Mavzu: Qobiliyat va kasb. Reja


Kasblarni guruhlarga ajratishning o‘ziga xosligi


Download 446.17 Kb.
bet11/15
Sana15.06.2023
Hajmi446.17 Kb.
#1483787
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mavzu Qobiliyat va kasb. Reja

Kasblarni guruhlarga ajratishning o‘ziga xosligi. Ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan amaliyotchi psixologlar ishida o‘quvchilarda qanday kasblarga moyilliklar mavjudligini aniqlash, ularni kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘llash, ular bilan kasb-hunarga oid masalalarda maslahat ishlari olib borish kabi masalalar muhimdir. Inson shaxsi rivojlanishining shu bosqichida to‘g‘ri yo‘lni tanlay olishi, uning kelgusi hayoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. E.A.Klimov tomonidan taklif etilgan “Differensial-diagnostik so‘rovnoma” (DDS) aynan psixologik amaliyotda keng qo‘llanilib, o‘zining samaradorligini, foydalanish uchun qulayligi bilan xarakterlanib kelayotgan metodikalardir.
Bu metodika yordamida sinaluvchining faoliyatni u yoki bu turidan qaysi birini ko‘proq ma’qul ko‘rishligi va shunga mos ravishda qaysi kasbga moyilligi aniqlanadi. Undan mehnat ta’limining boshlanish bosqichlarida, ya’ni hali kasbni o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan vaqtda foydalanish va uning natijalariga asoslangan holda o‘quvchiga to‘g‘ri maslahatlar berib uni o‘zining individual-psixologik xususiyatlariga ko‘proq mos keladigan kasb-hunarga yo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

2) Kasbiy saralash va profesional tanlovning kasbiy psixologiya fanidagi orni.
Dunyoda 10000 dan ortiq kasb va mutaxassisliklar mavjud. Ushbu kasblarning birini qobiliyatlarimizga, dunyoqarashimizga eng asosiysi qiziqish va moyilliklarimizga qarab tanlashimiz kerak.
O‘qituvchi xodimlar tomonidan qilinadigan loyiha va dissertatsiyalar nazorati bilan talabalarning tartib nazorati orasida nomutanosiblik mavjud. Birinchi talab bu — muddat(vaqt), loyihalashtirish mahoratida ikkala rahbar va nazoratchi ishtirokidan uddaburonlik g‘ayrati talab qilinadi. Keyingi ikkinchi talab bu - o‘z-o‘zini anglash(o‘zlikni anglash, ma’salan kimningdir shaxsiy yo‘nalshi,jinsi,irqi,malakasi) talaba ko‘nikmasi qobilyat bilan jipslashtiriladi. Bu nomutanosiblik qo‘shimcha mulohaza yuritilishini ta’minlaydi.
1920 yillarning ikkinchi yarmida rus psixotexniklari tez suratlarda kasbiy faoliyatnin tamoyilva usullarini ishlab chiqdilar. Shu tadqiqotlarni umumlashtirishi natijasida psixotexnikada maxsus yondoshuv professiografiyani shakllanishigaolibkeldi.Buyondashuvningmohiyati - kasblartasviri,umuman olganda professiografiyani o‘rganish, kasbning psixologik tavsifi va loyihalashtirishini o‘z ichiga oladi.

Download 446.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling