Mavzu: quritish jarayonlarini hisoblash


Nam havoning asosiy xossalari


Download 55.13 Kb.
bet2/7
Sana14.10.2023
Hajmi55.13 Kb.
#1703432
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QURITISH JARAYONLARINI HISOBLASH.

Nam havoning asosiy xossalari


Nam havo quruq havo va suv bug`larining aralashmasidan iborat. Quritish jarayonida nam havo namlik va issiqlik tashuvchi agent vazifasini bajaradi. Ayrim sharoitlarda tutunli gazlar yoki ularning havo bilan aralashmasi ishlatiladi, biroq nam havo va tutunli gazlarning fizik xossalari bir-biridan faqat son qiymati bo’yicha farq qiladi. Nam havoning asosiy xossalari quyidagi tushunchalar bilan belgilanadi: absolyut namlik, nisbiy namlik, nam saqlash, entalpiya.

Absolyut namlik. Nam havoning hajm birligiga tochg`ri kelgan suv bug`larining miqdori absolyut namlik deb ataladi va (kg/m3) bilan belgilanadi. Agar nam havo sovitilib borilsa, ma’lum haroratga etgach, namlik shudring sifatida ajrala boshlaydi. Namlik bunday holatda ajralishga tochg`ri kelgan haroratga shudring nuqtasi deb ataladi. Bunday sharoitda havo tarkibida maksimal miqdorda suv bug`i bo’ladi. Havoning tochyinish paytidagi absolyut namligi orqali ifodalanadi.
Nisbiy namlik. Havo absolyut namligining tochyinish paytidagi absolyut namlikka nisbati nisbiy namlik deb ataladi. Havoning namligi (tochyinish darajasi) quyidagi ifoda bo’yicha topiladi:

 = сб =

pсб p
, (30.1)

bu yerda,P сб tekshirilayotgan nam havodagi suv bug`larining parsial bosimi, Pa; P
berilgan harorat va umumiy barometrik bosimda tochyingan suv bug`larining bosimi, Pa.
Nisbiy namlik havoning muhim xossasi hisoblanadi. Havo tarkibida namlik qancha kam bo’lsa, bunday havo quritish jarayonida shuncha samarali ishlatiladi. Namlik bilan tochyingan havodan qurituvchi agent sifatida foydalanish mumkin emas.
Nisbiy namlikni aniqlash uchun psixrometrdan foydalaniladi. Psixrometr ikkita termometrdan iborat bo’lib, bitta termometrning sharchasi doim ho’llab turiladi va u ho’l termometr deb yuritiladi. Ikkinchisi esa quruq termometr deb ataladi. Quruq va ho’l termometrlar

ko’rsatishlarining ayirmasi
t = tк
t х
haroratlarning psixrometrik ayirmasi deyiladi. Nisbiy

namlik qancha kam bo’lsa, ho’l termometr sharchasi yuzasida suvning bug`lanishi shuncha tez boradi, natijada sharcha tezlik bilan soviydi. Shu sababli havoning nisbiy namligi kamayishi

bilan haroratlarning psixrometrik ayirmasi ko’payadi. Bu ayirma t
asosida va psixrometrik

jadvallar yoki diagrammalar yordamida havoning nisbiy namligi topiladi.

Download 55.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling