Mavzu: Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolganlar bilan ishlashda ijtimoiy ishchining roli va majburiyatlari


Download 75.86 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi75.86 Kb.
#1518327
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu

Baho nima?

Baho nima?

  • Siz yoki boshqa biror kishi sizning nomingizdan ijtimoiy ish bo‘limiga bolangizga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan qiyinchiliklarni hal etishda yordam so‘rab murojaat etdilar.
  • Sizga yordam ko‘rsatishimiz mumkin bo‘lishidan avval, sizning oilangiz va siz haqingizda ko‘proq bilib olishimiz zarur. Bu ba’zi axborotlarni to‘plashni, ushbu axborotlarni siz bilan muhokama qilishimiz va siz bilan birgalikdagi harakatlarimiz bo‘yicha hamkorlikda hal qilishimizni o‘z ichiga oladi.
  • Shunday jarayonni baholashni o‘tkazish deb ataymiz.


Oila a’zolari uchun o‘tkazilayotgan baholash mohiyatini tushuntirish
(Misol)

Baholash nima uchun o‘tkaziladi?

Baholash nima uchun o‘tkaziladi?

  • Oilangizdagi vaziyatni baholashni o‘tkazib oilangiz qanday yordamga va qanday qo‘llab-quvvatlashga muhtojligini, mana shu yordamni hamda qo‘llab-quvvatlashni kim yaxshi amalga oshirishi mumkinligini ko‘ramiz.
  • Barcha to‘plangan axborotlar yozib olinadi. Odatda, barcha axborotlar mutaxassis tomonidan to‘ldiriladigan bo‘lsa ham, barcha axborotlarni to‘plash va yozishda sizga ishtirok etishning to‘la imkoniyati beriladi.
  • Siz bergan barcha axborotlar tashkilotingizda maxfiy saqlanadi. Agar ushbu axborotlarni yana kimdir bilan muhokama qilish kerak bo‘lsa, biz har doim sizning ruxsatingizni so‘raymiz. Bolaga jiddiy zarar yetkazilishi xavfi bo‘lgan vaziyatda sizdan ruxsatsiz axborotlar oshkor qilinishi mumkin bo‘lgan yagona holat bo‘ladi.
  • Lekin shunday holatda ham ushbu vaziyatda o‘z huquqlaringiz haqida ogohlantirilasiz.

Baholash vaqtida nimalar sodir bo‘ladi?

Baholash vaqtida nimalar sodir bo‘ladi?

  • Baholash o‘tkazilishi ijtimoiy xodimning siz va oilangiz a’zolari bilan bir necha bor uchrashish kerak bo‘lishini ko‘zda tutadi.
  • Agar farzandlaringiz baholash o‘tkazilishida ishtirok etish uchun yetarlicha katta yoshli bo‘lsalar, unda ijtimoiy xodim ularga ishtirok etishlarida yordam ko‘rsatadi.
  • Agar boshqa insonlar yoki tashkilotlar sizga yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa, unda biz ular bilan ham gaplashishimiz kerak bo‘ladi. Ammo avval siz bilan bularning barchasini muhokama qilib olamiz.
  • Agar baholashning o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha ijtimoiy xodim xulosalarini to‘g‘ri deb hisoblamasangiz, unda sizning fikringiz o‘tkazilgan baholash to‘g‘risidagi hisobotda yozma ravishda qayd etiladi.
  • Baholash o‘tkazilishining maqsadi bolangiz (yoki bolalaringiz) ehtiyojlarini qondirish va bolangizni tarbiyalashda sizga qanday yordam ko‘rsatishni aniqlab olish uchun harakatlar rejasini tuzib olish hisoblanadi. Sizga harakatlar rejasining nusxasi, albatta, beriladi.

Download 75.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling