Mavzu: Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolganlar bilan ishlashda ijtimoiy ishchining roli va majburiyatlari
Download 75.86 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolani ko‘rish.
- Bolani kuzatish.
Ota-onalar tomonidan qattiq qarshilik ko‘rsatilgan hollarda, bu hech qachon ijtimoiy xodimning vaziyatni to‘g‘ri va sifatli baholashga qat’iyligiga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Biroq ba’zi hollarda ochiq do‘q qilish va tajovuzkor axloq bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish hollari uchrashi mumkin. Shunday hollarda ushbu xulqining haqiqiy xavfini, uning bolaga va boshqa oila a’zolariga mumkin bo‘lgan yomon ta’sir ko‘rsatishini baholash muhim. Aynan mana shunday hollarda rahbariyat tomonidan oqilona superviziya va shunday oila bilan to‘g‘ri ishlash strategiyasini ishlab chiqish, ayniqsa, muhimdir. Bu boshqa agentliklar xodimlari bilan hamkorlikda ishlash, oila a’zolari bilan uchrashish vaqtini o‘zgartirish yoki boshqa bir choralar bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham mana shunday vaziyatlarga juda jiddiy qaralishi kerak.Bolani ko‘rish.
Bola qanchalik yosh va vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar uni ko‘rmasdan baholashni o‘tkazish mumkin emas. Vaziyat qanchalik murakkab va chalkash bo‘lsa hamda qanchalik ko‘p tashvishlantiradigan bo‘lsa, unda ijtimoiy xodim bolani muntazam ko‘ra olishi va uning tashqi ko‘rinishi, jismoniy holatini, emotsional o‘zini his qilishi, xulqi va xulqidagi har qanday o‘zgarishlarni kuzatib borishi yanada muhim hisoblanadi.Bolalar bilan muloqotda bo‘lish Bola bilan bevosita ishlash to‘rt asosiy komponentlardan tashkil topadi: bolani ko‘rish, kuzatish, u bilan so‘zlashish va qandaydir hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish. Bolani kuzatish.
Bolaning harakatlarini va atrofdagilar bilan munosabatlarini turli vaziyatlarda kuzatish zarur. Uning akalari va singillari (agar ular bo‘lsalar), ota-onalari va vasiylari hamda maktab sharoitlaridagi munosabatlarini ko‘rish muhim. Bolalar qandaydir vaziyatlarda o‘zlarining hissiyotlarini yashiradilar yoki bostiradilar, shuning uchun cheklangan sonli kuzatishlar bilan xulosalar chiqarish kerak emas.Download 75.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling