Sizdan nimalarni kutamiz? Sizdan nimalarni kutamiz? - Barcha ota-onalar o‘z bolalari uchun qo‘llaridan kelganini qilishlarini bilamiz. Baholash o‘tkazilishi qanday resurslarga ega ekanligingizni, sizning kuchli tomonlaringizni hamda siz duch kelgan asosiy muammolarni tushunib olishimizga yordam beradi.
- O‘z qiyinchiliklaringiz to‘g‘risida hamda oilangizda nimalar muammolarsiz sodir bo‘lishi haqida gapirib bersangiz sizga yaxshiroq yordam ko‘rsatishimiz mumkin bo‘ladi. Sizning vaziyatingiz bo‘yicha nimalar qilayotganligimiz va o‘ylayotganligimiz haqida doim xabardor qilib boramiz.
- Baholashni o‘tkazish siz bilan ishlashimizning muhim qismi hisoblanadi. Ba’zi hollarda bolaga nisbatan xavf mavjud, deb juda xavotirda bo‘lamiz. Bolaning xavfsizligini ta’minlash bizning asosiy g‘amxo‘rligimiz hisoblanadi. Iltimos, o‘z ijtimoiy xodimingizdan bu xususida batafsilroq tushuntirib berishini so‘rang. Siz bilish huquqiga egasiz.
Siz bizdan nimalarni kutishingiz mumkin? Siz bizdan nimalarni kutishingiz mumkin? - Biz sizni diqqat bilan tinglaymiz, sizga maslahat taklif etamiz va zarur bo‘lsa bolalaringizni tarbiyalash hamda ta’minlashda yordam ko‘rsatamiz, qo‘llab-quvvatlaymiz, muammolaringizni hal qilishda sizga yordam beramiz.
- Ko‘pchilik oilalarga hech bo‘lmaganda kichik bir yordam ko‘rsatilsa, ular o‘z muammolarini o‘zlari hal qilishga qodir ekanliklarini bilamiz. Bizning maqsadimiz ham aynan shundan iborat.
- Sizga iloji boricha tezroq yordam ko‘rsatish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishlarni bajaramiz. Ammo ko‘pincha odamlar ularga ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlardan ko‘ra ko‘proq yordamga muhtoj bo‘ladilar. Bu ba’zi hollarda, hatto siz haqiqatda yordamga muhtoj ekanligingiz tan olinganida ham shunday yordam bevosita bizning agentligimiz tomonidan ko‘rsatila olinmasligini anglatadi. Shunday holatlarda biz har doim yordam ko‘rsatishning muqobil manbalarini izlaymiz, biroq xizmatlarning u yoki bu aniq bir turi ko‘rsatilishi mumkinligiga kafolot bera olmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |