Mavzu: qobiliyat reja: Layoqat va qobiliyat. Qobiliyatlar tuzilishi va turlari. Talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi


Download 365.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana28.12.2022
Hajmi365.84 Kb.
#1020115
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
22-mavzusi. Psixologiya. QOBILIYAT. ma\'ruza

Matematik qobiliyatlar ustida V.A. Krutetskiy ish olib borgan. Matematik 
qobiliyatar tarkibida matematik xotira, miqdoriy va fazoviy munosabatlar 
sohasidagi mantiqiy tafakkur qobiliyati, matematik materialning tezda 
kengaytirilgan holda umumlashtirish, bir operatsiyadan ikkinchisiga oson va erkin 
o‘tish, mulohaza va echimlarning aniqligi, oddiyligi, tejamkorligi va omilkorligiga 
intilish katta ahamiyatga ega. Matematik qobiliyatlar o‘zagini V.A. Krutetskiy 
tafakkurning matematik yo‘nalganligi tashkil etadi deb hisoblaydi. Yordamchi 
xossalar sifatida sensor va aqliy sohalardagi individual-psixologik xususiyatlari 
matematik faoliyat talablariga javob beradigan, mos bo‘lgan sohadagi ma’lum 
bilim, malaka va ko‘nikmalarning aniq zahirasini ko‘rsatadi. 
Pedagogik qobiliyatlarni N.V. Kuzmina, F.N. Gonobolinlar tadqiq qilganlar. 
Pedagogik qobiliyatlar tuzilishida pedagog odobi, kuzatuvchanlik, bolalarga 
muhabbat, bilimlarni berishga ehtiyoj, perseptiv, kommunikativ, tashkilotchilik va 
boshqa qobiliyatlar majmuasi etakchi sifatlar o‘rnini egallaydi. YOrdamchi 
sifatlarga artistlik mahorati, notiqlik, hazilkashlik va boshqalar kiradi. 
Tashkilotchilik qobiliyatlari muammosini uzoq vaqt L.I. Umanskiy tadqiq 
qilgan. Muallif tashkilotchilik qobiliyatlari tarkibini aniqladi. Qobiliyatli 
tashkilotchi shaxsi uchun L.I. Umanskiy fikricha quyidagi sifatlar zarurdir, bular: 
shaxsning yo‘nalganligi, uning shayligi, umumiy sifatlari (muloqotchanlik, 
rivojlanganlikning umumiy darajasi, amaliy ong, kuzatuvchanlik, faollik, 
tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, tashkilotchilik, mustaqillik, o‘zini tuta bilish), 
maxsus xossalar (tashkilotchilik hissi, psixologik odob, emotsional-irodali 
ta’sirchanlik, jamoatchilik faolligi, talabchanlik, tanqidiylik, tashkilotchilik 
faoliyatiga moyillik, shaxsning individual xususiyatlari shular jumlasidandir. 
O‘quvchilarning texnikaviy qobiliyatlari M.G. Davletshin tomonidan 
o‘rganilgan. Texnikaviy qobiliyatlar tarkibida muallif tomonidan tayanch va 
etakchi xossalar, shuningdek, yordamchi sifatlar ko‘rsatilgan. Texnikaviy 
qobiliyatlarning tayanch xossasi bo‘lib texnikaviy kuzatuvchanlik hisoblanadi 
(inson idrokining mashina, asosiy bo‘g‘inlar va tuzilmalarning tuzilish tamoyiliga, 
ularning o‘zaro ta’siriga yo‘nalganligi). Etakchi xossalar bo‘lib texnikaviy tafakkur 
va texnikaviy xayol hisoblanadi (texnikani tushunish, amaliy zakovat, texnikaviy 
moslamani tahlil qilish, qismlardan yaxlitlikni yasash qobiliyati, fazoviy 
tasavvurlarning jonliligi va aniqligi, shakllar va masofalarni yodda olib qolish, 
konstruktiv fantaziya). YOrdamchi xossa qo‘l epchilligi hisoblanadi. 



Download 365.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling