Konvektiv usul. Bu usulda material quritgichda xarakatlanuvchi issiqlik tashuvchilar (issiq havo, tutun gazlari) hisobiga qiziydi. Issiqlikning muxit oqimi tufayli ko`chishi qanchalik ko`p bo`lsa, quritish jarayoni shunchalik tez amalga oshadi. Radiatsiyali usul. Bu usulda materialni quritishda quritish agenti bo`lib, nurlanish orqali berilgan material yuzasidagi issiq havo xizmat qiladi. Jismning issiqlik yutish miqdori quyidagi formula orqali hisoblanadi: Radiatsiyali usul. Bu usulda materialni quritishda quritish agenti bo`lib, nurlanish orqali berilgan material yuzasidagi issiq havo xizmat qiladi. Jismning issiqlik yutish miqdori quyidagi formula orqali hisoblanadi: q=Cn ̽ ɸn [(Tu/100)^4 – (Tn/100)^4] kkal/m²soat C – jismning va nurlanuvchining oraliq darajasiga bog`liq ravishdagi nurlanish koeffitsienti, kkal/m²soat. ɸn - jismning o`zaro joylashishiga bog`liq ravishdagi burchak koeffitsienti. Tu, Tn – quritilayotgan jism va nurlanuvchining mos ravishdagi harorati, °K. Nurlanishda material yuzasidagi harorat oshadi va uning natijasida bug`ning parsial bosimi ortib qurish tezligi bir muncha oshadi. Yuqori chastotali tok bilan quritish usuli. Bu ususlda jism yuqori chastotali elektr maydoni ta`siridagi issiqlik hisobiga quritiladi. Bu usulda material bir vaqtda butun massasi bo`ylab bir tekis quriydi. Ilmiy tekshirish natijalariga ko`ra 29-30% namlikka ega bo`lgan material yuqori chastotali quritish jixozida 45 minut davomida quriydi va uning namligi 1% ga yetishi mumkin. Quritgichlarning tavsiflanishi va turlari. Quritgichlarning tavsiflanishi va turlari. Ishlash tarziga ko`ra quritgichlar uzluksiz va davriy ishlovchi turlarga bo`linadi. Materialga issiqlikni berilishi bo`yicha konvektiv, kontaktli, radiatsiyali va yuqori chastotali turlarga bo`linadi. Issiqlik tashuvchining turi bo`yicha issiq havo bilan, bug` va elektr toki bilan ishlovchilarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |