Mavzu. Rasmiy-idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari Reja
Rasmiy uslubning morfologik xususiyatlari
Download 421.62 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu
Rasmiy uslubning morfologik xususiyatlari. Rasmiy matnlarning uslubiy
alomatlari uning morfologiyasi va sintaksisida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, har bir so‘z turkumiga oid so‘zlarning qo‘llanishida o‘ziga xoslik ko‘zga tashlanadi. Otlarni olaylik. Umumlashtiruvchi ma‘nodagi otlar faol: bolalar, ota- onalar, qo‘shin, qurol, aholi, xalq, ishchilar, xizmatchilar, shaxslar, tomonlar, saylovchilar, partiyalar, vakillar va hokazo. Otlarning ma‘lum bir qismi rasmiy uslub ichidagi janr ko‘rinishlariga mos tarzda qo‘llaniladi. Idoraviy uslubdagi ma‘lumotnoma, dalolatnoma, ariza, tilxat, tavsifnoma, bayonnoma singari otlar bunga misol bo‘la oladi. Noaniqliklarga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadida ular olmoshlar bilan almashtirilmaydi: O‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta‘sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir (1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» gi Qonunning 16 - moddasidan). Rasmiy uslubga oid matnlarda fe‘l so‘z turkumidagi so‘z shakllari alohida mavqega ega. Masalan, uning o‘timli va o‘timsiz shakllarini olib ko‘raylik. Konstitutsiya matnida quyidagi o‘timli fe‘llar uchraydi: amalga oshirmoq, afv etmoq, bekor qilmoq, belgilamoq, vakolatlarini saqlab qolmoq, vakolatlarni amalga oshirmoq, joriy qilmoq, imzolamoq, kafolatlamoq, rag‘batlantirmoq, saylamoq, tayinlamoq, taqdim etmoq, tartibga solmoq, tasdig‘iga kiritmoq, tasdiqlamoq, ta‘minlamoq, ta‘sis etmoq, tuzmoq, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritmoq, qilmoq, halqilmoq kabi. O‘timsiz fe‘llar esa nihoyatda faol qo‘llaniladi. Bu holat, ayniqsa, buyruq, farmoyish, bayonnoma, qaror, dalolatnoma, shartnoma singari hujjatlar matnida yaqqol namoyon bo‘ladi: saylanmoq, amalga oshirilmoq, belgilanmoq, tasdiqlanmoq, taqdim etmoq, ilova qilinmoq, rasmiylashtirilmoq, taqdim etilmoq, qabul qilmoq kabi. Download 421.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling