Mavzu. Rasmiy-idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari Reja


Masalan: «Shuni hisobga olib, ...», «Men, 2-kurs  talabasi Umida Ikrom qizi ,...»,  kabi.  Nuqtali vergul


Download 421.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana28.01.2023
Hajmi421.62 Kb.
#1134794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-mavzu

Masalan: «Shuni hisobga olib, ...», «Men, 2-kurs 
talabasi Umida Ikrom qizi
,...», 
kabi. 
Nuqtali vergul izohlanayotgan voqea-hodisa, narsalarning tartib raqami qavs 
bilan ajratilgan so‘z, birikma va gaplardan so‘ng qismlari mazmunan farqlanuvchi 
qo‘shma gaplar tarkibida ishlatiladi. 
Ikki nuqta hujjatlar matnida quyidagi holatlarda qo‘yiladi: 
- matn 
tarkibida 
izohlanayotgan, 
sanalayotgan 
bo‘laklardan oldingi 
umumlashtiruvchi «quyidagilar»«shu 
haqda» kabi 
so‘zlaridan 
oldin; 
- farmoyish hujjatlarida «Buyuraman» so‘zidan, bayonnomaning «Kun tartibi», 
«Eshitildi», «So‘zga chiqdilar», «Qaror qilindi» kabi zaruriy qismlaridan so‘ng; 
- matnning «Asos», «Ilova» kabi qismlaridan keyin. 
Qavs hujjat matnining biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh berish zarurati 
bo‘lganda qo‘llanadi. Bunda izohlovchi so‘z, manzil nomi, mablag‘ yoki miqdoriy 
ko‘rsatkichni ifodalovchi raqam qavs ichida berilishi lozim. Masalan: 8500 (sakkiz 
ming besh yuz) so‘mlik
Tire quyidagi holatlarda qo‘yiladi: 
- izohlanmish bilan izohlovchi o‘rtasida. Masalan: Javobgar – marhumning 
tug‘ishgan singlisi. 
- ajratilgan gap bo‘laklari o‘rtasida. Masalan: Onasinikiga – 
Buxoro shahar

Yangiyer ko‘chasidagi 50-uyda yashovchi Muyassar Qayumovanikiga ko‘chib 
ketgan. 
Rasmiy uslubning lingvistik xususiyatlari. Rasmiy uslub tilining asosiy 
xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar 
so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va 
ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda: shunga 
ко‘rа; ma’lum qilamizki; ...ni e’tiborga olib; ...ga ко‘rа; ...biz, quyida imzo 
chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; 
...berilsin, ...taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak hikoya xarakterida bo‘lishini, 
so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasliguii, 
fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turlarining keng 
qo‘llanishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi. 


Ushbu uslubga xos bo‘lgan yoki xos bo‘lmagan stilistik xususiyatlar rasmiy tilda 
shakllangan matnlarning leksik-grammatik xususiyatlarida yana ham yaqqol 
namoyon bo‘ladi. 

Download 421.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling