ortiqcha tiqishtirmaslik, yashiklarning og‘irligi bir xil bo‘lishi, mehnat unumdorligini oshirish va omborda saqlashni to‘g‘ri uyushtirish imkonini beradi (2)
Uzum taxlangan yashiklarni sovutish kameralariga xuddi boshqa mevalar singari taxlab qo‘yiladi. Uzumni yaxshi saqlash uchun kameralar har oyda ikki marotaba oltingugurt gazi bilan dudlantiriladi. Bunda har bir m3 maydonga 3 g oltingugurt sarflanadi. Saqlanayotgan uzumni sifati har oyda 2 marta ko‘zdan kechiriladi (3, 4)
Xulosa.
Ertapishar uzum navlarini yaratish. Uzumning ertapishar xo'raki, kishmishbop va vinobop navlarini yaratish tok selektsiyasi oldida turgan muhim vazifalardan biri.
Xo'jalik jihatdan katta ahamiyatga ega bo'lgan bunday navlarni yaratishda Vitis vinifera turi ichida hamda boshqa turlarni chatishtirish 178 yo'li bilan ijobiy natijalarga erishish mumkin. Bunda asosiy donor sifatida uzumning eng ertapishar va ertapishar navlaridan foydalanib, ular onalik va otalik o'simlik sifatida hosildorligi va hosil sifati yuqori, noqulay sharoitlarga chidamli kabi yaxshi sifatlarga ega bo'lgan navlar bilan chatishtiriladi. Nav yaratishda urug'ning unuvchanligi ham katta ahamiyatga ega. Odatda ertapishar navlar urug'larining unuvchanligi past bo'ladi. Shuning uchun, chatishtirishda ulardan faqat ota o'simlik sifatida foydalangan ma'qul.
Ilgarilari ayrim selektsionerlar bitta duragay organizmda ertapishar, hosilning yuqori va sifatli bo'lishi, noqulay sharoitlarga chidamlilik kabi xususiyatlarning birga uyg'unlashuvi mumkin emas degan fikrda bo'lganlar. Rus va boshqa chet el olimlarining keyingi yillarda seleksiya borasida olib borgan ishlari va erishilgan yutuqlar bunday fikrning noto'g'ri ekanligini isbotladi. Bunga uzumning eng ertapishar va ertapishar, serhosil, sifatli, noqulay sharoitlarga chidamli bo'lgan Osobiy, Vostorg, Ranniy Magaracha, Korakoz, Ranniy Shredera kabi navlarining yaratilib ishlab chiqarishga tadbiq etilgani misol bo'lishi mumkin.



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling